II. Klubning maqsad va vazifalari
II.1. Klubning asosiy maqsadi – o‘quvchilarning o‘qish, matematik va tabiiy-ilmiy
savodxonlik, kreativ fikrlash ko‘nikmalarini mustahkamlash orqali ularni xalqaro
baholash dasturlari (PISA) tadqiqotiga sifatli tayyorlash.
II.2. Klubning vazifasi:
– 15 yoshli o‘quvchilarni aniq, tabiiy va filologiya yo‘nalishidagi fanlardan
kompetentlik, ijodiy va mantiqiy fikrlashlariga qaratilgan bilim ko‘nikmalarini
mustahkamlash;
– 15 yoshli o‘quvchilarga kompetentlik va ijodiy fikrlashini baholashga qaratilgan
nazorat materiallarini bajarishda motivasiya shakllantirish;
– 15 yoshli o‘quvchilarni PISA xalqaro baholash dasturlarining 2020-yildagi sinov
va 2021-yildagi asosiy baholash tadqiqotlariga tayyorlab borish.
Do'stlaringiz bilan baham: |