Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc



Download 479,73 Kb.
Pdf ko'rish
bet45/72
Sana12.07.2021
Hajmi479,73 Kb.
#117057
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   72
Bog'liq
odam anatomiyasifiziologiyasi va gigiyenasi

Darsning rejasi: 

1.  Hazm organlarining tuzilishi va ahamiyati. 

2.  Og’iz bo’shlig’idagi organlarning tasnifi. 

3.  Og’iz bo’shligadagi xazm bezlarining ahamiyati. 

4.  Halqum,  qizilo’ngach,  me’da,  ichaklar,  jigar  va  o’t  pufagining  tuzilishi  va 

ahamiyati. 



Tayanch  so’zlar:  chanoq,  sistema,  bo’shliq  ishlliq,  shilliq  osti  parda,  seroz, 

qizilo’ngach,  xalkum,  me’da,  epiteliy,  yassi  epiteliy,  tsilindrsimoi  bez  epiteliysi, 

aylanma  va  uzunasiga  yo’nalgan  muskul  qavati,  qiyshiq  qavat  muskuli,  varag’ida, 

mexanik, kimyoviy, anal teshigi, og’iz daxlizi va xususiy og’iz bo’shlig’i, milk, tish, 

lab,  lunj,  tanglay,  ravok,  mo’rtak,  tanglay  chodiri,  ko’tariluvchi  va  taranglovchi 

muskullar, bo’g’iz teshigi, tip ildizi, til murtagi, ipsimon. 

Zamburug’simon,  tarnovsimon  va  bargssimon  so’rg’ichlar,  bigiz-til  muskuli, 

alveolyar  katak,  dentin,  emal,  tsemrnt,  pulpa,  xoana,  diafragma,  bronx,  retorta, 

kardial bez, limfatik follikula, sfinkter, tubi, vorsinka, liberkyun bezi, chambar ichak, 

segment, sagital. 

Ichki  a’zolarga  ko’krak,  qorin  va  chanoq  bo’shliqlarida  joylashgan  organlar 

kiradi. Ichki organlar bajaradigan ishiga qarab alohida sistemalarga ajratiladi, Hazm 

organlari  qorin  va  ko’krak  bo’shliqlarida,  nafas  a’zolari  ko’krak  bo’shlig’ida 

joylashgan.  Ichki  a’zolar  devorlari  4  qavatdan:  ichki  shilliq  va  shilliq,  osti 

pardalaridan,  o’rta  muskul  va  tashqi  seroz  pardadan  chuzilgan.  Shilliq  parda  xazm 

a’zolarining  hamma  qismini  (og’iz  bo’shlig’i,  xalqum,  qizilo’ngach,  me’da  va 

ichaklar) ichki tomondan qoplab. turadi. Shilliq pardani ustidan epiteliy qavati qoplab 

turadi: og’iz bo’shliq ko’p qavatli yassi epiteliydan, me’da bir qavatli tsilindrsimon 

bez  epiteliysidan  iborat.  Shilliq  osti  qavati  biriktiruvchi  to’qimadan  tuzilgan  bo’lib, 

shilliq  qavatini  muskul  qavati  bilan  qo’shib  turadi.  Muskul  parda  hazm  a’zolari 

devoridagi shilliq osti pardalaridan keyingi uchinchi qavat parda bo’lib, silliq muskul 

hujayralarining  tutamlaridan  tuzilgan.  Og’iz  bo’shlig’i,  xalqum,  qizilo’ngachning 

yuqori  qismi  va  orqa  chiqaruvchi  teshigi  devorlari  ko’ndalang-targ’il  muskul 

tolalaridan iborat. Silliq muskul hujayralarining tutam a’zolari devorida, odatda ikki 

qavatdan  (aylanma  va  uzunasiga)  yo’nalgan  iborat  bo’ladi,  me’dada  uchinchi 

(qiyshiq  qavat).  ham  uchraydi.  Seroz  parda  siyrak  tolali  biriktiruvchi  to’qimadan 

tuzilgan. U hazm qilish a’zolarini eng ustidan o’raydi va biriktiruvchi nozik to’qima 

vositasida muskul qavatga tutashadi. 

Qorin  pardasining  ichki  varagida  joylashgan  seroz  parda  qorin  bo’shlig’idagi 

organlarning  ustidan  o’rab  turadi.  Hazm  sistemasi  organizmga  kirgan  ovqatning 

mexanik  hamda  ximiyaviy  qayta  ishlashini  va  hazm  kanalidan  oziq  moddalarini 

surilishini  ta’minlaydi.  Hazm  yo’llarining  asosiy  qismi:  og’iz  bo’shlig’i,  xalqum, 

PDF created with pdfFactory trial version 

www.pdffactory.com




 

42

qizilo’ngach, me’da, ingichka ichak va yo’g’on ichaklardan, iborat xazm yo’li og’iz 



yorig’idan  anal  teshigi  bilan  tugaydi.  Xazm  kanaliga  xazm  bozlarining  yo’llari 

quyiladi. 

Voyaga  etgan  odamda  hazm  yo’lining  uzunligi  8-10  metrga  boradi.  og’iz 

bo’shlig’i, og’izning kirish qismi-daxlizi va xususiy og’iz bo’shlig’idan iborat. Og’iz 

daxlizi-old  tomonidan  yuqori  va pastki lablar,  yon  tomonidan lunj,  orqa  tomonidan 

yuqori  va  pastki  jag’  tishlar,  milklar  bilan  chegaralangan.  Lablar  tashqi  tomondan 

teri,  ichki  tomondan shilliq parda  bilan qoplangan.  Lablarning  shilliq  qavatida  juda 

ko’p bezlar joylashgan. 



Lunj-lablarning  bevosita  davomi  bo’lib,  uning  chuqur  qatlamida  yog’ 

qavatlari,  shilliq  pardasida  esa  mayda  bezchalar  joylashgan.  Og’iz  daxlizi  lunj 

vositasida  xususiy  og’iz  bo’shlig’iga  qo’shiladi.  Xususiy  og’iz  bo’shlig’i  berk 

turganda  ikki  yon  va  old  tomondan  tishlar  chegaralaydi.  Yuqori  devorini  qattiq  va 

yumshoq  tanglay  hosil  qiladi,  hamda  burun  bo’shlig’ini  og’iz  bo’shlig’idan  ajratib 

turadi. 



Download 479,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish