263
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ONA TILI FANI BO‘YICHA
RIVOJLANTIRILADIGAN NUTQIY KOMPETENSIYA ELEMENTLARINI
SHAKLLANTIRISH VA UNING DOLZARBLIGI
Ashirmatova Shalola Hasan qizi,
Sirdaryo viloyati Boyovut tumani 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich sinf
o‘qituvchisi
“Qancha ko‘p tilni bilsangiz, shuncha yaxshi. Biroq odam ona tilida tafakkur qiladi,
ona tilida tush ko‘radi, ona tilida yig‘laydi….”
O‘tkir Hoshimov
Ona tilini chuqur bilgan kishi o‘z ona tiliga e’tiborli bo‘lishga, uning sofligini
saqlashga, shu tilda to‘g‘ri va ravon so‘zlashga, chiroyli va savodli yozishga harakat
qiladi. Inson o‘z ona tilini qanchalik yaxshi bilsa, uning boyliklaridan shunchalik
bahramand bo‘ladi.
O‘z Vatanini, millatini qalban suygan har bir inson, o‘z ona tilida so‘zlashganda
nutq madaniyatiga amal qilmog‘i lozim. Bu borada maktabgacha ta’lim va umumta’lim
muassasalaridagi o‘quvchilarga berilayotgan saboqlar asosiy ahamiyat kasb etadi.
Jamiyat rivojlanishining hozirgi bosqichida respublikamiz maktablarida ona tili
fanini o‘qitishning mazmuni o‘zgarmoqda. Bu borada Xalq ta’limi vaziri Sherzod
Shermatov quyidagicha izoh berib o‘tgan. “Biz sekin-sekin ona tilini sodda va ravon
ishlatishga o‘tishimiz kerak. Bunda grammatikadan ko‘ra amaliy ko‘nikmalarga, ya’ni
gapirish, eshitish va yozishga ko‘proq e’tibor berishimiz kerak”. Shunday ekan bu
maqsadga erishishda birlamchi yo‘l: ona tilining nutqiy kompetensiya elementlari (eshitib
tushunish, o‘qib tushunish, og‘zaki nutq va yozma nutq)ni boshlang‘ich sinf har bir
darslarida amaliy qo‘llash va o‘quvchida bunga nisbatan ko‘nikmani shakllantirishdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi Farmoniga asosan
qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha
rivojlantirish konsepsiyasi” ning “O‘quvchilar mustaqil hayotda qo‘llay olish imkoniyati
bo‘lgan og‘zaki va yozma savodxonlikni, mantiqiy, ijodiy, tanqidiy, kreativ fikrlashni
shakllantirish” yo‘nalishidagi har tomonlama mukammal o‘quvchini kamol toptirishda
poydevorni maktabga endigina qadam qo‘ygan onidan boshlash lozimdir. Buning uchun
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi yuqoridagi bilimlarni o‘zida shakllantirishi, dars
mashg‘ulotlarida qo‘llashi natijada o‘quvchilar mustaqil fikrlashi va mantiqiy mulohaza
yurita olishiga erishishi lozim.
Nutqiy kompetensiya elementlarini boshlang‘ich sinflarda shakllantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: