Nazorat savollari
1. Sementatsiyadan asosiy maqsad nima?
2. Misni sulfat kislota eritmasidan temir bilan cho‘ktirish jarayoni nimaga
asoslangan?
3. Misni temir bilan cho‘ktirishda qanday asosiy reaksiya yotadi?
4-LABORATORIYA ISHI
SUYUQ FAZALARDA QATTIQ ZARRACHALARNING
CHO‘KISHINI O‘RGANISH
Ishdan maqsad: sovuq modelda metallurgik eritishda hosil bo‘ladigan suyuq
mahsulotlar (shlak va shteyn) ajralishlarining asosiy bosqichlari bo‘yicha
bilimlarni mustahkamlash.
98
Qisqa nazariy ma’lumotlar
Sulfidli mis boyitmasini yallig‘ pechida eritish quyidagi mexanizm bo‘yicha
boradi: pech yonboshida mash’aladan ajralib chiqayotgan issiqlik hisobiga
shixtaning qizishi. Qizish davri paytida shixta quriydi va murakkab sulfidlar va
boshqa noturg‘un birikmalar dissotsiatsiyalanadi.
Isitish paytida shixta yonboshining tepa qismida shixtadagi oson eruvchan
birikmalar erishni boshlaydi. Hosil bo‘lgan birlamchi eritma yonbosh yuzasidan
oqib o‘zida qiyin eruvchan moddalarni eritadi va shlak eritmasi hajmiga tushadi.
Shu paytdan boshlab shlak va shteyn fazalarining ajralishi boshlanadi.
Shteyn metall saqlovchi mahsulot bo‘lib, uning zichligi kamida 1-2 marotaba
shlaknikidan og‘irdir, demak shteyn har doim pechning pastki qismida joylashadi.
Eritish jarayoni suyuq mahsulotlarining to‘liq bir-biridan ajralishi, shlakdagi mayin
shteyn tomchilarining cho‘kish tezligi bilan aniqlanadi
Shlak eritmasidan shteyn zarrachalarining cho‘kish tezligi hisobini (V, m/s)
Stoks formulasi yordamida bajarish mumkin:
)
2
3
(
)
(
3
)
(
3
2
2
1
2
1
2
2
g
r
d
d
V
shl
sht
Tenglamalarda:
r – shteyn zarrachalarining radiusi, sm;
d
sht
– shteyn zichligi, g/sm
3
;
d
shl
– shlak zichligi, g/sm
3
;
η
1
vaη
2
– zichligi yuqori va zichligi kamroq bo‘lgan fazalarning
qovushqoqligi, puaz;
g – og‘irlik kuchining tezlanishi.
Shlakdagi muallaq holdagi metallashgan zarrachalar tindirilishining to‘liq
borishigava tezlashishiga ularning bo‘lish chegaralaridagi yuqori fazalararo
taranglik ta’sir etadi, chunki bunda ta’sirlashadigan fazalarning o‘zaro namlanishi
va intensiv massaalmashuvi pasayadi.
Muhit qancha tinch bo‘lsa, muallaq zarrachalarning ajralishi shuncha
sekinroq boradi. Massa almashuvni aralashtirish hisobiga intensivlashtirish
natijasida mayin zarrachalar bir-biri bilan to‘qnashgani hisobiga yiriklashadi va
ularning cho‘kish tezligi tezlashadi. Eritmani gaz pufaklari bilan majburiy
aralashtirish orqali yuqori samaraga erishiladi.
Suyuq mahsulotlarning cho‘kish tezligi eritish jarayonining tezligini va
metallni shlak bilan yo‘qolish ko‘rsatkichini aniqlaydi.
99
Do'stlaringiz bilan baham: |