O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Tarbiyayiy mashg`ulotning borishi
Tashkiliy qism
O`quvchilarni darsga hozirlash
O`qituvchi:
Vatanimning tarixidan so`zlaydi
Yodgorligu qo`lyozmalar saqlaydi.
Mehmonlarni ziyoratga chorlaydi,
Ko`hna zaminimning qadamjolari.
II.Asosiy qism:
Qadimdan odamlar o`zlari e`zozlagan buyumlarni, noyob san`at asarlarini, madaniy yodgorliklarni to`plaganlar hamda avaylab asraganlar.Shu tariqa muzeylarning ilk ko`rinishlari paydo bo`lgan.O`zbekistonda muzeylar tashkil etish 19-asrning 70-yillaridan boshlandi.O`rta Osiyoda birinchi muzeylardan hisoblangan O`sbekiston xalqlari tarixi muzeyi 1876-yilda tashkil topgan.Muzeyda O`zbekiston hududida ibtidoiy jamoa tuzumidan to shu kunga qadar bo`lgan madaniy hayotdan darak beruvchi arxeologik topilmalar,turli davrdagi taraqqiyot, fan va madaniyatning yuksalgan davri arxiv va foto hujjatlar,tasviriy san`at asarlarida o;z ifodasini topgan.
Toshkent shahri markazining Amir Temur xiyobonida Temuriylar tarixi davlat muzeyi joylashgan.Bu muzeyda Amir Temur va temuriylar davri tarixiy hujjatlar va ashyoviy dalillar asosida yoritilgan.
O`zbekiston Respublikasi Amaliy san`at muzeyi 1937-yilda ochilgan bo`lib,hunarmandchilik ko`rgazmasi asosida amaliy san`at muzeyi sifatida tashkil topgan.Ushbu muzeyda XIX asrning birinchi yarmidan boshlab bugungi kunga qadar bo`lgan davrda yaratilgan amaliy san`at asarlari to`plangan.
Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi Toshkent shaharidagi eng yirik adabiy-ma`rifiy muassasalardan biridir.Mazkur muzey 1940-yilda Alisher Navoiy tavalludining 500 yilligi munosbati bilan Respublika ko`rgazmasi sifatida tashkil topgan.Muzeyda o`zbek adabiyotiga oid asarlar,qo`lyozma va toshbosma kitoblar,xalq fozilarining ovoz yozuvlar,naqqoshlik san`atiga doir ko`rgazmalar hamdaXX asarlar oid spool buyumlar mavjud.
Olimpiya shon shuhrati muzeyi 1996-yil 1-sentabrda ochilgan.Mazkur muzey Osiyo qqit`asida birinchi tashkil qilingan olimpiya muzeyidir.O`zbekiston mustaqilligi yillarida spotchilarimizning jahon, Yevropa birinchiliklari,Osiyo, Markaziy Osiyo o`yinlari, Toshkent va xorijiy mamlakatlarda o`tkazilayotgan turli xalqaro turnirlarda erishgan yutuqlari, qo`lga kiritgan sovrinlari muzey eksponatlarining asosini tashkil etadi.
O`zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo`mitasi tasarrufidagi muzey bo`lib, 1988-yilda ochilgan.Muzey kolleksiyalari O`zbekistonda geologiya faoliyatining 75 yil mobaynida yig`ilgan katta hajmdagi materiallar hamda muzeyga sovg`a sifatida taniqligeologlar tomonidan taqdim etilgan shaxsiy kolleksiyalar, O`zbekiston Respublikasi tabiatini aks ettiruvchi suratlar bilan boyitilgan.
“Muzey”yunoncha so`z bo`lib,muzalarga (Muza-san`at,adabiyot,fan ma`budasi) bag`ishlangan joy ma`nosini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |