Rotorli ekskavator ERGV-630 9/0,5 50 Gs chastotali uch fazali tok, 6 Kv kuchlanish, kesimi 3x35+1x10 mm2 bo’lgan KShVG egiluvchan kabel orqali o’rovchi kabel barabaniga va tok qabul qiluvchiga ulanadi.
Yuqori kuchlanishli taqsimlovchi 2KVE-,6-50 shkafi orqali Tok qabul qiluvchi bilan kabel barabaniga kuchlanish yuqori kuchlanishli aylana tok qabul qiluvchiga uzatiladi. Taqsimlovchi shkafda kuchlanishni pasaytiruvchi transformator o’rnatilgan. Kuch transformatorining ikkilamchi cho’lg’amidagi kuchlanishning pasayishi stantsiyaning bosh o’chirgichiga tushadi, ya’ni 380 va 220 V kuchlanish iste’molchilari kabellarini ulash uchun taqsimlovchi shinada joylashgan o’chirgichga tushadi. Yuqori kuchlanishli shkafda uzish va qo’shish transformatorlari, himoya transformatorlari va ta’minlovchi liniyani qisqa tutashuvdan himoya apparaturalari o’rnatilgan. Kichik kuchlanishli qismida esa bosh avtomatlar, kichik kuchlanishli uzatuvchi iste’molchilar, maksimal nulli himoya va yerga tutashuvdan himoya o’rnatilgan.
4-rasmda ERGV-630 9/0,5 ekskavatorining printsipial elektr sxemasi keltirilgan.
Rotor g’ildiragini yuritmasi uchun qisqa tutashgan rotorli ikkita asinxron dvigateli qo’llanilgan. Dvigatel tezligi rostlanmaydi. Yuritmalarni boshqarish mashinist pulьtiga o’rnatilgan knopkali boshqarish postiga o’rnatilgan. Yuritmalarni boshqarish sxemasi qo’yidagicha ta’minlangan: maksimal rele yordamida dvigatelni himoya; ampermetr yordamida yuklashni nazorat qilish, pulьtda o’rnatilgan; tezlikni nazorat qilish; texnologik mexanizmlar bilan blakirovkalash.
Burilish yuritma platformasini kuchli G-D sistemasi va oraliq magnit kuchaytirgichi bilan bajariladi. Yuritmalarni boshqarish kontaktsiz komandaapparatlar yordamida amalga oshiriladi. Boshqarish sxemasida burilish tezligini silliq rostlash ta’minlangan. Tezlikni o’zgarishi umumiy diapazonda 1:10, ishchi diapazonda 1:4. Burchak burilish tezligini rostlash uchun qo’l bilan yoki maxsus avtomatik rostlash orqali amalga oshiriladi. Boshqarish sxemasida burilish yuritmalari quyidagicha ta’minlangan: burilish dvigatelini maksimal himoya; yuklash mexanizmidan himoya (Ekskavator xarakteristikasidan olinadi); strelaning harakat boshidagi va oxiridagi tezlanishi 0,2 m/s2 dan oshmasligi lozim; burilish yuritmasini yuklashda himoya; rotor strelasini burchak burilishiga avtomatik topshiriq; rotor strelasini burchak burilishida rejaliligi.
Burilish yuritmalari strelasini bo’shatishda o’zgarmas tok dvigatelini boshqarish tiristorli to’g’irlagich yordamida amalga oshiriladi. PTZR kopmleks tiristorli elektr yuritmalari qo’llaniladi. Boshqarish sxemasi qo’yidagicha ta’minlangan: yuritmani maksimal va qizishdan himoya; taxogenerator yordamida tezlikni nazorat qilish; burilish burchagini chegaralash.
Yurish yuritmalari uchun faza rotorli asinxron dvigatelidan foydalaniladi. Yuritma tezligi rostlanmaydi. Sxemada elektr dvigatelni maksimal va qizishdan himoya ko’rib chiqilgan.
Rotor konveyer yuritmasi, konveyerning bo’shatish strelasi, rotorni ko’tarish strelalari qisqa tutashgan rotorli asinxron dvigatelida amalga oshiriladi. Boshqarish sxemasida elektr dvigatelini maksimal va qizishdan himoya bilan ta’minlangan. Boshqarish sxemasida qabul qiluvchi konveyer konveyerni tezligini nazorat qilish va uni yuklash bilan ta’minlangan. Mashina jixozlarida tovushli signallar, ishchi va avariya chiroqlari kabi apparaturalar bilan aloqalangan.
Yon ustuplarni tashkil etishni avtomatlashtirish jarayoni uchun orqa burchak qiyaligi bilan vertikal zaboy jinslari “Otkos -1” dasturli qurilma orqali bajariladi. Yon ustupning zaruriy og’ish burchagini, rotor strelasining gorizontga nisbatan egilish burchagiga bog’liq holda uning zaruriy bo’lgan burilish burchagini avtomat aniqlash, burilish yuritmasini avtomat o’chirish, burilish yuritmasini avtomat boshqarishni o’chirish va qo’lda boshqarishga o’tishni, avtomatik boshqarishdagi yoritish signalizatsiyasini, rotor strelasining og’ish va burilish burchagini selьsin ko’rsatkichlar orqali kuzatuv nazoratlari bzyicha “Otkos -1” apparaturasi ekskavator mashinisti topshirig’ini ta’minlaydi.
Rotorli ekskavatordan 380 V kuchlanishli o’zgaruvchan tok qayta yuklagich uchun manba xisoblanadi.
Konveyer yuritmasi uchun qisqa tutashgan rotorli asinxron dvigatel qo’llaniladi. Konveyerni boshqarish sxemasi quyidagicha ta’minlanadi: maksimal va qizishdan himoya; yuklash va tezlikni nazorat qilish; ekskavator mexanizmlarini blokirovkalash.
Yurish yuritmasi uchun tezligi rostlanmaydigan ikkita qisqa tutashgan rotorli asinxron dvigatelidan foydalaniladi. Dvigatelda tokli va issiqdan himoya ko’zda tutilgan.
4-rasm. ERGV-630 9/0,5 ekskavatorining printsipial elektr sxemasi