23
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tajriba-sinov ishlari davom ettiriladi. Variativ o‘quv
rejalar tegishli yo‘nalishi bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-8-9-10-11-
sinflarida 2020-2021-o‘quv yili davomida tajriba-sinovdan o‘tkaziladi.
Ta’lim jarayonida variativ o‘quv rejani joriy etishning asosiy maqsad
quyidagilardan iborat:
- birinchidan, o‘quv jarayonida o‘quvchining manfaatlarini inobatga olish;
- ikkinchidan, o‘quv jarayoni pedagog tomonidan kompetensiyaviy asosda tashkil
etilishiga erishish;
- uchinchidan, o‘quvchining o‘zi qiziqqan fanlarni chuqur o‘rganishga sharoit
yaratish uchun variantiv o‘quv rejalarini ishlab chiqish;
- to‘rtinchidan, maktab bitiruvchilarining ta’limning keyingi bosqichlarini davom
ettirish, oliy o‘quv yurtiga kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rishni ta’minlash,
shu bilan birga, ta’lim jarayoni bilan birga kasb ko‘nikmasini shakllantirish;
- beshinchidan, mamlakatimizda masofaviy mehnat sohalarini rivojlantirishga
ko‘maklashish;
2019-2020-o‘quv yilida davlat ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim
muassasalarida variativ o‘quv reja joriy etilgan ayrim fanlar chuqur o‘rgatilishi “Yevropa
sifati darajasidagi ta’lim” va milliy asoslarga tayangan holda o‘quvchi-yoshlarga ta’lim-
tarbiya sohasida zamonaviy va oqilona tizim yaratish, o‘qitish metodlari, ta’lim
standartlari, darslik va mashg‘ulotlarni yangicha bosqichga olib chiqish uchun zamin
yaratishi shubhasiz.
O‘zbekiston Pespublikasida ta’lim tizimi barkamol shaxsni shakllantirishga
qaratilganligi uchun ham ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonida o‘quv rejalari
ta’limning insonparvarlashuviga alohida e’tibor beriladi.
Xorijiy mamlakatlar ta’limi tizimini o‘rganish davomida Finlyandiya maktablarida
“Yo hayotga tayyorlaymiz, yoki-imtihonga. Biz birinchisini tanlaymiz”,- degan
tamoyilda dars mashg‘ulotlari tashkil etiladi. O‘quv jarayonida joriy etilayotgan variativ
(o‘zgaruvchan) o‘quv rejasi sinovdan o‘tkazish uchun majburiy fanlarni tanlanishi
Finlyandiya ta’lim tizimida solishtirsak, o‘zaro o‘xshashligini kuzatishimiz mumkin:
- 1-2 sinflarda Ona tili va o‘qish (Ona tili va adabiyot), matematika, din va hayotiy
tushunchalar (ma’naviyat asoslari, 2020-yil yangi o‘quv yilida joriy etiladigan
tarbiya darsi misolida), jismoniy tarbiya, musiqa, tasviriy san’at, (majburiy fanlar
qatoriga chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani ham kiritildi ) ;
- 3-6 sinflarda ingliz tili va chet tillari: fransuz, nemis, rus tili, klaviaturada ishlash
tezligi, kompyuter bilimlari (informatika), tarix; geografiya, fizika, kimyo (variativ
o‘quv rejada tanlov fanlari sirasiga kiritilgan);
- 7-9 sinflarda fin tili va adabiyoti (ona tili va adabiyot), ingliz tili, matematika, din
yoki hayotiy tushunchalar, jismoniy tarbiya; fizika, kimyo (variativ o‘quv rejada
Do'stlaringiz bilan baham: |