MUSTAQILLIK MAYDONI
Mustaqillik maydonida har doim rang-barang gullar ochilib, ifor taratib turadi. Ezgulik arka- sidagi laylaklar tinchlik, birlik, jipslik ramzi- dir. Arkaning uzunligi 150 metr, o‘rta peshtoq qismi 12 metr balandlikka ega bo‘lib, 16 qator oq marmar bilan bezatilgan ustunlardan iborat. Ezgulik arkasidan mustaqillik timsoli va baxtiyor ona siymosini mujassam etgan „Mustaqillik va ezgulik monumenti" majmuasi tomon boriladi.
U yerda Ikkinchi jahon urushida halok bo'lganlar xotirasiga bunyod etilgan „Xotira maydoni11 bor.
Bir tomonda Oliy Majlisning yuqori palatasi- Senat, ro‘parasida ijro hokimiyati - Vazirlar Mah- kamasining ma’muriy binosi qad ko'targan.
Vatanimizning Bosh maydonini sayr qilganimizda qalbimizni faxrlanish tuyg‘usi qamrab oladi.
Jabbor Razzoqov
Do'stlaringiz bilan baham: |