Umumiy o’quv soati: 74 soat Shu jumladan; Ma’ruza: 26 soat Seminar: 28 soat Mustaqil ta’lim : 20 soat guliston-2018 Tuzuvchilar: Abdushukurova I. Q.,Mamatov Sh. М



Download 1,48 Mb.
bet3/23
Sana14.07.2022
Hajmi1,48 Mb.
#801462
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
portal.guldu.uz-ЎЗБЕКИСТОН ТАРИХИ

BAHOLASH TARTIBI VA MEZONI
Oraliq baholash (OB) - semestr davomida talabaning fan o’quv dasturini tegishli tugallangan bo’lim(lar)ini o’zlashtirishini baholash usuli. OB soni (bir semestrda 2 tadan oshmasligi lozim) va shakli (suhbat, yozma ish, og’zaki so’rov, test o’tkazish, kollokvium, hisob-grafika ishi, nazorat ishi, kurs ishi, kurs loyihasi, ijodiy topshiriq va hokazo) fan xususiyati va unga ajratilgan umumiy soatlar xdjmidan kelib chiqqan holda belgilanadi;
Yakuniy baholash (YaB) - semestr yakunida talabaning muayyan fan bo’yicha nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarni o’zlashtirishini baholash usuli. U asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan yozma ish, og’zaki so’rov, test, ijodiy ish va boshqa shakllarda o’tkaziladi.
Baholashlar yozma ish shaklida o’tkazilganda, talabaning yozma ishlarini tekshirish identifikatsiya rakamlari berish orqali amalga oshiriladi.
Yozma ish talaba tomonidan mustaqil ravishda yoziladi. Mualliflikni o’zlashtirish (plagiat)ga yo’l qo’yilmaydi. Yozma ish matnidagi o’zganing mualliflik ishidan olingan har qanday matnda muallif, ishning nomi va ishning boshka rekvizitlarini ko’rsatgan holda havolalar keltirilishi shart. Yozma ishni tekshirishda plagiat holatlari aniqlanishi, shuningdek ikki yoki undan ortik yozma ishning mustaqil yozilganligiga shubha uyg’otadigan darajada o’xshash bo’lishi ushbu barcha yozma ishlarga nol ball qo’yih yoki oldin qo’yilgan ballarni bekor kilishga asos bo’ladi.
Baholashlar bo’yicha o’tkazilgan yozma ishlar 6 oy saqlanadi va muddat o’tganidan so’ng o’rnatilgan tartibda yo’q qilinadi.
O’quv rejasidagi fanlar buyicha belgilangan baholash turlarini barcha talabalar topshirishlari shart. Yakuniy baholashlar jadvali fakultet dekani tomonidan tayyorlanib, baholash boshlanishidan bir oy oldin oliy ta’lim muassasasi rektori (prorektori) tomonidan tasdiqlanadi.
Oraliq baholash jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida davriy ravishda o’rganib borilishi mumkin va uni o’tkazish tartiblari buzilgan hollarda, oraliq nazorat natijalari bekor qilinib, oraliq nazorat qayta o’tkaziladi.
Oliy ta’lim muassasasi rahbarining buyrug’i bilan ta’lim sifatini nazorat kilish bo’limi yoki o’quv-uslubiy boshqarma (bo’lim) boshlig’i rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida yakuniy nazoratni o’tkazish jarayoni davriy ravishda o’rganib boriladi va uni o’tkazish tartiblari buzilgan hollarda, yakuniy nazorat natijalari bekor qilinadi hamda yakuniy nazorat qayta o’tkaziladi.
Talabalarning fanlarni uzlashtirishi 5 ballik tizimda baholanadi. Malakaviy amaliyot, fan (fanlararo) davlat attestatsiyasi, bitiruv malakaviy ishi ham 5 ballik tizimda baholanadi.
Talabaning fan bo’yicha o’zlashtirishini baholashda quyidagi namunaviy mezonlar tavsiya etiladi:
Baholash tartibi va mezonlari.

5 (a’lo) baho:

  • xulosa va qaror qabul qilish;

  • ijodiy fikrlay olish;

  • mustaqil mushohada yurita olish;

  • olgan bilimlarini amalda qo’llay olish;

  • mohiyatini tushunish;

  • bilish, aytib berish;

  • tasavvurga ega bo’lish.

4 (yaxshi) baho:

  • mustaqil mushohada yurita olish;

  • olgan bilimlarini amalda qo’llay olish;

  • mohiyatini tushunish;

  • bilish, aytib berish;

  • tasavvurga ega bo’lish.

3 (qoniqarli) baho:

  • moxiyatini tushunish;

  • bilish, aytib berish;

  • tasavvurga ega bo’lish.

2 (qoniqarsiz) baho:

  • dasturni uzlashtirmaganlik;

  • fanning mohiyatini bilmaslik;

  • aniq tasavvurga ega bo’lmaslik;

  • mustaqil fikrlay olmaslik.

1-MAVZU: Markaziy Osiyo - insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri
Ajratilgan vaqt-2 soat
Ko’riladigan savollar rejasi
1. Vatanimiz qadimdan odamzod yashab kelayotgan o’lka. Ibtidoiy jamiyat, uning davrlari.
2. Mamlakatimizda odamlarning paleolit davri manzilgohlari.
3. Mezolit va Neolit davri manzilgohlari.
4. Eneolit va bronza davri madaniyati.
Darsning maqsadi:
O’zbekiston qadimgi tsivilizatsiya va madaniyat beshigi. Antropogenez jarayoni. Qadimgi odamlarning turmush tarzi, mashg’ulotlari. Paleolit davri. Paleolit davri ibtidoiy xo’jaligidagi o’zgarishlar. Neandertal odami. Mezolit davri. Neolit davri. Tosh qurollarining takomillashuvi. Chorvachilik va dehqonchilik. Eneolit davri. Bronza davridagi ijtimoiy- iqtisodiy o’zgarishlar. O’rta Osiyoda ilk shahar madaniyatining paydo bo’lishi. “Avesto”ning insonning ma’naviy hayotini shakllantirishdagi o’rni.
Seminar mashg’ulotga tayyorgarlik ko’rish uchun metodik ko’rsatmalar:
1-asosiy savol bo’yicha: Insoniyat qadim-qadimdan o’z davriga xos turmush tarziga, moddiy va ma’naviy madaniyatga, ya’ni ma’lum darajadagi tsivilizatsiyaga ega bo’lgan. Davrlar o’tishi bilan insoniyat tsivilizatsiyasi darajasi o’sib, rivojlanib, takomillashib borgan.
2-asosiy savol bo’yicha: Mamlakatimizning ilk paleolit davri, geologlarning hisobiga ko’ra, tabiiygeografik jihatdan yozi issiq, qishi sovuq, yog’ingarchilik kam bo’lgan iqlim tartibi qaror topgan davrga to’g’ri keladi.
3-asosiy savol bo’yicha: Ulug’ muzlikning erishi, erning isiy boshlashi, ko’plab daryo va ko’llarning hosil bo’lishi, yaylovlar, to’qay va o’rmonlarning vujudga kelishi, yangi o’simlik va hayvon turlarining shakllanishi natijasida o’lkamizning barcha vohalarida odamlarning yashashi uchun qulay imkoniyatlar vujudga keladi.
4-asosiy savol bo’yicha: Insoniyat tarixining tosh davri o’rnini metall qurollar egallay boshladi. Miloddan avvalgi 4 minginchi yillarda odamlar misdan qurollar yasashni o’rganadilar. Mis metall sifatida yumshoq bo’lganligi tufayli, undan yasalgan qurollar mo’rt,yumshoq va tez egiluvchan bo’lgan.
Adabiyotlar:

  1. O’zbekiston tarixi (Oliy o’quv yurtlarining nomutaxassis talabalari uchun darslik) Toshkent. : O’AJBNT markazi, 2003.675 b.

  2. O’zbekiston tarixi (Oliy o’quv yurtlarining nomutaxassis talabalari uchun darslik)Toshkent. : Iqtisod-moliya, 2006, 520 b.

  3. Karimov Sh., Shamsuddinov R. Vatan tarixi T. : O’qituvchi. 1997. 527 b.

  4. Sulaymonov R.Naxshab-unutilgan tamaddun sirlari. T. : Ma’naviyat, 2004. 46 b.

  5. Asqarov A. Eng qadimiy shahar T. : Ma’naviyat. 2001.23 b.

  6. Eshov B. Tsivilizatsiya tizimida ilk shaharlar.T.:Zar qalam. 2004.139 b.

  7. Eshov B. Qadimgi O’rta Osiyo shaharlari tarixi. T.2006. 236 b.

  8. O’zbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari T.: Sharq 2001.220 b.



2-MAVZU: O’zbekiston hududida dastlabki davlatlarning paydo bo’lishi va rivojlanish bochqichlari (qadimgi davrlardan IX asrgacha)
Ajratilgan soat – 2 soat
Ko’riladigan savollar rejasi

  1. Xorazm va Baqtriya ilk davlatlari paydo bo’lishining asosiy omillari.

  2. O’rta Osiyoda antik davr davlatlari, ijtimoiy – iqtisodiy va madaniy hayoti.

  3. Kushonlar saltanati. Kushon davlati va madaniyatining Vatanimiz xalqlari tarixida tutgan o’rni.

  4. Eftaliylar davrida ijtimoiyiqtisodiy va madaniy hayot

  5. Turk xoqonligi. Xoqonlik davrida O’rta Osiyo xalqlarining iqtisodiy va madaniy hayoti


Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish