546
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
- Buni, Penu ekkan. Hosilni yetishtirgan ham o‘sha.
Podsho xaxolab kulibdi:
- Nima?! Qanaqa Penu? Yerga no‘xat ekkanmish bu qanaqasi? Uning ishimidi bu?
Bunday mag‘izakka dehqonchilik qilishni kim qo‘yibdi? Uni sirkataroq qilish kerak.
Penu bu so‘zlarni eshitib juda achchiqlanibdi: - Ahmoqsan, podsho, - debdi u, -
ahmoqsan! Sen mehnatning qadrini qayoqdan ham bilarding? Umringda hech mehnat
qilganmisan? “Kichkina demagin bizni, ko‘tarib uramiz sizni” degan maqolni
bilmaysanmi? Sendek podshoni palnkinda olib yurmasdan ariqqa uloqtirish va rosa
tepkilash kerak. Bu so‘zlarni eshitib, podshoning g‘azabi qaynabdi.
- Bu nima degan gap? Menday podshoni kichkinagina Penu haqoratlashga jur’at
qilyaptimi? Hoy askarlarim, hoy mening sadoqatli xizmatkorlarim, buning no‘xatzorini
hozirning o‘zidayoq toptap tashlang!
Askarlar bilan xizmatkorlar yugurib borib, ekinzorni payhon qila boshlabdilar.
Podsho jo‘nab ketibdi. Penuning oila a’zolari esa hosilni terib, donini ajratib, chiqindisini
tashlabdilar-da, no‘xatni bir yerga uyib, xirmon qilibdilar. “Podshoning adabini berib
qo‘ymasa bo‘lmaydi!” deb Penu yo‘lga ravona bo‘lish uchun hozirlana boshlabdi. U o‘zi
bilan bir necha dona no‘xat olibdi-da, o‘rmalab yo‘lga chiqibdi. Yo‘lda chayonni
uchratibdi.
- Yo‘l bo‘lsin, ukajon?
U bo‘lgan voqealarni aytib beribdi. Keyin: - Menga yordam ber, birga yur evaziga senga
no‘xat beraman, - debdi Penu.
Penu chayonga no‘xat beribdi, ikkalasi yo‘lda davom etishibdi. Ozgina yurib atrofga
qarashsa, oftobda bir ilon isinib yotganmish.
- Yo‘l bo‘lsin, og‘aynilar!
- Istasang biz bilan yur, opajon, biz senga no‘xat beramiz. Ilon no‘xatni olibdi-da
uchovlon o‘rmalay ketishibdi. Yo‘lda yo‘lbars uchrabdi:
- Ha, Penu! Assalomu alaykum, og‘ayni! Qayoqqa ketyabsan?
- Podshohimiz qanday yashayotganini ko‘rmoqchiman. Ehtimol, sen ham biz bilan birga
borarsan, tog‘a?
- Bo‘lmasam-chi, - deb javob qaytaribdi yo‘lbars, - jonim bilan.
To‘rtovlon podsho huzuriga kechasi yetib kelib, saroy ichkarisiga kirishibdi.
Podshoh allaqachon uxlab qolgan ekan. Penu yo‘lbarsni eshik oldida qoldirib, o‘zi ilon
va chayon bilan podsho yotgan xona ichiga kiribdi. Ilon podsho hassasi turadigan
burchakka yashirinibdi, chayon tokchaga bekinibdi – u yerda podshoning soqoliga
o‘rmalab kiribdi-da, jag‘ini chaqa boshlabdi. Podshoning soqoli qichishib, uyg‘onib
ketibdi. Taroq olgani tokchaga qo‘l uzatgan ekan, chayon barmog‘ini chaqib olibdi.
Podsho chayonni o‘ldirish uchun hassasiga yugurgan ekan, burchakda ilon kulcha bo‘lib
olib, dahshat bilan vishillab yuboribdi. Podsho jonjahdi bilan bo‘kirib o‘zini eshikka
Do'stlaringiz bilan baham: |