Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik-majmua



Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/191
Sana13.01.2022
Hajmi6,23 Mb.
#355671
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   191
Bog'liq
adabiyot 7-sinf

savol  va  topshiriqlar:


310
ko‘ChIM
badiiy ijod talabiga ko‘ra ayrim so‘zlar tashiydigan ma’no 
boshqa so‘zlarga ko‘chirilishini anglamay turib, ko‘rkam asar-
larni tushunish, undan ta’sirlanish, lazzatlanish va tahlil qilish 
mumkin emas. ko‘chim eng ko‘p ishlatiladigan badiiy vosita-
lardandir.
nutqni ta’sirchan qilish maqsadida «oltin kuz», «o‘tyurak», 
«olovqalb»,  «toshbag‘ir»  kabi  iboralar  ishlatiladi.  holbuki, 
kuzning oltin emasligini, yurakning alangalanmasligini, jigar-
ning  toshdan  bo‘lmasligi  yaxshi  ma’lum.  ammo  yuqoridagi 
iboralar  yordamida  anglatilgan  ma’no  boshqa  so‘zlar  orqali 
ifodalansa, gap cho‘zilib ketadi va ta’sirchanligi yo‘qoladi.
Cho‘lponning  «buzilgan  o‘lkaga»  she’rida  «tog‘  egasi: 
sor, burgutlar qayerda?» – degan misra bor. Undagi «sor, bur-
gut» so‘zlari o‘z ma’nosida emasligi sezilib turibdi. yoki «bi-
nafsha» she’ridagi binafsha timsoli qanday ma’no tashiyotgani 
to‘g‘risida  o‘ylab  ko‘raylik.  she’rda  shoirning  ichki  kechin-
malari  ko‘klam  ko‘katiga  qaratilganmi,  xo‘rlangan  qizgami 
yoki  haqoratlangan  yurtgami,  ezilgan  millatgami?  agar  so‘z 
ma’nolarining ko‘chishini anglamasak, she’rning joziba kuchi 
yo‘qqa chiqaveradi. Chunki anglanmagan go‘zallik go‘zallik 
bo‘la olmaydi.
yozuvchilar biror so‘zga xos ma’noni boshqasiga yuklar, 
unga ko‘chirar ekanlar, хayollariga kelganday, tavakkaliga ish 
tutavermaydilar.  agar  shunday  qilinsa  ijodkorlarni  tushunib 
bo‘lmay qolardi. ma’no ko‘chirishda narsa-hodisalar o‘rtasida 
yo  ichki,  yo  tashqi,  yo  mazmun  o‘xshashligi,  aloqadorligi 
bo‘lishi  shartdir.  bu  jihatdan  ko‘chimlar  o‘xshatishga  yaqin 
turadi.  lekin  asosiy  farq  shundaki,  o‘xshatishda  o‘xshagan 
buyum  ham,  o‘xshatilgan  narsa  ham  ifodalangan  bo‘ladi. 
ko‘chimda  esa  ba’zan  o‘xshagan  narsa,  ba’zan  o‘xshatilgan 
narsa  ifodalanib,  ikkinchi  qismdagi  ma’no  birinchisiga 
ko‘chirilgan bo‘ladi.
ko‘chim  qudratli  ko‘rkam  tasvir  vositasi  bo‘lib,  u  kitob-
xonning  tasavvur  olamini  kengaytiradi,  tasvirlanayotgan 


311
tuyg‘ularni  bevosita  his  qilishga,  asar  qahramonlari  hola-
tini  tuyishga  yordam  beradi.  shunday  qilib, 
ko‘chim  so‘zni 
ko‘chma ma’noda qo‘llash yoki narsa-hodisaga xos sifatlarni 
qaysidir  jihati  bilan  shularga  o‘xshaydigan  boshqa  narsa-
hodisalarga ko‘chirish san’atidir.
adabiyotshunoslik  ilmida  ko‘chimning 
majoz,  istiora, 
ramz
 singari ko‘rinishlari bo‘ladi.
Majoz
 adabiy asarda o‘quvchiga noaniqroq bo‘lgan tushun-
chani ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan narsalarga xos belgilar bi-
lan ifodalashdir. Gulxaniyning «tuya bilan bo‘taloq», «may-
mun bilan najjor», «toshbaqa bilan chayon» asarlarida inson-
larga, ayrim ijtimoiy tabaqalarga xos xususiyatlarning hayvon 
obrazlariga ko‘chirilishi majozning yorqin namunasidir.
Ramz
 ham ko‘chimning keng tarqalgan turlaridan biridir. 
o‘quvchi  anglashi  murakkabroq  bo‘lgan  mavhum  axloqiy-
ma’naviy  sifatning  shu  sifatlarga  ko‘proq  ega  bo‘lgan  narsa 
va jonivorlar orqali ifodalanishiga 
ramz
 deyiladi. ramz adabi-
yotshunoslik  fanida  timsol  yoki  simvol  atamalari  bilan  ham 
yuritiladi.  o‘zbek  mumtoz  adabiyotida  may  –  hayot  ramzi, 
gul – ma’shuqa ramzi, burgut – mag‘rurlik ramzi, chumoli – 
mehnatsevarlik,  tirishqoqlik  ramzi  va  h.k.  tarzida  qadimdan 
qo‘llanib keladi.
ko‘chimning  ko‘p  ishlatiladigan  ko‘rinishlaridan  biri 

Download 6,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish