532
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
faqat 15 yoshdagi o‘smirlar ishtirok etadi. Maktabdagi ta’lim sifatini monitoring qilishga
qaratilgan PISA dasturi asosiy uch yo‘nalishda: o‘qish, matematika va ijtimoiy fanlar
savodxonligi bo‘yicha olib boriladi.
PISA va TIMSS o‘rtasidagi asosiy farq. PISA va TIMSS dasturlarining asosiy farqi
eng avvalo ularning turli xil yosh va sinflar toifasida o‘tkazilishidan iboratdir. Masalan,
PISA 15 yoshli o‘quvchilarning bilimlarini baholashga qaratilgan bo‘lsa, TIMSS esa
muayyan yoshdagi o‘quvchilarning emas, balki to‘rtinchi va sakkizinchi sinf
o‘quvchilarining bilim va ko‘nikmalarini baholaydi. Shu bilan birga, TIMSS baholashlari
o‘quv dasturlariga asoslangan bo‘lsa, PISA esa, o‘quvchilar egallagan bilim va
ko‘nikmalarini real muammolarni hal qila olishlarini baholashga qaratiladi. TIMSS aynan
maktab bilimlarni o‘zlashtirish darajalarini baholasa, PISA bilim va ko‘nikmalarni
maktabda, uyda va jamoatchilik orasida qo‘llay olish darajalariga alohida e’tibor qaratadi.
Birgina 2015-yilning o‘zida 70 dan ortiq davlatlar PISA xalqaro dasturi sinovida
ishtirok etgan. Umuman olganda, PISA dasturi davlatlarning ta’lim sohasidagi siyosatiga
sezilarli darajada tasir o‘tkazadi. Har bir davlat o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida
o‘zining ta’lim sohasidagi kuchli va kuchsiz tomonlarini xolisona aniqlab, boshqa
davlatlarga nisbatan mavqeini ko‘radi hamda ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini
takomillashtirishda o‘z yo‘nalishlarini va strategiyasini belgilab oladi.
PIRLS - (inglizcha –Progress in International Reading Literacy Study – matnni
o‘qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot ) mazkur xalqaro tadqiqotning
maqsadi turli xil ta’lim tizimidan iborat bo‘lgan davlatlarni boshlang‘ich maktab
o‘quvchilarining matnni o‘qish va qabul qilish bo‘yicha tayyorgarligi hamda
o‘quvchilarning har xil yutuqlarga erishishga sabab bo‘luvchi ta’lim tizimidagi o‘ziga xos
xususiyatlarni aniqlash va baholashdan iborat. Albatta bunday tadqiqot xalq ta’limi
sohasidagi ishchilar, olimlar, metodistlar, o‘qituvchilar, ota-onalar va jamoat vakillari
uchun katta ahamiyatga egadir. PIRLS tadqiqotlari Xalqaro ta’lim institutlari
assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan muvofiqlashtiriladi. PIRLS loyihasi to‘rtinchi sinf
o‘quvchilarining o‘qish qobiliyatini rivojlantirish darajasini aniqlash bo‘yicha yetakchi
xalqaro tadqiqotlar orasida. Xalqaro ekspertlar ta’kidlashicha, boshlang‘ich maktabda
maktab o‘quvchilarining keyingi tarbiyasida muvaffaqiyat qozonish uchun poydevor
qo‘yilgan. PIRLS tadqiqotining natijalari maktab o‘quvchilarining o‘qish va
rivojlanishidagi muvaffaqiyatlarga (maktab va oilaning ta’lim resurslari, ota-onalarning
qiziqishi va bolalarning o‘qish madaniyatini shakllantirishdagi ishtiroki va boshqalar)
ta’sir ko‘rsatadigan omillarning regressiv tahlilini ta’minlaydi. PIRLS tadqiqotida 3 ta
davr (2001, 2006, 2011) uchun Gonkong (571), Rossiya Federatsiyasi (568), Finlyandiya
(568) va Singapur (567) kabi davlatlar yetakchilik qilmoqda. Qozog‘iston ushbu loyihada
birinchi marta 2016-yilning aprelida ishtirok etdi. Ishtirokchilar soni 10256 nafarni
tashkil etdi, ulardan 4-sinf o‘quvchilarining 4925 nafari, 4-sinf o‘quvchilarining 4925
nafar ota-onasi, 234 ta boshlang‘ich maktab o‘qituvchilari, 172 nafar direktor ishtirok
Do'stlaringiz bilan baham: |