Umumiy o'rta ta'lim maktabi direktori: Farg ona



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/148
Sana06.07.2021
Hajmi2,82 Mb.
#109957
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   148
Bog'liq
Adabiyot-togarak

XI-Yangi  mavzu  bayoni:

Dunyo  adabiyoti  tarixida  shunday shoirlar  o‘tganki,  ulaming umri 

va  ijodi  xuddi  qorong‘i  osmonni  birdan  yoritib  yuborgan  chaqmoqqa 

o‘xshaydi.  Bilsangiz,  bir  lahzada  chaqnab  o£tib  ketadigan  chaqmoq 

ko‘plab elektrostansiyalar yillar davomida ishlab chiqaradigan quwatni 

o‘zida mujassam etadi.  Rus shoiri M. Y.  Lermontov, tatar ijodkori Ab­

dulla To‘qay,  o‘zbek adabiyotining favqulodda  iste’dodli namoyandasi 

Usmon  Nosir mana shunday yorqin siymolardandir.  Garchi juda kam 

umr  ko‘rgan  bo‘lsalar-da,  ular  yozib  qoldirgan  asarlaming  ahamiyati 

asrlarga tatigulikdir.

Usmon  Nosir  bor-yo‘g‘i  32  yil  yashagan  bo‘lsa,  shuning  6 -7  

yilidagina erkin ijod qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Bo‘lg‘usi  shoir  1912-yilning  13-noyabrida  Namangan  shahrida 

dunyoga keldi. Uning hunarmandchilik bilan ro‘zg‘or tebratadigan otasi



19

1



bu paytda og‘ir xasta yotgan bo‘lib, bola go‘dakligidayoq olamdan o£tadi. 

Usmon  o‘z  otasi  mehrini,  uning  erkalashlarini  ko‘rmay  o‘sdi.  To‘rt 

yashariigida onasi Xolambibi shu yerlik Nosirhoji degan kishiga turmushga 

chiqadi va oila Qo‘qonga ko‘chib keladi. Usmonjon shahardagi intematda 

o‘qiydi,  tarbiyalanadi.

1931-yilda  Usmon  Nosir  Samarqanddagi  Oczbekiston  dorilfununi 

(hozirgi Samarqand davlat universiteti)ga o‘qishga kiradi. U tengdoshlari 

orasida  o‘zining izlovchan  fikri,  fanlami tez  o‘zlashtira  olishi,  shoirlik 

iste’dodi va sho‘x-sha’n tabiati bilan yaqqol ajralib turardi.  Usmon Nosir 

nafaqat  adabiyotni,  balki  dunyo  tarixi,  falsafasi,  san’atini  ham 

chanqoqlik  bilan  o‘zlashtirishga,  buyuklarga  ergashib  ijod  qilishga 

oshiqardi. Bu intilishlar shoiming dastlabki asarlaridayoq o‘zini ko‘rsatar, 

yoshgina  yigit  bitiklarida  katta  g‘oyalar,  badiiy  tafakkurning  erkin 

parvozlari,  fikrning  o‘tkir  yolqinlari  yaqqol  aks  etardi.  Mana,  uning 

Samarqanddan onasiga yozgan she’riy maktubi — «Oq yuvib, oq tarab» 

she’ridan ayrim lavhalar.  Unda shoir bolaligida ko‘rgan sargardonliklarini 

tabiat  manzaralariga  uyg‘un  holda  qayta jonlantiradi,  o‘quvchini  o‘z 

xotiralariga oshno etadi:

Esingdami,  g‘arib  ona, 

Sarg‘ayib yerga tushgani

U  qishlaming  zahri? 

Bir  ko‘m-ko‘k  yaproqning.

Yuzni  momataloq  qilgan 

Qon,  yoshlar-la to‘lganda

U  yillarning  qahri? 

U  ko‘zlaring  seni,

Mehribonim,  yodga tushdi, 

Tuproqqa yuz tutganda

Bir  kuni  kuz  nahori, 

Umring  bahori...

Usmon  Nosir  uchun  tabiat  manzaralari  she’riy  asami  qo‘shimcha 

tashbehlar  bilan  bezash,  go‘zallashtirish  vositasi  emas  edi.  U  tabiatni 

go‘yo ona anglab, o‘zini esa shu ona bag‘riga doimiy talpinuvchi farzand 

hisoblardi.  Uning  she’rlarida  har bir fasl,  yer,  osmon,  quyosh,  yulduz 

va  oy,  daraxtlar  va  chechaklar,  qushlar  va  hayvonlar  badiiy  umum- 

lashma, obraz darajasiga o‘sib chiqadi.




Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish