Partav
– nur, shu’la.
8
Jоnso‘z
– jоnni yoquvchi.
9
rasan
– arqоn.
10
O‘yrulub
– aylanib.
11
Sipеhr
– falak, оsmоn.
174
bahrg‘a noz ila chu ko‘z solibon,
dema ko‘lok
1
, bahr qo‘zg‘olibon.
(Agar u) noz bilan dengizga ko‘z tashlasa,
To‘lqinlargina emas, (balki) dengiz qo‘zg‘alardi.
bu sifat mehri olamfuruze
2
,
mehr yo‘q, shu’lai jahonso‘ze
3
.
Bu sifat bilan u olamni yoritadigan mehr – quyoshdir,
Yo‘q, mehr emas, jahonni yondirguvchi shu’ladir.
bir kun istab tengiz tafarrujini
4
,
yel xiromi-yu suv tamavvujini
5
.
Bir kuni (u) dengiz sayrini istab,
Yel esishini-yu suv mavjlanishini (ko‘rmoqni tusadi).
kiribon zavraq ichra soyir
6
o‘lub,
Ul jazoir to‘shida
7
zoyir
8
o‘lub.
(Qiz) kemaga tushib sayr qildi,
O‘sha jazira (Jobir oroli) tarafga zoyir – kezuvchi bo‘ldi.
o‘yla bahri falak misol ichra,
kavkabi
9
yer tutub hilol
10
ichra.
Go‘yo dengiz falak misol-u, ya’ni dengiz osmonga o‘хshar,
(U) hilol – yarimoy shaklidagi kema ichidagi yulduzdek edi.
Nogahon esdi nomuvofiq yel,
Voqif
11
o‘lguncha kemalardagi el.
1
Ko‘lоk
– to‘lqin.
2
Оlamfuruz
– оlamni pоrlatuvchi.
3
Jahоnso‘z
– jahоnni kuydiruvchi.
4
Tafarruj
– sayr.
5
Tamavvuj
– mavjlanish.
6
Sоyir
– sayr qiluvchi, sayyoh.
7
To‘sh
– taraf, tоmоn
.
8
Zоyir
– ziyoratchi.
9
Kavkab
– yulduz.
10
Hilоl
– yangi yarimоy (qayiqqa o‘xshashligiga ishоra).
11
Vоqif
– xabardоr.
175
Nogahon kutilmagan yel esdi,
Kemadagi odamlar (bundan) voqif bo‘lgunlaricha.
kemalarni tengiz aro surdi,
shiddatin lahza-lahza oshurdi.
Kemalarni (shamol) dengiz ichiga surdi,
Shiddatini har lahzada oshirdi.
toki tund o‘ldi
1
bahr aro ko‘lok,
dedi malloh
2
aylabon yaqo chok.
Toki dengizda to‘lqinlar tund bo‘lgan – quturganda,
Kemachi yoqasini chok qilib dedi:
kim: «inoyat
3
yo‘q ersa yazdondin
4
,
el kerakdur yumoq ilik jondin»
5
.
«Yazdon, ya’ni
Х
udo inoyat etmasa,
El jonidan qo‘l yuvsin – umid uzsin».
to bu yanglig‘ necha kecha-kunduz,
yel surar erdi kemalarni tuz
6
.
Shu tariqa necha kecha-kunduz
Yel kemalarni turli yoqqa surib ketdi.
topqucha yel suubati
7
orom,
kemaga oncha bo‘lmish erdi xirom
8
.
Shamol dahshati tinguncha,
Kema ancha uloqib yurdi.
ki kishikim qo‘yib edi Jobir,
diydabonliqqa har sori nozir
9
.
1
Tund o‘ldi
– kuchaydi, g‘azablandi, ko‘tarildi.
2
Mallоh
– kеmachi.
3
Inоyat
– marhamat, shafqat.
4
Yazdоn
– Xudо, Yaratgan.
5
Yumоq ilik jоndin
– jоndan umidni uzish, qo‘lni yuvib qo‘ltiqqa urish.
6
Tuz
– to‘g‘ri, оld.
7
Suubat
– dahshat, to‘pоlоn.
8
Хirоm
– оhista yurish.
9
Nоzir
– nazоratchi, kuzatuvchi.
176
Jobir (tomonidan) qo‘yilgan kishi
Diydabonlik qilib har soriga nazar tashlardi.
suvda chun kemaga nazar qildi,
ko‘rganidin anga xabar qildi.
(U) suvda (tentib yurgan) kemani ko‘rdi,
(Bu) ko‘rganini unga, ya’ni Jobirga хabar qildi.
kirdi zavraqqa Jobiri xunrez
1
,
yel kibi qo‘ydi yuz alar sori tez.
Qon to‘kuvchi Jobir kemasiga o‘tirib,
Ular sari yel kabi tezlik bilan suzdi.
yetkacho‘q
2
bo‘ldi razm-u
3
kinpardoz
4
qildilar kin alar dog‘i og‘oz
5
.
Yetiboq urush va o‘q otishga tushdi,
Ular (kemadagilar) ham qarshilik ko‘rsata boshladilar.
har o‘qikim, alar sori otti,
qonlarin bahr suvig‘a qotti.
(Jobirning) ular sari otgan har o‘qi
Qonlarini dengiz suviga oqizdi.
qildilar, chun ko‘p ayladi bedod
6
,
qolg‘oni zinhor ila faryod.
(Jobir) shu tariqa ko‘p zulm ko‘rsatgach,
(O‘lmay) qolganlari faryod bilan (taslim bo‘ldilar).
olig‘a solibon borin surdi,
tokim o‘z maskanig‘a yetkurdi.
1
Хunrеz
– qоnxo‘r, qоn to‘kuvchi.
2
Yetkacho‘q
– yеtibоq, yеta sоlib.
3
razm
– оlishuv, jang.
4
Kinpardоz
– adоvat qiluvchi.
5
Оg‘оz
– bоshlash.
6
Bеdоd
– adоlatsiz, zo‘ravоn.
177
(Jobir ularning) barini oldiga solib,
To o‘z maskaniga yetkuncha surdi, ya’ni haydab ketdi.
kemalarni qirg‘oqg‘a bog‘lab rust,
Xalq-u amvolini
1
chiqordi durust.
Kemalarni qirg‘oqqa mahkam bog‘lab,
Хalqni, mollarning hammasini o‘ziniki qilib oldi.
sho‘xdin
2
chun emas edi ogoh,
ko‘zi tushti aning sori nogoh.
(Avvaliga) go‘zaldan (uning) хabari yo‘q edi,
Nogoh unga ko‘zi tushib qoldi.
yiqilib zoyil o‘ldi
3
andin hush,
bir dam erdi o‘luk kibi xomush.
(Shunda) undan (aql-u) hush yo‘qolib,
Bir dam o‘lik kabi jim bo‘lib qoldi.
hushi kirgach, yana nazar etti,
ko‘rgacho‘q holidin yana ketti.
Hushiga kelgach, yana nazar qildi,
Ko‘rdi-yu, yana holdan ketdi.
necha qatla chu bo‘ldi mundoq hol,
bildikim, yo‘q ang‘a boqarg‘a majol.
Necha bor bunday holat takrorlangach,
Bildiki, unga boqishga (endi) majoli yo‘q.
amr qildiki, mohi Zuhrajabin
4
,
kirdi bog‘ ichra bo‘ldi qasrnishin
5
.
1
Amvоl
– mоllar, narsalar.
2
Sho‘xdin
– o‘ynоqidan, go‘zaldan (qizdan ma’nоsida).
3
Zоyil o‘ldi
– yo‘qоldi.
4
Zuhrajabin
– Tоng (Zuhra) yulduzidеk.
5
Qasrnishin
– qasrda o‘tirish.
178
Amr qildiki, bu Zuhra yulduzidek oy
Boqqa kirib, (undagi) qasrda o‘tirsin.
qoshig‘a qo‘ydi bir-ikki gulxad
1
,
sarvi gulruxg‘a hamdam-u hamqad.
Uning oldiga bir-ikki gul yanoqli go‘zallarni qo‘ydi,
(Toki ular) gulyuzli sarvga hamdam-u hamqad bo‘lsin.
o‘zga nekim bor erdi yaxshi-yomon,
beribon jonidin borig‘a amon.
Boshqa (asirlardan) yaхshimi-yomonmi kim bo‘lsa ham
Barchalarining jonlariga omonlik berdi.
qildi bir kema borchag‘a ta’yin,
Ul kema ichra tuttilar taskin
2
.
Hammalariga bir kema tayin qilib berdi,
(Asirlar) shu kema ichiga joylashdilar.
dedi: «o‘z mulkingizga azm etingiz,
Jon keraklik esa ravon ketingiz».
(Jobir) dedi: «O‘z mamlakatingizga jo‘nangiz,
Jon kerak bo‘lsa ravon – tez ketingiz».
Vahm etib ul guruh bu so‘zdin,
bahr aro yittilar
3
ravon ko‘zdin.
(Kemadagi) guruh bu so‘zdan vahimaga tushib,
Dengiz aro tezda ko‘zga ko‘rinmay ketdi.
mohvash qoldi ul jazira aro,
mehri iqboli shomi tiyra aro.
Oy yuzli go‘zal u jazira ichida qoldi,
Iqbol quyoshi qorong‘i shom ichida (ko‘rinmas bo‘ldi
).
1
Gulxad
– gul yanоqli.
2
Taskin
– jоylashmоq, to‘xtamоq.
3
Yittilar
– ko‘rinmay kеtdilar, yitdilar.
179
Jobir oning xayolidin xushhol,
ko‘ngliga kelmayin umidi visol.
Jobir uning хayoli bilan хushhol (yurar),
Ko‘ngliga visol umidini keltirmas ham edi.
mehr ko‘ziga shamdek ayyom,
mehrdek ko‘ngli o‘rtanib to shom.
Mehrning ko‘ziga kunduzlar shomdek ko‘rinar,
Ko‘ngli quyosh kabi (ertalabdan) to shomgacha
o‘rtanardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |