Umumiy o‘rta ta‘lim muassasalarida Aqliy rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalar uchun tashkil etiladigan korreksion sinflar uchun tayanch o‘quv dasturlari



Download 225,44 Kb.
bet4/79
Sana19.05.2022
Hajmi225,44 Kb.
#604267
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Bog'liq
adativ-dastur-engohiri

Yozuv darslarida dastlab to‘g‘ri tayoqchalar, ilmoq, oval va shular ishtirokidagi hoshiyalarni yozishga odat qilib, so‘ngra harf elementlari, bosh va kichik harflar bilan tanishtiriladi.
Ta‘lim muassasasida savod o‘rgatish darslarida kesma harflar, bo‘g‘inlar, harflar terish taxtasi, bo‘g‘in, so‘z jadvallari, shartli belgilar doimiy ravishda ishlatilishi shart.
Tibbiy-pedagogik komissiya tomonidan berilgan ma‘lumotlardan tashqari, o‘qituvchi bolalarni kuzatib, ularni har tomonlama o‘rganadi, savod o‘rganishga tayyorgarlik darajasini aniqlaydi. Buning uchun har bir o‘quvchining umumiy rivojlanganligi darajasi, talaffuzi, lug‘ati, o‘qish va yozish malakalarining holati aniqlanadi. Sentabr oyining birinchi kunlaridanoq o‘quvchilar nutqini o‘stirish ishlari ham olib boriladi. Bunda nutqning fonetik tomoni, ya‘ni tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish ishlari boshlab yuboriladi.
Nutqida murakkab nuqsoni bor bolalar logopedik mashg‘ulotlarga jalb etiladi.
Nutq o‘stirish jarayonida o‘quvchilarning so‘z boyligini aniqlab, uni kengaytirish, boyitish, faollashtirish ishlari ham boshlab yuboriladi. Propedevtik davrda bolalarning bog‘langan og‘zaki nutqi ham rivojlantirib boriladi.
Tevarak-atrofdagi buyum va hodisalar yuzasidan turli savollar berishga o‘rgatish, muloqat nutqini o‘stirish maqsadida suhbat, sayohat darslari, kuzatishlar uyushtiriladi. O‘quvchilarni o‘z faoliyati asosida bajarayotgan ishlari, nima qilmoqchi bo‘lganliklari, sinfda, maktabda va maktabdan tashqari joylarda ko‘rgan, eshitganlari haqida gapirib berishga o‘rgatib borish talab etiladi.
Nutq o‘stirish jarayonida ertak, she’r, topishmoq, tez aytishlar ustida ishlab, o‘quvchilarning xotirasini o‘stirish, yod oldirish, kichik hajmdagi asarlarni sahnalashtirish mashg‘ulotlari uyushtiriladi.
Ta‘lim muassasasida savod o‘rgatish darslarida tilga oid materiallarni tahlil qilishga o‘rgatish orqali o‘quvchilarning aqliy va nutqiy qobiliyati o‘stiriladi. O‘quvchilar so‘zning fonetik tuzilishi, so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lish, ma‘noli qismlarga ajratish, ayrim so‘z turkumlari va ularning muhim belgilari bilan tanishadilar, gap va gap bo‘laklari haqida ma‘lumot oladilar, maxsus mavzularga aloqador imlo va tinish belgilari qoidalarini o‘rganadilar.
Dasturda o‘quvchilarni so‘zning leksik ma‘nosi, ko‘p ma‘noli, bir-biriga yaqin ma‘nodosh so‘zlar bilan tanishtirishga alohida e’tibor beriladi. Shu bilan birga o‘quvchilarda nutqni tinglash iqtidori o‘stiriladi, adabiy tilda muloqotda bo‘lish ko‘nikmalari hosil qilinadi, tilning asosiy tarkibiy qismlari-tovush, so‘z, gapga ongli munosabatda bo‘lishga o‘rgatiladi.
Aqli zaif o‘quvchilarda kuzatiladigan fonetik-fonematik xarakterdagi nuqsonlar, nutqning umumiy rivojlanishi va grammatik komponentidagi nuqsonlar savodni o‘zlashtirilishini ancha qiyinlashtiradi. Shuni hisobga olib, “Yordamchi maktablar uchun ona tili, o‘qish va nutq o‘stirish” dasturida barcha sinflarda tovush-harflarni tahlil qilish, lug‘at ustida olib boriladigan ishlarga juda katta e’tibor berilgan.
O‘quvchilar tovushlarni idrok etish va talaffuz qilishga, bir-biridan ajratish, analiz va sintez qilishga, ovozning kuchayishi va pasayishini nazorat qilish, pauza qilishga, unli va undosh, jarangli va jarangsiz tovushlarni farqlashga o‘rganadilar. Amaliy mashqlar asosida o‘quvchilar buyum va narsalarning nomi, harakati, sifatini bildiradigan so‘zlarni o‘zlashtirib oladilar.

Download 225,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish