Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida variativ (o‘zgaruvchan) o‘quv rejalarini tajriba-sinovdan o‘tkazish bo‘yicha tavsiya


III. Tajriba-sinovni tashkil etish tartibi



Download 97,5 Kb.
bet3/8
Sana31.12.2021
Hajmi97,5 Kb.
#268687
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
вариатив таълим тавсия (2)

III. Tajriba-sinovni tashkil etish tartibi

1-§. Tanlov sinfi
6. Tajriba-sinov o‘tkaziladigan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2019 yil 9 sentyabrdagi 293-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 2019-2020 o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv reja asosida o‘qitiladigan (odatdagi, an’anaviy) 10-11-sinflar bilan birga, variativ (o‘zgaruvchan) o‘quv reja asosida o‘qitiladigan 10-11-sinflar (keyingi o‘rinlarda tanlov sinfi deb yuritiladi) tashkil etilishi mumkin.

7. Tanlov sinfi umumiy o‘rta ta’lim maktabida mavjud 10-11-sinflar o‘quvchilari kontingenti hisobidan tashkil etiladi.

Bunda, tanlov sinfidagi o‘quvchilar soni Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida Nizomga muvofiq bo‘lishi lozim.

8. Umumiy o‘rta ta’lim maktabida tanlov sinfini tashkil etishda yuqori malakali, tajribali o‘qituvchilarning mavjudligi inobatga olinadi.

9. Tanlov sinfida ta’lim jarayoni ayrim fanlarni chuqur o‘rgatish asosida tashkil etiladi.

10. Tanlov sinfini tashkil etish uchun quyidagi yo‘nalishlar tavsiya etiladi:

birinchi yo‘nalish: xorijiy til va filologiya yo‘nalishi;

ikkinchi yo‘nalish: moliya – iqtisod yo‘nalishi;

uchinchi yo‘nalish: texnologiya yo‘nalishi;

to‘rtinchi yo‘nalish: tabiiy fanlar yo‘nalishi;

beshinchi yo‘nalish: ijtimoiy-gumanitar yo‘nalish.

11. Tanlov sinfi yo‘nalishi 10-, 11-sinflar kesimida o‘quvchilar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazish orqali aniqlanadi. Bunda, bir nafar o‘quvchi faqat bitta yo‘nalishni tanlaydi.

Umumta’lim maktabida barcha yo‘nalishlarda tanlov sinflari ochilishi talab etilmaydi. Maktabda bitta yo‘nalishda tanlov sinfi ochilishiga yo‘l qo‘yiladi.

12. O‘quvchilar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazish va natijasini umumlashtirish uchun maktabda tanlov komissiyasi tuziladi.

Tanlov komissiyasi tarkibiga maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, psixolog, amaldagi sinf rahbarlari, fan metod birlashmalari rahbarlari va ota-onalar qo‘mitasi raisi kiritiladi;

Bunda, tanlov komissiyasi a’zolari tarkibiga o‘quvchilarning ota-onalari va tegishli yo‘nalishdagi fan o‘qituvchilari kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (ota-onalar qo‘mitasi raisi va fan metod birlashmalari rahbarlari bundan mustasno).

13. So‘rovnomani o‘tkazish va natijalarini umumlashtirish jarayonining shaffofligini ta’minlash, jamoatchilik nazoratini o‘rnatish maqsadida ushbu jarayonlarda maktabning Kuzatuv kengashi a’zolari kuzatuvchi sifatida ishtirok etishi mumkin.

14. So‘rovnoma natijasida tegishli tanlov sinfida o‘qishni hohlagan o‘quvchilar soni 35 nafardan oshib ketsa, bunday holda o‘quvchilar maktab tomonidan tashkil etiladigan tegishli fan bo‘yicha sinov natijalari asosida tanlov sinfiga qabul qilinadi.

Agarda tanlov sinfida o‘qishni hohlagan o‘quvchilar soni 35 nafardan ortiq bo‘lmasa, bunday holda o‘quvchilar tanlov sinfiga sinovsiz qabul qilinadi.

Ota-onalar fanzandlarini tanlov sinfiga qabul qilishi to‘g‘risida direktor nomiga ariza yozishadi.

Agar o‘quvchi tanlov sinfida o‘qishni xohlamasa, bunda o‘quvchi an’anaviy (odatdagi) sinfda o‘qishni davom ettiradi.

15. O‘quvchilar eng ko‘p tanlagan yo‘nalish bo‘yicha sinflar soniga mutanosib ravishda yangidan sinflarga ajratiladi. Bunda, sinflar soni mavjud tegishli (10-, 11-) sinflar sonidan oshib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi.



16. So‘rovnoma natijasi tahlil qilinib, tayyorlangan ma’lumot maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘icha o‘rinbosariga taqdim etiladi.

17. Maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari va fan metod birlashmalari rahbarlari tomonidan tanlov sinfi yo‘nalishi, fanlari, dars soati, o‘quvchilar ro‘yxati, sinf rahbari va mazkur fanlardan dars beruvchi o‘qituvchilar to‘g‘risida ma’lumot tayyorlanadi.

18. Ushbu ma’lumot maktab pedagogika kengashida muhokama qilinib, kengashda tanlov sinfi yo‘nalishi, fanlari, dars soati, fan o‘qituvchilari, sinf rahbarini belgilash, o‘quvchilari ro‘yxati tasdiqlash bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinadi.

19. Pedagogika kengashi qarori bilan tasdiqlangan tanlov sinfi yo‘nalishidan kelib chiqib, tegishli fan metodika birlashmasi va direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan tanlov sinfining o‘quv rejasi tuziladi.

20. Tanlov sinfi uchun variativ o‘quv rejani tuzishda 2019-2020 o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejada 10-11-sinflarga ajratilgan umumiy dars soatlari miqdori asos qilib olinadi.

Bunda, haftalik umumiy soatlar miqdori 10-sinfda 30 soatni, 11-sinfda 31 soatni tashkil etadi.

21. Tanlov sinfining variativ o‘quv rejasi maktab direktori tomonidan tasdiqlanadi.


Download 97,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish