Umumiy o‘rta ta‘lim muassasalarida Aqliy rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalar uchun tashkil etiladigan korreksion sinflar uchun tayanch o‘quv dasturlari



Download 225,44 Kb.
bet37/79
Sana19.05.2022
Hajmi225,44 Kb.
#604267
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   79
Bog'liq
adativ-dastur-engohiri

O‘QUV DASTURI
I SINF (33 soat)
Tayyorgarlik mashqlari (9 soat)
Rang tuslari nomini aytish va mustahkamlash malakasini rivojlantirish (suratlar asosida aniq materiallardan foydalangan holda suhbat o‘tkazish).
O‘z xoxishiga binoan qog‘oz yuzasida “yuqoriga”, “pastga”, “chapda”, “o‘ngda” tushunchalarini mustahkamlagan holda rasm ishlash.
Predmetlarni shakli va rangiga ko‘ra farqlashni o‘rgatish. Andaza yordamida kvadrat va doira shaklini chizish. Rasmning chetki chizig‘idan chiqmagan holda rangli qalamda bo‘yash.
Predmetlarni hajmi, o‘lchamlari va rangiga ko‘ra farqlash malakalarini rivojlantirish. Andaza yordamida to‘g‘rito‘rtburchak va uchburchak tasvirini chizish. Chetki chizig‘idan chiqmagan holda rangli qalamda bo‘yash.
Rasm chizishga nisbatan qiziqishni tarbiyalash. Qo‘l harakatini rivojlantirish, chizilgan chiziqlarning predmetga o‘xshashligini topa olishga o‘rgatish. Katak daftar yuzasida belgilab qo‘yilgan tayanch nuqtalari va namunaga asoslangan holda tik, yotiq, to‘g‘ri, qiya chiziqlarni o‘tkazishni mashq qilish (hovli devori, ustunlar, yo‘lkalar, naqsh va h.k.).
Qo‘lda yo‘g‘onlik jihatidan har xil bo‘lgan to‘g‘ri chiziqlarni o‘tkazishni mashq qilish (simlar, iplar, bog‘ich).
Kataklar asosida oddiy ko‘rinishdagi yo‘lsimon naqshlarni chizish (yo‘lsimon naqsh asosini o‘qituvchi chizib beradi).
Belgilangan nuqtalar asosida kvadrat chizish. Kvadratni teng bo‘laklarga bo‘lish va bo‘yash.
Yo‘l ichida doira va kvadrat shakllardan naqsh tuzish (doira va kvadratlar trafaret asosida chiziladi).
Tuzilishi sodda naturalarni tayanch nuqtalar asosida rasmini chizish (narvon, sharf).
Tayanch nuqtalari asosida kvadrat shaklini chizish. Kvadratni teng bo‘laklarga bo‘lish va chetki chizig‘idan chiqmagan holda bo‘yash.
Namunani “o‘qiy olish” va unga asoslangan holda rasm chizish malakasini rivojlantirish.
Doirani trafaret andaza yordamida chizish. Doirani teng to‘rt bo‘lakka bo‘lish va chetki chiziqlariga rioya qilgan holda bo‘yash.
Dekorativ rasm chizish (12 soat)
O‘quvchilarda erkin holda qattiq bosmasdan qo‘lda to‘g‘ri, tik, ko‘ndalang va qiya chiziqlarni chiza olish malakasini shakllantirish; naqsh eelementlarini chetki chizig‘iga asosan sifatli bo‘yashni mashq qildirish; o‘lcham andazadan foydalana olish mahoratini rivojlantirish; “qora”, “oq”, “qizil”, “ko‘k”, “sariq”, “yashil” kabi rang nomlarini farqlash va to‘g‘ri ayta olishga o‘rgatish.
Namunaviy topshiriqlar
Chetlarida popuklari bo‘lgan to‘rtburchakli ro‘molcha rasmini chizish (to‘rtburchak ko‘rinishdagi tayyor andoza beriladi).
Geometrik shakllarni namuna va belgilangan tayanch nuqtalar yordamida chizish (to‘rtbrchakni teng ikkiga bo‘lib, qiya ko‘rinishdagi dioganal chiziqlar o‘tkazadilar va hosil bo‘lgan uchburchaklarni qarama-qarshi rang tuslariga bo‘yaydilar).
Archa shoxchalaridan yo‘lsimon naqsh ishlash.
Doira va kvadrat shakllar asosida yo‘lsimon naqsh chizish (doira va kvadratlar andaza yordamida chiziladi).
Uchburchak shakllardan yo‘lsimon naqsh tuzish (Qo‘lda ikkita ko‘ndalang chiziq o‘tkaziladi. Yo‘lsimon naqsh balandligi “to‘rtburchak andaza” yordamida belgilanadi va teng bo‘laklarga bo‘lib chiqiladi. Har bir to‘rtburchakning burchagidan qiya chiziq o‘tkazilib, hosil bo‘lgan uchburchaklar o‘zaro qarama-qarshi bo‘lgan rang tuslariga juf-juft tarzda bo‘yab chiqadilar).
8-martga bag‘ishlangan otkritka uchun naqsh ishlash.
Aylanani andaza yordamida chizish (aylanani 4-8 qismga bo‘lish, bo‘laklarini rangli qalamlar bilan bo‘yash).
Sochiq uchun naqsh tuzish (namuna asosida).
Navbati bilan almashib keladigan elementlardan yo‘lsimon naqsh tuzish (masalan: chiziqlardan, geometrik shakllardan (kvadrat, doira, uchburchak, to‘g‘rito‘rtburchak).
Naturadan rasm ishlash (7 soat)
O‘quvchilarga predmetlarni shakli, tuzilishi, o‘lchami, rangiga ko‘ra farqlashni o‘rgatish (kvadrat, aylana, to‘g‘rito‘rtburchak, uchburchak; katta- kichik; qora, oq, qizil, havo rang, sariq, yashil).
O‘qituvchi tomonidan qog‘ozga qo‘yilgan nuqtalarni tutashtirish orqali sodda ko‘rinishdagi predmetlar tasvirini chizish (masalan: kvadrat, doira, uchburchak, to‘g‘rito‘rtburchak, uycha); rasm qismlarini predmetning asosiy shaklini to‘g‘ri ifodalagan holda qog‘oz yuzasida joylashtira olish; chetki chiziqlariga rioya qilgan holda rasmni bo‘yash.
Namunaviy topshiriqlar
O‘quvchilar uchun yaxshi tanish bo‘lgan yassi va hajmdor predmetlar rasmini chizish:
Qog‘oz solinadigan g‘ilof (daftar, portfel) rasmini o‘ziga qarab chizish;
Kitob rasmini chizish;
Dastro‘molchani o‘ziga qarab rasmini chizish;
Bayramlar uchun mo‘ljallangan kichkina bayroqchalar (predmetning eni va bo‘yi o‘rtasidagi nisbatlarni to‘g‘ri topgan holda)ning rasmini ishlash va ularni rangli qalamda shtrixlab bo‘yash.
Archa bezaklarining rasmini chizish;
Archa shoxchasini o‘ziga qarab rasmini chizish;
Havo sharlarini o‘ziga qarab rasmini chizish;
Marjonlarni o‘ziga qarab rasmini chizish;
Barglarni o‘ziga qarab rasmini chizish;
Quyonchalar va boshqalar (rangli qalamda)ni o‘ziga qarab rasmini chizish;
Yuqorida ko‘rsatilgan o‘yinchoqlar rasmini xotiradan sinf doskasiga navbati bilan chizish.
Tuzilishi murakkab bo‘lmagan predmetlarni o‘ziga qarab rasmini chizish:
Qishgi buyumlar (sharf va qalpoqcha)ni o‘ziga qarab rasmini chizish;
Svetofor (nusxasi karton qog‘ozidan tayyorlanadi)ni maketiga qarab rasmini chizish;
O‘yinchoq kemachalarni o‘ziga qarab rasmini chizish;
Havo sharlari bog‘lamini o‘ziga qarab rasmini chizish;
Qurilish materiallari o‘yinchoqlar to‘plami qismlaridan tuzilgan minora maketining o‘ziga qarab rasmini chizish;
Teshik kulchalarni o‘ziga qarab rasmini chizish;
Sochiqni o‘ziga qarab rasmini chizish.
Mavzu asosida rasm ishlash (5 soat)
Shakliga ko”ra o‘xshash belgilari asosida buyumlarni umumlashtirish; o‘qilgan ertakdagi eng qiziqarli voqea mazmunini chizgan rasmlarida tasvirlay olish malakalarini rivojlantirish; tuzilishi murakkab bo‘lmagan predmetlar tasvirini makonda joylashgan holati va o‘lchamlariga ko‘ra qog‘oz yuzasida (pastda, yuqorida, yonida, qatorida; katta, kichik, juda kichik) joylashtirish; chizgan rasmini biror bir predmet bilan taqqoslash.
Namunaviy topshiriqlar
Tasavvur asosida “Rang-barang halqachalar” mavzusida rasm ishlash;
“Quyoshli kun” mavzusida rasm ishlash;
“Yangi yil archasi” (o‘yinchoqlar osilgan archa shoxchasi) mavzusida rasm ishlash;
“Qor odam” mavzusida rasm ishlash;
“Nimalar dumaloq bo‘ladi” mavzusida rasm ishlash.
“Eryo‘ldoshning parvozi” mavzusida rasm ishlash;
“Rang-barang (katta va kichik) zinachalar” mavzusida rasm ishlash;
“O‘tloqdagi gullar” mavzusida rasm ishlash.
Ertaklarga illyustratsiya ishlash:
“Bo‘g‘irsoq” (bo‘g‘irsoq deraza tokchasida, uning so‘qmoq yo‘lda dumalab ketayotgani, quyon, bo‘ri, ayiq bilan uchrashgani va boshqalar) ertagiga illyustratsiya ishlash;
“Ur to‘qmoq” ertagi (bezatilgan “Ochil dasturxon”) uchun illyustratsiya ishlash;
Bilim, ko‘nikma va malakalar hajmi
1-sinf o‘quvchilari yil oxirida quyidagilarni bajara olishlari lozim:
Rasm chizish jarayonida qaddini to‘g‘ri tutish va rasm daftarini to‘g‘ri qo‘yish, o‘z ish joyini to‘g‘ri tashkil eta olishlari;
Rang nomlarini bilishi va farqlay olishi: qora, oq, qizil, ko‘k, sariq, yashil;
Predmetlarning chetki chizig‘idan chiqmagan holda rasmni rangli qalamda bo‘yay olishni;
To‘g‘ri chiziqlarni qo‘lda chizish, o‘qituvchi tomonidan qog‘oz yuzasiga qo‘yilgan nuqtalarni birlashtirishi, andazalardan foydalana olishi;
Chizgan rasmida biror bir predmet shaklini tasvirlay olishi, uning birorta predmetga mos keladigan jihatini ko‘rsata olishi;
O‘zlariga yaxshi tanish bo‘lgan predmetlar, jonivorlar va o‘simliklarni illyustratsiyalarni ko‘rish jarayonida tanishlari va farqlay olishlari kerak.






Download 225,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish