Qush mag‘rur - qanoti bo‘lgani uchun,
Tog‘ mag‘rur - savlati bo‘lgani uchun.
Bu jumlada tire ohang talabi bilan, birinchi gaplarning ma’nosiga diqqatni jalb etish talabi
bilan qo‘yilgan.
Vatanimiz - kelgusida buyuk davlat bo‘ladi. Bu jumlada kesim egaga bo‘ladi
bog‘lamasi bilan birikkani uchun egadan so‘ng tire qo‘yilmasligi kerak edi. Ammo ega
mantiqiy urg‘u olgani uchun undan so‘ng tire qo‘yilgan.
Hozirda yoshlarning malakali mutaxassis bo‘lib yetishishlarida barcha fanlarning
o‘rni bor. Ammo, ona tilisiz boshqa fanlarni o‘zlashtirish oson kechmaydi. Shunday ekan
tilni qanchalik yaxshi bilsak kundalik hayotimizda va ish faoliyatimizda kerak bo‘ladi.
Og‘zaki nutqning aksi yozma matnda va uning tarkibida aks etadi. Ularni o‘z o‘rnida
to‘g‘ri foydalanish esa bu tilimizga bo‘lgan hurmat va o‘zimizga bo‘lgan ma’suliyatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |