Koinotda eng ko‘p tarqalgan element vodorod. Butun koinot massasining 75 %
ni yoki mavjud atomlarning 90 % ga to‘g‘ri keladi. U quyosh va boshqa yulduzlar
massasining asosiy qismini tashkil etadi. Koinotdagi gazsimon tumanliklar,
yulduzlararo gaz yulduzlar tarkibida uchraydi. Yulduzlar qarida vodorod atomlari
ge-liy atomlariga aylanadi. Bu jarayon energiya ajralib chiqishi bilan boradi.
Vodorod erkin holda yerda juda oz miqdorda uchraydi. Vulqon otilganda, neft
qazib olishda bazida boshqa gazlar bilan birgalikda ajralib chiqadi. Lekin vodorod
birikma holi-da juda ko‘p tarqalgan. U yer po‘stlog‘i, suv va havoning birgalikdagi
massasining 0.88% ni tashkil etadi. Vodorod yonganda faqat suv bug‘i hosil bo‘ladi.
1. Vodorodning Mendeleyev davriy jadvalidagi tutgan o‘rnini ayting?
Do'stlaringiz bilan baham: |