180
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
- Yordamchi algoritmlarni tuzish va ulardan foydalanish;
- Takrorlanuvchi algoritmlarni tuzish;
- Algoritmlarda tarmoqlanishlardan foydalanish;
- Murakkab algoritmlarni tuzishda sodda dasturlardan murakkabga yangi bilimlarni
kiritish hisobiga bosqichma-bosqich o‘tish usulidan foylalanish.
Yordamchi algoritmlardan foydalana olishni o‘quvchilarga, iloji boricha, vaqtliroq,
masalan chiziqli algoritmlarga doir misollar ishlash jarayonida tushuntirish kerak.
Algoritm tuzish va uni dasturiy tilda ifodalashning asosiy usuli – berilgan masalani bir
necha
oddiy
masalalarga
ajratish
orqali
dasturni
bosqichma-bosqich
mukammallashtirishdir. Bu kabi oddiy masalalarni yechish algoritmlari yordamchi
algoritmlar, ular asosida tuzilgan dasturlar esa qism dasturlar deb ataladi. Shu tariqa
berilgan masalani yechilishi bir necha algoritmlarga ajratiladi: asosiy algoritm va
yordamchi algoritmlar. Qoidaga ko‘ra asosiy algoritmda yordamchi algoritmga ko‘plab
murojaatlar yuboriladi. Masalan, bizda chegarasida aylanalar tushirilgan naqsh yuzasini
chizish masalasi qo‘yilgan bo‘lsin. Qism dastur sifatida aylana chizish, yuza chegarasini
aniqlash, aylanalarni ma’lum intervalda takroran chizishni olish mumkin.
Takrorlanuvchi algoritmlarni tuzish uchun avvalo o‘quvchilarni nazariy tayyorlab
olish zarur bo‘ladi. Blok-sxemalar va algoritmik til yordamida takrorlanuvchi
algoritmlarni to‘liq tushuntirish zarurdir. Shundan so‘ng amaliy qismga o‘tish mumkin.
Bo‘lmasa o‘quvchilar takrorlanish nima ekanligini o‘zlashtira olmay va uni amaliyotga
tatbiq eta olmay qoladilar. Takrorlanuvchi masala sifatida yuzaga aylanalarni chizishni
olish mumkin. Bunday masala mavzuga yangi elementlarni kiritishni taqazo etadi:
takrorlanish buyrug‘ining tuzilishi, teskari aloqani boshqarish. Boshqaruv obyekti va
boshqariluvchi tizim orasidagi teskari aloqa har bir qadamda “oldinda chegara emasmi?”
shartini takrorlashni o‘zida namoyon etadi. Agar bu rost bo‘lsa, ya’ni javob musbat
bo‘lsa, qadam tashlanadi, aks holda takrorlanish to‘xtatiladi. Takrorlanish buyrug‘i
tizimli buyruq bo‘lib, “qadam”, “qaytarilish”, “sakrash” kabi oddiy buyruqlardan farq
qiladi. Tizimli buyruq bir necha amallardan iborat: shartni tekshirish, takrorlanish tanasini
bajarish.
Asosiy algoritmik tuzilmalarni o‘rganish tarmoqlanish bilan tugallanadi. Bu yerda
quyidagi masalani berish mumkin: Chegerasida aylanalar joylashtirilgan naqsh chizish.
Bu masalaning yechilishida yana bir bor ketma-ket joylashtirish namoyish etiladi.
Avvalgi dasturlardan farqli ravishda, bu yerda ikki bosqichda asosiy dasturga
birlashtirishdan foydalaniladi, ya’ni chegaralarni aniqlash qism dasturi va keyingi
bosqichda aylana chizish qism dasturiga murojaat qiladi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quvchilariga Informatika va axborot
texnologiyalari darslarida algoritm tushunchasini kirirtish va uni rivojlantirish bo‘yicha
nazariy dalillar va tavsiyalar berildi. Masalalarni kompyuterda yechishda algoritm
tushunchasining yechilayotgan masalani doimiy murakkablashtirib borish, har bir
Do'stlaringiz bilan baham: |