Umumiy o’rta ta’lim maktabi 4-“ ” -sinf rahbari



Download 7,49 Mb.
bet7/74
Sana15.01.2022
Hajmi7,49 Mb.
#368739
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   74
Bog'liq
4-Sinf

II.Asosiy qism:

Oʻzbekiston Respublikasida Saylov huquqi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenta saylovi toʻgʻrisida" (1991 y., 18 noyabr), "Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida" (yangi taxriri, 2001 y. 30 avg .), "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻgʻrisida" (yangi taxriri, 2003 y. 29 avg .), "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov toʻgʻrisida" (1994 y. 5 may), "Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida" (1999 y. 14 aprel), "Fukdrolar saylov huquklarining kafolatlari toʻgʻrisida" (1994 y. 5 may), "Oʻzbekiston Respublikasida deputatni chakirib olish tartibi toʻgʻrisida"gi (1996 y. 26 aprel) qonunlar va boshqa hujjatlarda oʻz ifodasini topgan; 2) Fuqaroning saylovda ovoz berishda ishtirok etish, saylash huquqi (faol Saylov huquqi) va saylov asosida tashkil etiladigan davlat hokimiyati va fuqarolarning oʻzini uzi boshqarish organlariga saylanish huquki (passiv Saylov huquqi). Oʻzbekistonda fuqarolarning faol S.h umumiy, teng , toʻgʻridan toʻgʻri va yashirin ovoz berish prinsiplari asosida amalga oshirilishi belgilangan. Oʻzbekistonda saylash huquqiga OʻzR Konstitutsiyasining 117-moddasi 2-bandiga binoan, 18 yoshga yetgan barcha Oʻzbekiston fuqarolari egadirlar.



Bu umumiy ovoz berish huquqi hisoblanadi. Teng saylov huquqida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining jinsi, irqiy va milliy mansubligi, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqei, maʼlumoti, mashgʻulotining turi va xususiyatidan qatʼi nazar, teng ovoz berishda ishtirok etishi tushuniladi. Toʻgʻridan toʻgʻri S.hda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining saylovda shaxsan oʻzi ishtirok etib, biron bir shaxsning koʻrsatmasisiz oʻz xohish irodasini ifoda etib ovoz berishi taʼminlanadi. Yashirin ovoz berish Saylov huquqida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining saylovda ovoz berayotganda boshqa biron bir shaxsning ishtirokisiz oʻz xohishini yashirin bildirish imkoniyati taʼminlanishi tushuniladi. Oʻzbekiston fuqarolarining passiv Saylov huquqi quyidagicha belgilangan: fuqarolar xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatligiga saylanish uchun 21 yoshga, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga va Senatga saylanish uchun 25 yoshga, respublika Prezidentligiga saylanish uchun esa 35 yoshga yetgan boʻlishi kerak. Prezident boʻlib saylanish uchun nomzod saylovgacha kamida 10 yil Oʻzbekiston hududida muqim yashagan boʻlishi va davlat tilini yaxshi bilishi, Oliy Majlisning quyi va yuqori palatalariga deputatlikka saylanish uchun kamida soʻnggi 5 yilda Oʻzbekistonda doimiy yashagan, jinoyat qonunchiligi boʻyicha oldin ogʻir jinoyat sodir etib sudlanmagan boʻlishi kerak.

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining raisligi (oqsoqol)ga tavsiya etilayotgan shaxs, qoida tariqasida, oliy maʼlumotli boʻlishi, tashkilotchilik qobiliyatiga, rahbar lavozimida ish tajribasiga, aholi oʻrtasida hurmat va obroʻeʼtiborga ega boʻlmogʻi zarur.

O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari saylash va saylanish huquqiga egadirlar.

O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshga to‘lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar. Har bir fuqaro-saylovchi bir ovozga ega.

O‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan hamda bevosita saylovgacha kamida o‘n yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotg an O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylanish huquqiga ega.

Saylov kuni yigirma besh yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylanish huquqiga egadirlar.

Saylov kuni yigirma besh yoshga to‘lgan, kamida besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga va mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga saylangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga saylanish huquqiga egadirlar.

Saylov kuni yigirma bir yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hokimiyatning mahalliy vakillik organlariga saylanish huquqiga egadirlar. (4-modda)

Fuqarolarning saylov huquqlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi, saylov to‘g‘risidagi qonunlarda belgilab qo‘yilgan talablar bundan mustasnodir.


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasiga muvofiq sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas va saylovda qatnashmaydilar. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi.




Download 7,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish