1-usul: “Koronavirus daf bo‘l” usulida 14 ta savol tuzilgan, (undan ko‘p va kam
savol qo‘yish mumkin) javoblar esa koronavirus shoxlarida berilgan. Bu usulni guruh
bo‘lib ishlashda, darsni mustahkamlash qismlarida qo‘llasa bo‘ladi. Formula va
elementlarni o‘zlashtirishda ham bu usulni qo‘llasa yaxshi natija beradi. Darsda
o‘qituvchi bu savollarni navbatma-navbat o‘quvchilarga beradi. O‘quvchilar koronavirus
shoxlarida joylashgan javoblar orasidan to‘g‘ri javobni topib olib tashlaydilar. Yoki
kompyuterda slaydda to‘g‘ri javobni bossa, javob yo‘q bo‘lib ketadi va navbat bilan
hamma shoxlari yo‘qotiladi va koronavirus daf bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |