Umumiy o`rta ta’lim maktablarida musiqa idroki mashg`ulotlarini tashkil etish


Sinfdan tashqari mashg`ulotlarda musiqani idrok etishni tashkil qilish



Download 29,01 Kb.
bet2/2
Sana06.01.2022
Hajmi29,01 Kb.
#322312
1   2
Bog'liq
Umumiy o`rta ta’lim maktablarida musiqa idroki mashg`ulotlarini tashkil etish

Sinfdan tashqari mashg`ulotlarda musiqani idrok etishni tashkil qilish.

Umumiy o`rta ta’lim maktablarida bolalarning musiqani idrok etish qobiliyatlarini rivojlantirishda sinfdan tashqari va maktabdan tashqari musiqa mashg`ulotlarining ahamiyati ham juda muhim. Nazmiy asar mazmuni musiqiy ohanglar bilan uyg`unlashgach, oddiy matnga nisbatan bir necha bor ko`proq ta’sir kuchiga ega bo`lishi ko`plab ilmiy-amaliy va pedagogik tajribalarda isbotlangan. Inson (mashg’ulotlardao`quvchi yoki talaba) biror mazmundagi mavzuni so`z orqali eshitganda ma’lum darajada idrok etgani holda, o`sha mavzuni kuy jo`rligida, qo`shiq tarzida eshitganda uni yanada chuqurroq anglaydi, tasavvur etadi his qiladi va idrok etadi. Xuddi o`sha qo`shiqni kishining o`zi ijro etganda esa unda oldingilaridan yanada farq qiluvchi hissiyot paydo bo`ladiki, bunda u asar mazmunini idrok etibgina qolmasdan, balki uni yurakdan his qila boshlaydi. Uning uchun sof tuyg`ularga, nafosatga, barkamollikka intilish xislati tabiiy ehtiyojga aylanib boraveradi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatimiz tomonidan Respublikamizda musiqa madaniyatini rivojlantirish, uni jahon standartlari darajasiga ko`tarish uchun ko`plab qarorlar qabul qilindi va farmonlar chiqarildi. Bu qaror va farmonlarning ijro etilishi natijasida hozirgi davrda yosh avlodga o`z qobiliyatini, iqtidorini namoyon etish,rivojlantirish va o`z mahoratini o`stirish uchun barcha tashkiliy va moddiy shart-sharoitlar yaratib berildi. O`qituvchi o`quvchilar tinglayotgan yoki ijro etayotgan kuy yoxud qo`shiqni

tahlil qilib, ularda to`g`ri yo`naltirilgan tasavvur hosil qilishga erishar ekan, asarning mazmunidan kelib chiqqan holda uning ma’naviy mohiyatini ochib berishda yanada ko`proq imkoniyatga ega bo`ladi.

Davlatimiz tomonidan muntazam ravishda tashkil etilayotgan “ O`zbekiston-Vatanim manim”, “ Nihol”, Respublika”Fol`klor jamoalari ko`rik-tanlovi” hamda o`quvchi va talaba yoshlar orasida o`tkazilayotgan boshqa ko`plab ko`rik-tanlovlar iqtidorli yoshlarni izlab topib, ularni rag`batlantirishga va xalq orasida musiqa madaniyatining turli qirralarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Bugungi kunda o`quvchilarning darsdan tashqari va maktabdan tashqari bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazishlari uchun shahar va qishloqlarimizda turli yo`nalishdagi ko`plab fan va kasb-hunar to`garaklari bilan bir qatorda musiqaga yo`naltirilgan to`garaklar hamda musiqiy havaskorlik jamoalari faoliyat ko`rsatmoqda. Jumladan, bunday faoliyat bilan shug`ullanuvchi tshkilotlarga misol tariqasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan har bir tumanda tashkil etilgan “Kamolot” bolalar markazlarini, bolalar ijodiyot uylarini, viloyat va shaharlardagi madaniyat saroylarini, qishloq va shaharlardagi ko`plab madaniyat uylarini, mahallalardagi turli to`garaklarni aytib o`tishimiz mumkin.

Bundan tashqari o`quvchilar mashg’ulotlardaolgan bilimlarini sinfdan tashqari musiqa va xor to`garaklarida, shuningdek, maktabdan tashqari turli musiqa va raqs to`garaklarida takomillashtirish imkoniga ham egadirlar. Maktablardagi musiqa va xor to`garaklari hamda madaniyat saroylari, madaniyat uylari va yoshlar ijodkorlik uylari kabi maktabdan tashqari madaniy-ma’rifiy muassasalarda tashkil etilgan

musiqa to`garaklari, o`quvchilar xori, orkestr, raqs va vokal ansambllarining serqirra faoliyatlari bunga misol bo`la oladi.

Maktabdan tashqari va sinfdan tashqari tashkil etilgan musiqa to`garaklarida o`quvchilar an’anaviy ijro, turli cholg`u asboblarida chalish, musiqani tinglab, tahlil qila olish, ansambl va orkestr jamoalarida ijro etish, turli raqs usullarini o`rganish, milliy va jahon xalqlari raqslarini o`rganish, elektron asboblarda chalish kabi amaliy ko`nikmalarga ega bo`lishlari mumkin. Bolalar musiqiy idrokini shakllantirish hamda rivojlantirishda turli musiqiy to`garaklar bilan bir qatorda har bir shahar va tumanlarda tashkil etilgan bolalar musiqa maktablarining ham o`z orni bor. Bolalar musiqa maktablariga 1- sinfdan 7-sinfgacha bo`lgan Bolalar qabul qilinadi. Musiqa maktablarida o`qish uchun hujjat topshirgan bolalarning musiqiy qobiliyati bilan bir qatorda ularning dastlabki musiqiy idroki, ya’ni musiqani idrok eta olish qobiliyati ham tekshiriladi.

Agar bola tabiatan musiqiy qobiliyatga ega bo`lmasa yoki musiqani yetarli darajada idrok etish qobiliyatiga ega bo`lmasa u bola musiqachi bo`la olmaydi. Musiqani yetarli darajada idrok etish qobiliyatiga ega bo`lmaslik, deganda bolaning eshitgan musiqani umuman eslab qola olmasligi, ritmni butunlay his etmasligi, tovushlarning baland yoki past ekanligini qoniqarli darajada farqlay olmasligi tushuniladi. Bunday bolalarga o`zlarining qiziqishi hamda qobiliyatiga mos bo`lgan boshqa biror mashg`ulot bilan shug`ullanish, ya’ni boshqa sohadagi to`garaklarga qatnashish tavsiya etiladi.

Musiqani idrok etishni shakllantirishda asosiy cholg`u asbobida ijro etishni o`rganish jarayoni salmoqli imkoniyatlarga boy. Musiqachi

asosiy cholg`u asbobida ijro etish jarayonida berilgan musiqiy asarning mohiyatini faqat eshitish orqaligina emas, balki o`z ijrosi orqali eshitib, his etish orqali idrok etadi. Bu o`rinda o`quvchi musiqani eshitish orqali, notalarni ko`rish orqali hamda ichki sezgi (yurakdan his etish) orqali idrok eta boshlaydi.

Ma’lumki, bolalar musiqa maktablarining o`quvchilari biror cholg`u asbobini o`rganish uchun musiqa maktabida 5 yil o`qishlari lozim. Faqatgina fortepiano cholg`usi bo`yicha o`qiyotgan o`quvchilargina musiqa maktablarida 5 yil o`rniga 7 yil o`qishadi. Bolalar musiqa maktablarida bolalar o`z mutaxassisligi bo`yicha biror cholg`u asbobini chalishni o`rganish bilan bir vaqtda musiqa nazariyasi, solfedjio kabi darslarga ham qatnashishlari shart. Bundan tashqari ular musiqa maktablarida tashkil etilgan xor jamoalariga, turli xalq cholg`ulari ansambllariga hamda orkestrlarga qatnashish imkoniyatiga ega.

Bolalar musiqa maktablarida yakka tartibdagi darslarda o`qituvchi o`quvchilarning musiqani idrok etishlarini to`g`ri tashkil etish uchun musiqiy asarni idrok etishni o`rgatish jarayonida soddadan murakkabga tomon intilish tamoyiliga amal qilishi zarur. O`quvchiga ijro etish uchun asar tanlashda uning yoshi, fiziologiyasi, xarakteri, alohida qiziqishi, musiqiy bilimlarni o`zlashtirganlik darajasi, notaga qarab chala olish malakasi va boshqa jihatlari e’tiborga olinishi muhim ahamiyatga ega. Agar ushbu tamoyillarga amal qilinmasa, o`quvchilarning musiqani idrok etishini shakllantirishni tashkil etish ishlari kutilgan natijani bermaydi.



Yakka tartibdagi darslarda musiqa idrokini tashkil etish boshqa mashg`ulot turlar5iga qaraganda bir qancha qulayliklarga ega. Birinchi navbatda bu o`qituvchi bilan no`quvchining yakka tartibdagi yuzma-yuz muloqoti bilan bog`liq. Bunda o`qituvchi o`quvchiga musiqani idrok etishning har bir nyuansini alohida tushuntirish, o`quvchining ijrosini alohida eshitib, tahlil etish, uning yutuq va kamchiliklarini o`z vaqtida individual tartibda tushuntirish va boshqa shu kabi imkoniyatlarga ega bo`ladi. Bolalar musiqa maktablarida tashkil etilgan bolalar xor jamolari, xalq cholg`u ansambllari va orkestrlarga qatnashgan o`quvchilar musiqani idrok etish malakasini o`zlashtirish bo`yicha qo`shimcha imkoniyatlarga ega bo`ladilar:

  • Bolalar xor kollektivlarida ishtirok etgan o`quvchilar xorda kuylanayotgan asarlarning mazmunini, musiqiy mavzularini tahlil qilish bilan bir vaqtda, bu asarlarni o`zlari ijro etishlari orqali uning ichki tuzilishi, ohangi, tembri, registry hamda garmoniyasi bilan birgalikda, bir vatda idrok etish malakasini o`zlashtirib olishadi.

  • Bolalar musiqa maktablarida milliy cholg`u asboblarini o`rganish bo`yicha tahsil olayotgan o`quvchilar qo`shimcha cholg`u asbobini o`rganish bo`yicha fortepiano kursiga ham qatnashishlari mimkin. Asosiy cholg`u asbobi ko`p ovozli bo`lmagan milliy cholg`u asbobi bo`lgan o`quvchi fortepianoda ijro etishni o`rganish jarayonida fortepiano cholg`usidan chiqayotgan ko`p ovozli garmoniyani idrok etishni o`rganadi. Shuningdek bunday darslarda o`quvchi fortepianoda o`zbek milliy kuylaridan tashqari jahon

mumtoz klassikasiga xos bo`lgan kuylarni ham ijro etish orqali jahon hamda qardosh xalqlar professional musiqasi bilan ham tanishib boradi va shu barobarida uning musiqani idrok etish malakasi ham kengroq doirada rivojlanib boraveradi.

  • Xalq cholg`ulari ansambllariga qatnashgan o`quvchilar ijro etilayotgan asarlarning musiqiy mavzularining ichki tuzilishi, ohangi, tembri, registry hamda garmoniyasi bilan birgalikda, bir vaqtda idrok etish malakasini o`zlashtirib olishdan tashqari ansamblda o`zlari chalayotgan cholg`u asbobining tembri hamda uning ansamblda tutgan o`ziga xos o`rnini, vazifasini his qilgan holda idrok etishni ham o`rganadi.

  • Musiqa maktablarida tashkil etilishi mumkin bo`lgan orkestrlarga qatnashgan o`quvchilar ijro etilayotgan asarlarning musiqiy mavzularining ohangi, tembri, registri hamda garmoniyasi bilan birgalikda, bir vaqtda idrok etish malakasini o`zlashtirib olishdan tashqari orkestrda chalinayotgan barcha cholg`u asboblarining tembri hamda ularning ansamblda tutgan o`ziga xos o`rnini, vazifasini his qilishni o`rganadi va shu bilan bir vaqtda turli tembrga va diapazonga ega bo`lgan asboblarning ujrosidan hosil bo`lgan kuyning o`ziga xos boy, rang-barang garmoniyasini his etib, idrok etishni o`rganadi.

Maktabdan tashqari musiqa to`garaklari turli madaniyat saroylari, madaniyat uylari, “Kamolot” markazlari, bolalar ijodiyot uylari va

mahallalarda tashkil etilgan bo`lib, Bunday to`garaklarga qatnashgan o`quvchilar musiqani idrok etish malakasini o`zlashtirish bobida shunday to`garaklarga qatnashmayotgan boshqa tengdoshlariga qaraganda bir qancha afzal imkoniyatlarga ega bo`ladilar.

Maktabdan tashqari musiqa to`garaklariga qatnashgan o`quvchilar musiqani o`zlari ijro etgan holda idrok etadilar.


  • Maktabdan tashqari musiqa to`garaklarida xor jamoasiga yoki an’anaviy qo`shiqchilik ansmbllariga qatnashayotgan o`quvchilar milliy o`zbek qoshiqlari bilan chet el qo`shiqlarining o`zaro o`xshash hamda farqli jihatlarini ajrata bilish malakasiga ega bo`lishadi va shu orqali ular boshqa xalqlarning milliy qo`shiqlarini ham boshqa tengdoshlariga nisbatan teranroq, aniqroq idrok eta oladilar.

  • Maktabdan tashqari to`garaklarda raqs bilan shug`ullanuvchi o`quvchilarda ritmni his etish qobiliyati juda kuchayib ketadi. Ular eshitayotgan kuylarini ichki ritm his-tuyg`usi bilan idrok etish qobiliyatni o`zlashtirib oladilar.

  • Maktabdan tashqari musiqa to`garaklarida yakka xonandalik yoki yakka sozandalik bilan shug`ullanuvchi o`quvchilar musiqani yakka tartib o`zlashtirishning barcha ustunliklaridan foydalangan holda musiqani professional darajada idrok etishning sir-asrorlarini individual ravishda o`zlashtirib, o`rganib boradilar.

Musiqaiy idrok kishilarni tabiiy nafosatga, go`zallikka intilishga undaydi. Musiqani to`g`ri idrok eta olgan kishilar keng dunyoqarashga, tabiiy ichki madaniyatga ega bo`ldilar va ular

kishilarga hech qachon yomonlik qila olmaydilar.Mutaxassislarning fikriga ko`ra, inson hayotiy tajribasining musiqiy idrokda o`z o`rni bo`lgani kabi, musiqiy idrokning ham inson hayotida, uning dunyoqarashining, individual xarakterining shakllanishida o`z o`rni bor. Shuning uchun yoshligidan musiqa bilan shig`ullangan kishilarning xarakteri boshqalarnikidan farq qilib turadi.



Kelajak poydevori bo`lgan yosh avlodni har jihatdan oqil, vijdonli, madaniyatli, ma’naviyatli qilib, milliy vatanparvarlik ruhida, tarbiyalashda ularning musiqani idrok etish qobiliyatini shakllantirish va to`g`ri yo`nalishda rivojlantirishni tashkil etish masalasi eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Download 29,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish