Umumiy metallurgiyaga


Metallar olish uchun xom ashyo



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/108
Sana06.08.2021
Hajmi2,03 Mb.
#139792
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   108
Bog'liq
1.UmumiyMetallurgiyagamajmua

Metallar olish uchun xom ashyo 
Sanoat  ishlab  chiqarish  tarmog‘lari  ichida  metallurgiya  ko‘p  materiallarni 
talab qiluvchi sanoatdir. Metallarni ishlab chiqarish uchun juda ko‘p miqdorda turli 
foydali  qazilmalar,  ikkilamchi  metall  saqlovchi  xomashyolari  va  boshqa  turdagi 
yordamchi ashyolar. 
Masalan,  rangli  metallarni  ishlab  chiqarish  uchun  eng  ko‘p  miqdorda  ruda 
xomashyosi  sarflanadi.    Rangli  metallarning  miqdori  ruda  tarkibida  kam 
bo‘lganligi  tufayli,  tayyor  mahsulot  ishlab  chiqarish  uchun  qayta  ishlanadigan 
rudaning miqdori katta xajmni tashkil etadi. Qayta ishlanadigan rudaning miqdori, 
uning  tarkibidagi  qimmatbaho  moddaning  konsentratsiyasi  bilan  teskari 
proporsionaldir,  ya’ni  qayta  ishlanadigan  xomashyo  qanchalik  metall  bo‘yicha 
kambag‘al  bo‘lsa,  shuncha  metallurgik  qayta  ishlash  jarayonida  rudaning  sarfi 
yuqori bo‘ladi. Masalan 1 tonna alyuminiy olish uchun 5 – 10 t alyuminiy rudasini, 
1  mis  olish  uchun  200  t  mis  rudasini,  1  kg  oltin  olish  uchun  7000  t  oltin  tarkibli 
rudani  qayta  ishlash  kerak.  SHundan  ko‘rinib  turubdiki,  rangli  metallurugiyaning 
ko‘p  korxonalari  o‘zining  ishlab  chiqarish  dasturini  amalga  oshirish  uchun  bir 
yilda o‘n hatto yuz million tonna rudani qayta ishlashi kerak.  
Ruda  xomashyosidan  tashqari  rangli  metallurgiya  korxonalarida  ko‘pincha 
boshqa foydali qazilmalar ham qayta ishlanadi – ko‘mir, tabiiy gaz, flyuslar (kvars, 
ohak va b.), o‘tga bardosh materiallarni ishlab chiqarish uchunmineral materiallar. 
Boyitish  va  metallurgiya  texnikasining  zamonaviy  rivojlanish  darajasida, 
tarkibidan  iqtisodiy  samara    bilan  metallarni  tayyor  mahsulotga  ajratib  olishi 
imkoniyati bo‘lgan, tarkibida metallarni saqlovchi tog‘ jinslari ruda deb nomlanadi.    
Rudalar, boshqa tog‘ jinslari kabi minerallardan (tabiiy kimyoviy birikmalar) 
tashkil  topgan.  Ruda  tarkibidagi  minerallarni  odatda,  qimmatbaho  moddani 
saqlovchi  rudali  minerallarga  va  bo‘sh  jins  porodaga  bo‘lishadi  (porodani  tashkil 
qiluvchi minerallar).  
Rudaning  tarkibini  odatda  kimyoviy  tahlil  bilan  aniqlashadi.  Ammo  amaliy 
maqsadlar  uchun  faqat  kimyoviy  tarkibning  o‘zi  etarli  emas.  Kimyoviy  tarkibdan 
tashkari,  xomashyodagi  minerallarning  turini  (mineralogik  tarkib)  va  qayta 
ishlanadigan  xomashyoning  barcha  komponentlarini  minerallar  bo‘yicha 
taqsimlanishini  (fazoviy  tarkib)  bilish  kerak.    Mineralogik  va  fazoviy  tarkibni 


10 
 
bilish,  xomashyo  tarkibidagi  barcha  komponentlarni  metallurgik  qayta  ishlashda 
qanday  o‘zgarishlarga  duch  kelishi  to‘g‘risida  xulosa  chiqarish  va  buning  asosida 
tegishli  texnologiyani  tanlash  va  metallurgik  hisoblashlarni  to‘g‘ri  olib  borishga 
imkon  beradi.  Rudalarni  metall  saqlovchi  tog‘  jinslari  sifatida  bir  qator  omillar 
bo‘yicha sinflashadi. 
Amaliyotda,  tarkibidan  faqat  bitta  metall  ajratib  olinadigan  rudalar,  oddiy 
yoki  monomineral rudalar deb nomlanadi. Bu turdagi rudalarga, temir rudalarning 
ayrim  navlari  misol  bo‘lishi  mumkin.  Rangli  metallarning  barcha  rudalari 
polimetallik  (yoki  kompleks)  rudalardir  va  ular  o‘zining  tarkibida  kamida  ikkita 
ajratib  olinadigan  metallarni  saqlaydi.  Masalan,  kimyoviy  va  mineralogik  tarkib 
bo‘yicha  mis,  mis-nikelli,  mis-ruxli  va  mis-qo‘rg‘oshin-ruxli  rudalar  juda 
murakkabdir,  hozirgi  kunda  ularning  tarkibidan  10-15  qimmatbaho  moddalar 
ajratib olinadi. 
Tarkibida  metallsaqlovchi  minerallarning  turiga  ko‘ra,  rangli  metallar 
rudalarini quyidagi asosiy guruhlarga bo‘lishadi:  
1)  sulfidli  –  tarkibida  metallar  oltingurug  bilan  birikkan  xolda  bo‘ladi 
(masalan, mis, mis-ruxli, mis-molibdenli, mis-nikelli va qo‘rg‘oshin-ruhli rudalar); 
2)  oksidlangan  –  tarkibida  metall  turli  kislorodsaqlovchi  birikmalar 
ko‘rinishida  bo‘ladi:  oksidlar,  karbonatlar,  gidroksidlar  va  h.  (masalan,  alyuminiy 
rudalari, oksidlangan nikel rudalari va h.) 
3) tug‘ma – tarkibida metall erkin (metallik) holda bo‘ladi. Tabiatda tug‘ma 
holatda oltin, kumush, mis, platina, vismut va simob uchraydi. 
4) aralash – tarkibida metallar sulfidli, oksidlangan va ayrim hollarda tug‘ma 
holatda bo‘ladi (masalan mis rudalari) 
5)  xloridli  –  tarkibida  metallar  xlorvodorodkislotasi  ko‘rinishda  bo‘ladi.  Bu 
turdagi rudalarda magniy va bir qator engil va noyob metallar ajratib olinadi. 
Ruda  xomashyosidan  tashqari  ko‘p  metallarni  (alyuminiy,  rux,  qo‘rg‘oshin, 
nodir metallar) ishlab chiqarish uchun ikkilamchi xomashyodan foydalaniladi. 
Ikkilamchi  xomashyoga  metallarga  ishlov  berish  sanoatining  chiqindilari, 
brak  va  ish  muddati  tugagan  metallik  detallar  va  buyumlar,  turli  ko‘rinishdagi 
metallik lom va h. kiradi. 
Xozirgi  kunda  ikkilachi  xomashyodan  ko‘p  miqdorda  alyuminiy  va  asosiy 
og‘ir  rangli  metallar  ishlab  chiqariladi.  Masalan,  umumiy  ishlab  chiqarish 
xajmidan  ikkilamchi  xomashyodan  20-25%  alyuminiy,  30-40%  mis,  35-50% 
qo‘rg‘oshin, 25-30% rux va 20-25% qalash ishlab chiqariladi.  
Metallurgik  qayta  ishlash  jarayoniga  ikkilamchi  xomashyolarni  jalb 
qilinishi,  tabiiy  resurslardan  oqilona  foydalanish,  metallarni  sodda  va  arzon 
metallurgik usullar bilan olish imkonini beradi. 
 

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish