O‘quv fanining umumiy xarakteristikasi. Matematika bo‘yicha mazkur dastlabki kurs eshitishida muammolari bo‘lgan (kar, zaif eshituvchi bolalarni matematikani tizimli o‘rganishi uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi, shuningdek bolalarda mantiqiy, nutqiy tafakkuri, fikrlashini riojlantirish, kamchiliklarini to‘g‘rilashga xizmat qiladi.
Davlat talablari asosidagi asosiy vazifalar:
- natural son haqida tushuncha hosil qilish;
- 100 ichida og‘zaki va yozma ravishda hisoblash amallarini bajarish ko‘nikmalarini egallash;
- matematik iboralar va amallarni tushunish, tahlil qilish, taqqoslash va umumlashtirish imkoniyatini rivojlantirish;
- darsda egallagan matematik malakalarini amaliy hayotiy masalalarni yechish, yoshiga munosib o‘yin jarayonida qo‘llay olish imkoniyatini shakllantirish.
Korreksion ( nuqsonini tuzatishga qaratilgan) vazifalar:
- o‘ziga qaratilgan nutq, murojaat, topshiriqni ko‘rib-eshitib qabul qilish, tushunish imkoniyatini shakllantirish va rivojlantirish;
- ovozni kuchaytirib beruvchi individuаl va sinfda jamoa bo‘lib foydalanadigan eshitish apparatlaridan to‘g‘ri foydalanish, eshitish ko‘nikmasini shakllantirish va rivojlantirish;
- fikrlash, o‘ylash, tahlil qilish ko‘nikmalari (analiz, qiyoslash, sintezlash)ni shakllantirish va rivojlantirish;
- masalalarning mazmuni, mohiyati va talabini tushunish imkoniyatini shakllantirish va rivojlanish;
- o‘qituvchining qo‘ygan vazifa, masala va topshiriqlariga javobgarlikni his qilgan holda yondashish ko‘nikmasini hosil qilish;
- masalalarning mazmunini tushunishga qiziqishini tarbiyalash, shakllantirish va rivojlantirish. Javobini topishda faolligini hosil qilish;
- ko‘proq qo‘llaniladigan va tanish so‘zlarni faqat eshitish orqali qabul qilishni o‘rgatish;
- sutka ichidagi vaqtni, hafta kunini aniqlash ko‘nikmasini shakllantirish;
- vaqt turkumini bildiruvchi (kecha, bugun, ertaga, ertalab, kunduzi, kechqurun) so‘zlarni eshitib farqlash ko‘nikmasini hosil qilish;
- to‘g‘ri(o‘ng), teskari sanashni bilish;
- sonlarni narsa, buyumlarning miqdori bilan solishtirish va aytish;
- arifmetik amallarning mazmun-mohiyatini tushunish;
- arifmetik amallarni o‘zining hayotiy tajribasiga moslashtirish, solishtirish;
- arifmetik amallar, ularning nomlanishi (son, raqam, shakl, qo‘shuv, ayiruv, ...) orqali so‘z boyligini orttirish;
- har bir sonni to‘g‘ri talaffuz va ovoz bilan aytish, ularning yozilishini, grafik ifodasini tushunish, yozish malakasini egallash ko‘nikmasini hosil qilish;
- masalaning mazmunini rasmga va tanish so‘zlarga tayangan holda tushunish;
- matematika fani bo‘yicha mo‘ljallangan dastlabki abstrakt tushunchalar orqali so‘z boyliklarini oshirish;
- ovozni kuchaytirib beruvchi individual va jamoa tarzida foydalaniladigan eshitish apparatining o‘zi uchun zarur vositaga aylanish darajasiga etkazish;
- matematik belgilar “+, -, =”; qiyoslash (taqqoslash) belgilari “>, <, =” beriladi.
O‘QUV DASTUR
Do'stlaringiz bilan baham: |