Umumiy metallurgiya


§ 11 - OKSIDLAB KUYDIRISH ASOSLARI



Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/43
Sana11.01.2022
Hajmi0,58 Mb.
#352254
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   43
Bog'liq
umumiy metallurgiya (1)

§ 11 - OKSIDLAB KUYDIRISH ASOSLARI 

Oksidlab  kuydirish  jarayoni  mis  pirometallurgiyasida  shartli  bo’lmagan 

jarayonlardan  hisoblanadi.  Mis  sanoatida  u  kam  uchraydi  va  odatda  yuqori 

oltingugurtli, mis bo’yicha kambag’al ruda va boyitmshshrni qayta ishlagandagina 

qo’llaniladi. Tarkibida rux ko’p bo’lgan mis xomashyolarini qayta ishlaganda ham 

kuydirish jarayoni o’zini oqlaydi. 

Mis  pirometallurgiyasida  oksidlab  kuydirishning  maqsadi  oltingugurtni 

qisman  ajratish  va  temir  sulfidining  bir  qismini  keyingi  eritish  jarayonida 

shlaklanadigan oksid ko’rinishiga o’tkazishdan iborat. Bu uncha oksidlash sezilarli 

o’tkazilmaydigan sharoitda olib boriladigan eritish jarayonida, kamida 25 - 30% Su 

tarkibli shteyn olishga intilishdan iborat. Agar oksidlab kuydirish jarayonida shixta 



 

48 


tarkibidagi  hamma  sulfidlarni  oksidlasak,  kuydirilgan  mahsulot  to’liqligicha 

oksidlardan  iborat  bo’ladi.  Bunday  mahsulotni  eritish  paytida  shteyn  olinmaydi. 

To’liq  kuydirilgan  ruda  yoki  boyitmani  qoramtir  misga  qaytarib  eritish  yoki 

gidrometallurgik usullar bilan qayta ishlash mumkin. 

Boyitmani  yallig’  qaytaruvchi  yoki  elektr  pechlarida  eritishdan  oldin 

shixtani  kuydirish  uni  eritmagan  xolda  o’tkaziladi.  Oksidlab  kuydirish  jarayonida 

oltingugurt  va  temirni  qisman  oksidlash  bilan  birga  shixta  komponentlarini 

aralashtirib  va  termik  tayyorlab,  sulfat  kislota  ishlab  chiqarishga  yaroqli 

oltingugurt  gazlari  olish  masalasi  ham  hal  qilinadi.  Kuydirish  pechlariga 

kelayotgan  misli  shixta,  keyingi  shteynga  eritish  jarayonida  shunday  tarkibli 

shixtaga qo’yiladigan talablarga javob berishi kerak. 

Mis  boyitmalarini  oksidlab  kuydirish  750-900°S  haroratda  olib  boriladi. 

Bunday  haroralda  sulfidlarni  oksidlanishi  oksidlar  hosil  qilish  bilan  kechadi. 

Sulfidlarni yonishi umumiy holda quyidagi reaksiya bilan ifodalanadi: 

2MeS + 3O

2

 = 2MeO + 2SO



2

 + Q 


bu yerda, Q - reaksiyaning issiqlik samaradorligi. 

600-650°C haroratda sulfadlar bardoshli bo’ladi: 

MeS + 2O

2

 = MeSO



4

 

Shteynga  eritishdan  oldin  sulfatlarning  hosil  bo’lishi  yaxshi  emas,  chunki 



ular desulfirizatsiyaning pasayishita olib keladi. 

Yuqori haroratni chegaralanishining sababi, yuqori haroratda ayrim sulfidlar 

va ularning oson eruvchan birikmalarini erishi boshlanishi mumkin, bu esa mayda 

zarrachalarning bir-biriga yopishib qolishiga olib keladi. 

Kuydirish  jarayoni  quyidagi  asosiy  bosqichlardan  iborat:  shixta  qizishi  va 

qurishi;  yuqori  sulfidlarning  termin  parchalanishi;  sulfidlarning  alangalanishi  va 

yonishi. 

Shixta mahsulotlari qizishi oksidlanish reaksiyalari issiqligi hisobidan boradi 

va  namlikni  qochirish  bilan  birga  kuzatiladi.  Shixta  -  350-400°C  haroratgacha 

qizdirilgandan so’ng, bir vaqtning o’zida sul

ь

fidli minerallarning parchalanishi va 



ularning alanglanishi boshlanadi. 


 

49 


Faqat yuqori sulfidlar qo’yidagi reaksiyalar bo’yicha termik parchlanadi: 

FeS


 FeS + 1/2S



2  

2CuFeS


 Cu



2

S + 2FeS + 1/2S

2  

2CuS 


 Cu


2

S + l/2S


Ajralib  chiqayotgan  oltingugurt  bug’lari  pechning  oksidli  atmosferasida 

quyidagi reaksiya bo’yicha yonadi: S + O

2

 = SO



2

Piritni termik parchalaganda oltingugurtning yarim atomlari gazlarga chiqib 



ketadi.  ya’ni  bu  sul

ь

fidning  parchalanishidan  desulfirizatsiya  ko’rsatkichi  50%  ni 



tashkil  etadi.  Oksidlab  kuydirish  jarayonida  shuningdek  karbonatlar  ham  qisman 

parchalanishi mumkin. misol uchun: 

SaSO





 SaO + SO

Sulfidlarning oksidlanishi ularning  alanglanishidan  boshlanadi.  Alanglanish 



harorati  deganda,  shunday  harorat  nazarda  tutiladiki,  bunda  ajralib  chiqayotgan 

issiqlik  kuydirilayotgan  sulfidli  mahsulollarning  faol  va  to’liq  yonishining 

boshlanishi  uchun  etarli  bo’ladi.  Misli  boyitmalarni  oksidlab  kuydirishda  temir 

sulfidlari  tez  oksidlanadi.  Sulfidlarning  alanglanish  harorati  turlicha  bo’lib,  u 

sul

ь

fidlarning  fizik-kimyoviy  xususiyatlariga  bog’liq.  Mis  boyitmalarini  oksidlab 



kuydiri

щ

da  temir  sul



ь

fidlari  tez  oksidlanadi.  Buning  asosiy  sababi,  misdan  farqli 

ravishda  ollingugurt  bilan  reaksiyaga  kirishishga  qaraganda  kislorod  bilan  tez 

reaksiyaga kirishadi. 

Mis boyitmalarini oksidlab kuydirishning asosiy reaksiyalari qo’yidagilar:  

2FeS + 3,5O

2

 = G’e


2

O

3



 + 2SO

2

 + 921000 kDj; 



2FeS + 5,5O

2

 = Fe



2

O, + 4SO


2

 + 1655000 kDj; 

2CuFeS

2

 + 6O



2

 = Fe


2

O

3



 + Cu

2

O + 4SO



2

Kuydirishda mis sulfidlari ham quyidagi reaktsiya bo’yicha oksidlanishi 



mumkin: 

Cu

2



S +1/2O

2

 = Cu



2

O + SO


2

 + 38435 kDj. 

Biroq mis oltingugurt bilan qayta reaktsiyaga kirishishi munosabati bilan u 

yana almashinuv reaksiyasi bo’yicha sul

ь

fallanadi: 



Cu

2

O + FeS = Cu



2

S + FeO + 168060 kDj. 




 

50 


Cu

2

O quyindi tarkibida deyarli bo’lmaydi. 



Sulfid  va  oddiy  oltingugurtning  oksidlanish  reaksiyalari  ekzotermik 

hisoblanadi.  Mis  boyitmalarini  kuydirishda  ajralib  chiqadigan  issiqlik,  avtogen 

jarayon hisoblangan kuydirishni o’z - o’zidan borishi uchun etarli bo’ladi. 

Kislorod  sulfid  bilan  ta’sirlashganda,  sulfidning  ustki  qatlamida  oksidli 

qatlam  hosil  bo’ladi.  Oksid  qatlamining  o’sishi  ta’sirlashayotgan  yuzaga 

etkazilayolgan kislorod miqdori va oksidlanayotgan zarracha ichkarisiga diffuziya 

bilan  o’tish  tezligiga  bog’liq  bo’ladi.  Oksidlanish  jarayonini  tezlashtirish  uchun 

reaktsiya  mahsuloti  -  oltingugurt  oksidini  qattiq  zarracha  yuzasidan  olib  tashlash, 

va  shu  bilan  zarrachaga  oksidlovchini  etib  kelishini  osonlashtirish  uchun  gaz 

fazasida  etarlicha  massa  almashinuvni  ta’minlash  kerak.  Yiriqroq  zarrachalar 

sekinlik  bilan  oksidlanadi.  Kuydirish  etarlicha  olib  borilmasa  oksidlanayotgan 

zarracha orasida sul

ь

fidli yadro qoladi. 



Mis  boyitmalari  oksidlash  jarayonining  mahsulotlari  quyindi,  gaz  va  chang 

hisoblanadi. 

Quyindining  mineralogik  tarkibi  dastlabki  boyitma  tarkibidan  sezilarli 

ravishda  farq  qiladi.  Olinayotgan  quyindi  sul

ь

fidlar  bilan  bir  qatorda  oksidlar 



bo’lishi va deyarli yuqori sul

ь

fidlar bo’lmasligi bilan xarakterlanadi. 



Mis  boyitmalarini  hozirgi  vaqtda  kuydirishning  asosiy  yo’li  qaynar  qatlam 

pechlarida  (KS)  kuydirish  hisoblanadi.  Qaynar  qatlam  pechlarda  kuydirish, 

boyitma  (shixta)  qatlami  orqali  havo  oqimi  yoki  kislorodga  to’ydirilgan  havo 

ma’lum  tezlik  bilan  o’tkazilganda  dastlabki  mahsulotning  hamma  zarrachasi 

uzluksiz  qaynayotgan  suyuqlikka  o’xshab  harakat  qilali,  bu  esa  jarayonni  qaynar 

qatlam deb atalishiga olib keldi. 

Qaynar  qatlam  hosil  bo’lish  mexanizmi  ko’yidagicha  izohlanadi.  Agar 

sochma  mahsulot  qatlami  pastidan  gaz  purkalsa,  qatlam  dastlab  yoriladi,  havo 

ma’lum  tezlik  bilan  uzatilganda  esa  suyuqlikni  asosiy  xossalari  bo’lgan-

harakatchanlik,  oquvchanlik,  idish  hajmi  va  shaklini  egallash  kabilarni  egallaydi. 

Sochma  mahsulotning  bunday  holati  suyuqliksimon  deyiladi.  Bunday  holat  gaz 

oqimining  ko’tarish  kuchi  sochma  mahsulotning  umumiy  og’irligiga  teng 




 

51 


bo’lganda kuzatiladi. Havo oqimi tezligi oshishi bilan sochma mahsulot hajmi ham 

sekin-asta  ortib  boradi.  Shixta  muallaq  xolga  keladi,  bu  kuydirilayotgan 

zarrachalarning  chang  bilan  chiqib  ketishiga  olib  keladi.  Oddiy  sharoilda  qaynar 

qatlam pechlarida kuydirishda chang chiqishi dastlabki shixta og’irligining 20-0% 

tashkil etadi. 

Tuzilishiga  bog’liq  bo’lmagan  xolda  har  qanday  kuydirish  pechida  shartli 

qismlar  bo’lishi  kerak,  bularga:  tepa  qism  (svod)  li  vertikal  shaxta;  soploli  pastki 

qism  (pod);  havo  taksimlash  kameralari;  forsunka  kamerali  yuklash  tuynuklari 

kiradi.  Yuklash  va  chiqarish  tuynuklari  odatda  pechning  qarama-qarshi 

tomonlarida  bo’ladi.  Ishchi  kamera  ichidan  shamotli  g’isht  asosidagi  himoya 

qoplamasi  va  tashqi  tarafidan  issiqlik  ushlab  turuvchi  material  bilan  qoplangan 

melall  qoplama  ko’rinishida  qilingan.  Pechning  ichkari  ustki  qismi  (svod)  o’tga 

chidamli  materialdan  yasalgan.  Pechning  ichki  pastki  qismi  kuydirilayotgan 

mahsulot qatlamiga uzatilayotgan havoni bir xil taksimlash va mayda zarrachalarni 

havo  kameralariga  o’tib  qolishini  oldini  oluvchi  qurilmalaridan  iborat.  Odatda  u 

havo  taqsimlash  qurilmalari  o’rnatish  uchun  zarur  bo’lgan  tuynuklar  mavjud 

bo’lgan o’tga chidamli betondan tayyorlanadi. 

Shixta  soplolar  zich  joylashgan  forkameraga  yuklanadi.  Kuydirilayotgan 

mahsulot xoxlagan namlikda, hatto bo’tana xolda ham berilishi  mumkin. Quyindi 

balandligi  qaynar  qatlam  sathini  belgilovchi  chiqarish  tuynugi  orqali  chiqarib 

yuboriladi. 

Sulfidli  mahsulotlarni  qaynar  qatlam  pechlarida  oksidlab  kuydirishda  kalla 

miqdorda  issiqlik  ajralib  chiqadi,  natijada  kuydirilayotgan  mahsulot  qatlamida 

harorat  ortib  kelishiga  olib  keladi.  Ortiqcha  haroratni  chiqarish  uchun  qaynar 

qatlam pechlariga quvursimon ko’rinishdagi sovutgichlar o’rnatiladi. 

Qaynar  qatlamda  kuydirish  kuydirish  jarayonlari  orasida  ish  unumdorligi 

eng  yuqorisi  hisoblanadi.  Bu  qattiq  va  gazsimon  fazalarning  o’zaro  ta’sirlashuv 

yuzasi kattaligi bilan izohlanadi. Qaynar qatlam pechlarining boyitma bo’yicha ish 

unumdorligi,  ko’p  pog’onali  mexanik  pechlarga  qaraganda  4-5  barobar  ko’pdir. 



 

52 


Qaynar  qatlam  pechlarining  tuzilishi  sodda,  ularning  ishlashi  esa  osongina 

mexanizatsiyalanadi va avtomatlashtiriladi. 

 


Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish