42
markazli qurilishini ochishi, uni [WPm] sifatida ko‘rsatishi”
49
bo‘ldi. Shu asosda ona
tilimizning grammatik qurilishi butunlay yangicha talqin etildi. [WPm] – gapning eng
kichik qurilish qolipi ramzi sifatida olindi. Bu qolip asosida
faqat kesimlik
ko‘rsatkichi (zamon, shaxs, mayl) bilan shakllangan gap berildi. «Lekin tilimizda
Yevropa (xususan, G‘arbiy Yevropa – roman, german tillar guruhiga mansub) tillarida
keng tarqalgan [S-P] qurilishli (ya’ni, eganing ifodalanishi shart va majburiy bo‘lgan)
gap ham yashirin imkoniyat sifatida xos»
50
ligi aniqlandi.
Masalan,
Men o‘qituvchi. U - shoir.
Bunday gap o‘zbek tilida ot-kesim qurilishi ko‘rinishida bo‘lib, ba’zi tadqiqotchilar
bu shakldagi gapni rus tili ta’sirida paydo bo‘lgan degan fikrni aytdi.
51
Lekin [S-P]
qurilishli gap tilimizda qadimgi davrdanoq yashirin imkoniyat sifatida xos bo‘lgan.
Hatto Mahmud Koshg‘ariy o‘zining «Devonu lug‘otit turk» asarida [S-P] qurilishli
sifatdosh kesimli gap turkiy til qurilishiga qadimdan xosligini quyidagi misol orqali
izohlaydi:
Men yay qurduq.
Biz yay
qurduq. Sen yay qurduq.
Siz yay qurduq.
U yay qurduq.
Alar yay
qurduq.
Hozirgi o‘zbek tilida ba’zi gapda kesimni shakllantiruvchi maxsus morfologik
ko‘rsatkich bo‘lmasa-da, bu gaplarning kesimidan zamon, shaxs– son, tasdiq va
aniqlik ma’nosi anglashilib turadi. Masalan: Bu yer - maktab gapida kesim maktab
so‘zi bo‘lib, u morfologik ko‘rsatkichsiz shakllangan. Ammo bunda ham III shaxs,
birlik, hozirgi zamon, tasdiq va aniqlik mayli ma’nosi anglashilib turadi. Hozirgi
o‘zbek tiliga xos bo‘lgan Men - o‘qituvchi. Siz – shifokor. U - talaba kabi gap esa
rus tili ta’siri asosida shakllanmagan. Bu shakldagi gapni biz tilimizga
imkoniyat
sifatida xos ekanligini bilishimiz darkor.
49
«G‘.G‘ulo m va davrimiz» (To‘plam).- Qarshi, 2003.- B. 81.
50
Yuqoridagi to‘plam.
51
G‘ulomov A., Asqarova M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Sintaksis. -T.:O‘qituvchi, 1965.
52
G‘.G‘ulom va davrimiz (To‘plam).- Qarshi, 2003.- B. 81
43
[S-P] qurilishli gap mavjudligini shoir G‘.G‘ulomning «Men yahudiy» she’rida ham
uchratishimiz mumkin. Shoir bu asarida xuddi «shu gapni (hamisha ta’kid ma’nosini
kuchaytiruvchi eksplitsit – ifodalangan ega bilan) yetti marta qo‘llaydi».
52
Lekin
G‘.G‘ulom o‘z asariga «Men – yahudiy» deb sarlavha qo‘yadi. Bu yerda «Men
gapning zaruriy - majburiy – struktur qismi»□ bo‘lib, unda faqat ta’kid ma’nosi
berilmagan, balki fikr zaruriy tarkibiy qism sifatida aks ettirilgan.
Demak, aytish mumkinki, o‘zbek tilida gapning turkona – kesim markazli qurilishi
[WPm] qolipi asosida shakllangan. Shu qolip asosida shakllangan gapni sodda yig‘iq
gap deb atash imkoni mavjud. Bunda gap kesimlik ko‘rsatkichi bilan shakllanishi
shart. Biroq nutqimizda ot(ism) kesimli gap ham qadimdan mavjud bo‘lganligi tufayli
sodda yig‘iq gapning egasi ifodalanishi shart bo‘lgan ko‘rinishi ham bor. Men –
o‘qituvchi. U - talaba kabi. Agar bunday gap qurilishidagi ega tushirib qoldirilsa,
hamda O‘qituvchi. Talaba
shaklida berilsa, fikr faqat qayd mohiyatini aks ettirib, atov
gap sifatida namoyon bo‘lishi mumkin va gapning kommunikativ substansiyasi
butunlay o‘zgarib ketadi. Shunga ko‘ra, o‘zbek tilining substansial sintaksisida
[ega+ot- kesim] ko‘rinishida namoyon bo‘luvchi Sen – shifokor tipidagi yig‘iq
gaplarni [E+WP] qolipi asosida ifodalash mumkin. Bunda Sen so‘zi qolipning [E]
uzvi voqelanishi bo‘lsa, shifokor birligi - [WP] ning voqelanishi.
Ko‘rinadiki, o‘zbek tilshunosligining substansial sintaksisida sodda yig‘iq gapning
qurilish qolipi faqat [WPm] ko‘rsatkichli emas, balki [S-P] tarzida ham berilishi
mumkin. Bunda Pm unsurining P qismi qoldirilib, m qismi tushirilganligining sababi
shundaki, kesim vazifasida kelayotgan so‘zda markazlik xossasi morfologik
ko‘rsatkichsiz namoyon bo‘lgan hamda u ega va kesimning o‘zaro munosabatidan
yuzaga chiqadi.
.