Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc


Qon aylanishining aylanish sistemasi.(6 soat)



Download 479,73 Kb.
Pdf ko'rish
bet38/72
Sana12.07.2021
Hajmi479,73 Kb.
#117057
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   72
Bog'liq
odam anatomiyasifiziologiyasi va gigiyenasi

Qon aylanishining aylanish sistemasi.(6 soat) 

Qon  aylanishining  katta  doirasi  yurakning  chap  qorinchasidan  aorta  bilan 

boshlanadi.  Kislorod  va  oziq  moddalar  bilan  boyigan  qon  katta  doiradagi  arterial 

tomirlar orqali yo’nalib, barcha organ va to’qimalarning kapillyar sistemasiga boradi. 

Vena qoni organ va to’qimalarning kapillyaridan mayda venalarga, so’ngra yirikroq 

venalarga  kiradi  va  pirovardida  yuqori  hamda  pastki  kavak  katta  doirasi  shu  tariqa 

o’ng  bo’lmada  tugaydi.  Qon  aylanishining  kichik  doirasi  o’ng  qorinchadan  o’pka 

arteriyasining  stvoli  bilan  boshlanadi,  bu  stvol  yng  va  chap  o’pka  arteriyalariga 

bo’linadi.  Vena  qoni  o’pka  arteriyalari  orqali  o’pka  kapillyarlariga  etib  boradi,  bu 

erda ortiqcha karbonat angidrid gazidan xalos bo’lib, kislorod bilan boyiydi va to’rtta 

o’pka  venasi  orqali  (har  bir  o’pkadan  ikkitadan  vena  boshlanadi)  yurakning  chap 

bo’lmasiga  qaytadi.  Qon  aylanishi  kichik  doirasi  o’pqa  arteriyasining  stvoli  bilan 

boshlanadi.  O’pka  arteriyasining  stvoli  yurakning  oldingi-yuqori  yuzasida  o’ng 

qorinchadan boshlanadi. O’pka arteriyasi 5-6 sm etvoli yuqoriga va chapga ko’tarilib, 

o’zining  orqasida  yotgan  aortapi  ravog’ining  ostida  (4-ko’krak  umurtqasinnng 

ruparasida) o’pka arteriyasi stvoli ikki tarmoqqa; o’ng o’pka arteriyasi va chap o’pka 

arteriyasiga  bo’linadi.  O’pka  arteriyalari  bo’lak,  segmentar  va  subsegmentar 

turmoqlarga  bo’linadi.  Subsegmentar  tarmoqlar  bronxlarning  tarmoqlari  bilan  birga 

borib,  o’pka  alverlalarini  qalin  kapillyar  turni  hosil  qiladi,  shu  erda  qon  bilan 

alverlalardagi  havo  o’rtasida  gazlar  almashinadi.  Kislorod  bilan  boyigan  qon  o’pka 

kapillyarlaridan  subsegmentar,  segmentar  venalarga,  so’ngra  bo’lak  venalariga 

ketma-ket  o’tadi.  Bo’lak  venalari  har  bir  o’pkada  ikkita  o’ng  va  ikkita  chap  o’pka 

venalarini  hosil  qiladi.  Qon  aylanishining  katta  doirasidagi  asosiy  stvol  aorta  chap 

qorinchadan boshlanadi. Uning ko’tariluvchi qismi, ravog’i va tushuvchi qismi bor. 

Aortaning  ko’tariluvchi  qismi  boshlang’ich  bo’lagida  ancha  kengayib,  piyoz  hosil 

qiladi.  Ko’tariluvchi  aortaning  uzunligi  5-6  sm.  To’sh  suyagi  dastasining  pastki 

chekkasi  ro’narasida  aortaning  ko’tariluvchi  qismi  aorta  ravog’iga  o’tadi.  Aorta 

ravog’i  orqaga  va  chapga  yo’l  olib,  chap  bronxni  oshib  o’tadi  va  4-ko’krak 

umurtqasining  damida  x  aortaning  to’shuvchi  qismiga  aylanadi.  Aortaning 

ko’tariluvchi qismidan, piyoz sohasida o’ng va chap toj arteriyalar boshlanadi. Aorta 

ravog’ining  qabariq;  yuzasidai  o’ngdan  chapga  qarab  tartib  bilan  elka-bosh  stvoli, 

so’ngra  chap  tomondagi  umumiy  uyqu  arteriyasi  va  chap  tomondagi  o’mrov  osti 

arteriyasi boshlanadi. 

Qon  aylanish  katta  doirasining  oxirgi  tomirlari  yuqori  va  pastki  kavak 

venalardir.  Yuqori  kavak  vena  yirik,  ammo  kalta  stvol  bo’lib  (uzunligi  5-6  sm), 

aortaning ko’tariluvchi qismidan o’ng tomonda va birmuncha orqada yotadi. Yuqori 

kavak  vena  o’ng  va  chap  elka-bosh  venalarining  qo’shilishidan  vujudga  keladi.  Bu 

venalarning  qo’shilgan  joyi  1-o’ng  qovurg’aning  to’sh  suyagiga  qo’shilgan  joyi 

ro’parasida  proektsiyalanadi.  Yuqori  kavak  vena-bosh,  bo’yin,  qo’l,  ko’krak 

bo’shlig’i organlari va devorlaridan, umurtqa kanali vena tomirlarining chigallaridan 

va qisman qorin bo’shlig’ining devorlaridan qon yig’ib oladi. 

Pastki kavak vena eng yirik vena stvoli bo’lib, 4-bel umurtqasining ruparasida 

o’ng  va  chap  tomondagi  umumiy  yonbosh  venalarining  qo’shilishidan  vujudga 

keladi.  Pastki  kavak  vena  yuqoriga  ko’tarilib,  diafragmaning  pay  markazidagi 

to’rtburchak teshikka egib boradi, shu teshikdan o’tib, ko’krak bo’shlig’iga kiradi va 

PDF created with pdfFactory trial version 

www.pdffactory.com




 

33

darxol  yurakning  o’ng  bo’lmasiga  qo’yiladi.  O’pg  bo’lma  shu  joyda  diafragmaga 



taqalib turadi. 

Bosh  va  bo’yin  soxalariga  aorta  ravog’ining  qabariq  yuzasidan  boshlanuvchi 

yirik tarmoqlar: chelka-bosh stvoli, chap tomondagi umumiy uyqu arteriyasi va chap 

tomondagi o’mrov osti arteriyasidan arteriya qoni keladi. Elka-bosh stvoli kalta tomir 

bo’lib  (uzunligi  3-4  sm),  aortadan  chiqqach  yuqoriga,  o’ngga  va  orqaga  qarab 

yo’naladi.  O’ng  to’sh-o’mrov  bo’g’imining  ro’parasida  elka-bosh  stvoli  o’ng 

tomondagi  umumiy  uyqu  arteriyasi  va  o’ng  tomondagi  o’mrov  osti  arteriyasiga 

bo’linadi. 

Chap tomondagi umumiy uyqu arteriyasi aorta ravokidai mustakil boshlanadi. 

Umumiy  uyqu  arteriyalari  yuqoriga  ko’tarilib,  traxeya  va  qizilo’ngachdan  yon 

tomonda yotadi. Bu erda umumiy uyqu arteriyalari bo’yindagi  

Tomir-nerv  tutamining  tarkibiga  kiradi.  Bu  tutam  umumiy  uyqu  arteriyasi, 

ichki bo’yinturuq venasini hosil  

qiladi. 


Qalqonsimon 

og’ayning 

yuqori 

chekkasi  ro’parasida  umumiy-uyqu  arteriyalari  tashqi  va  ichki  uyqu  arteriyalariga 

bo’linadi. 

Tashqi uyqu arteriyasi umumiy uyqu arteriyasining yo’nalishini davom ettirib, 

yuqoriga  ko’tariladi,  qo’loq  oldi  so’lak  bezidan  o’tadi.  Tashqi  uyqu  arteriyasi 

qalqonsimon bez, qo’loq oldi, jag’ va til ostidagi bezlari, til, xalqum, yuz bilan ensa 

terisi va muskullarini hamda bo’yin muskullarini qon bilan ta’minlaydi. Tashqi uyqu 

arteriyasining asosiy tarmoqlari: qalqonsimon bezning yuqori arteriyasi, til arteriyasi, 

yuz  arteriyasi,  ensa  arteriyasi,  xalqumning  ko’tariluvchi  arteriyasi,  jag’  arteriyasi, 

chakkaning yuza arteriyasi va shu kabilar. Ichki uyqu arteriyasi yuqoriga ko’tariladi 

va  chakka  suyagining  uyqu  kanali  orqali  bo’shlig’iga  kiradi.  Bosh  miyani,  orqa  va 

ko’z  soqqasini  qon  bilan  ta’minlaydi.  Chap  tomondagi  o’mrov  osti  arteriyasi  aorta 

ravog’idan  mustaqil  boshlanadi.  Ikkala  o’mrov  osti  arteriyasi  qabariq  tomoni 

yuqoriga  qaragan  ravoq  hosil  qiladi,  bu  ravoq  plevra  gumbazini  aylanib  o’tadi. 

So’ngra narvon muskullari orasidagi kamgaklardan o’tib, shu kamgaklar doirasida 1-

qovurg’aning  yuqori  yuzasidagi  shu  nomli  ettida  yotadi.  So’ngra  o’mrov  osti 

arteriyalari qo’ltiq chuqurchasida davom etib, qo’ltiq arteriyalariga aylanadi. Umrov 

osti arteriyalarining tarmoqlari: a) umurtqa pog’onasining arteriyasi; b) qalqonsimon 

bo’yin  stvoli,  4-shoxli  qalqonsimon  bez,  xiqildoq,  bo’yin  va  ko’krak  muskudlarini 

qon  bilan  ta’minlaydi;  v)  ko’krakning  ichki  arteriyasi  ko’krak  muskullarini,  sut 

bezini, ayrisimon bez, diafragmani va kindikni qon bilan ta’minlaydi. 

O’mrov  osti  arteriyasinini  davomi  bo’lgan  qo’ltiq  arteriyasidan  chiqadigan 

tarmoqlar  elka  kanalining  muskullarini  va  terisini,  ko’krakning  katta  va  kichik 

muskullarini,  oldingi  tishli  muskulni  va  orqaning  eng  serbar  muskulini  qon  bilan 

ta’minlaydi.  Qo’ltiq  arteriyasining  eng  yirik  tarmog’i  kurak  osti  arteriyasidir.  Bu 

arteriyaning  tarmoqlaridan  biri  umrov  osti  arteriyasidan  bog’lanuvchi  kurak  usti 

arteriyasi  bilan  anastomoz  hosil  qiladi.  Elka  arteriyasining  yirik  tarmog’i-elkaning 

chuqur arteriyasi, elka muskullarining orqadagi gruppasini va elka terisini qon bilan 

ta’minlaydi. Elka arteriyasi tirsak chuqurchasida bilak arteriyasi va tirsak arteriyasiga 

bo’linadi.  Bu  arteriyalarning  muskul  va  teri-muskul  tarmoqlari  sohasini  qon  bilan 

ta’minlaydi.  Bilak  va  tirsak  arteriyalari  qo’l  panjasiga  o’tadi:  har  bir  arteriyasidan 

chuqur va yuza tarmoqlar chiqadi, bu tarmoqlar bir-biri bilan anastomoz hosil qiladi. 

PDF created with pdfFactory trial version 

www.pdffactory.com




 

34

Aortaning  tushuvchi  qismi  4-ko’krak  umurtqasi  tanasining  ro’parasidan 



boshlanib, 4-bel umurtqasining ro’parasida tugaydi. Ko’krak va qorin bo’shliqlaridan 

o’tadi  va  ko’xrak  ;  aortasi  bilan  qorin  aortasiga  ajratiladi.  Ko’krak  aortasining 

tarmoqlari  ko’krak  bo’shlig’ining  devorlari  va  organlarini  qon  bilan  ta’minlaydi. 

Boshlang’ich  bo’limi  qizilo’ngachdan  chapda  va  orqada,  pastki  bo’limi 

qizilo’ngachdan  o’ngda  va  orqada  bo’ladi.  Uning  parietad  tarmoqlar  ko’krak 

bo’shlig’ining  devorlarini  qon  bilan  ta’minlaydi.  Vistseral  tarmoqlar  ko’krak 

bo’shlig’ida  joylashgan  organlarga  qon  etkazib  beradi.  Ko’krak  aortasining  parietal 

tarmoqlariga 10 juft qovurg’a aro arteriyalar kiradi. Qorin aortasi bel umurtqalarining 

tanalaridan  oldinda,  o’rta  chiziqdan  chap  tomonda  yotadi.  4-bel  umurtqasining 

ro’parasida  qorin  aortasi  umumiy  yonbosh  arteriyalari  dumg’aza-yonbosh; 

bo’g’imining  ruparasida  tashqi  yonbosh  arteriyasi  bilan  ichki  yonbosh  arteriyasiga 

bo’linadi. 

Tashqi  yonbosh  arteriyasi  tomirlar  sonning  oldingi  yuzasiga  o’tib,  son, 

arteriyasiga  aylanadi.  Ichki  yonbosh  arteriyasi  kichik  chanoq  bo’shlig’iga  kiradi. 

Qorin  bo’shlig’ining  devorlarini  qorin  aortasining  parietal  tarmoqlari  (diafragma 

arteriyalar,  to’rt  juft  bel  arteriyalari,  Qorin  ustining  yuqori  arteriyasi),  o’mrov  osti 

arteriyasi  sistemasidan  ko’krakning  ichki  arteriyasi,  tashqi  va  ichki  yonbosh 

arteriyalarining parietal tarmoqlari qon bilan ta’minlaydi. Qorin aortasining vistseral 

varaqlaridan  va  ichki  yonbosh  arteriyasidan  qon  oladi.  Qorin  aortasining  vistseral 

tarmoqlari juft toq tarmoqlarga bo’linadi. 

Qorin  aortasining  juft  tarmoqlariga  buyrak  usti  va  buyrak  arteriyalariga 

bo’linadi.  Qorin  aortasining  toq  tarmoqlariga  qorin  stvoli  12-ko’krak  umurtqasi 

ro’parasida uch tarmoqqa bo’linadi: a) me’daning chap arteriyasi; b) taloq arteriyasi; 

v) jigarning umumiy arteriyasiga bo’linadi qorin stvoli jigar, o’t pufagi, taloq, me’da 

osti  bezi  va  me’dani  qon  bila  ta’minlaydi.  Ichak  tutqichning  yuqori  va  pastki 

arteriyalari  mavjud.  Son  arteriyasining  eng  yirik  tarmog’i  sonning  chuqur 

arteriyasidir. By arteri son muskullari va terisiga (sonni o’rab turuvchi o’ng va chap 

arteriyalar  teshib  o’tuvchi  uchta  arteriyasi  tarmoqlari)  qon  etkazib  beradi.  Son 

arteriyasi,  son-taqim  kanalidan  chiqib,  taqim  arteriyasiga  aylanadi,  arteriya  taqim 

bo’g’imiga tarmoq beradi va boldir-taqim kanalidan o’tib katta boldirning oldingi va 

orqa arteriyalariga bo’linadi. 

Venalar  ustki  va  pastki  kavak  vena  tomirlari  va  darvoza  venadan  iborat.  1-

qovurg’ani  to’sh  suyagi  bilan  birikish  joyidan  o’ng  va  chap  elka-bosh  venaga 

qo’shilib  ustki  kavak  venalarni  qo’shilishidan  hosil  bo’ladi,  toq  vena  o’ng  va  chap 

elka-bosh  venalarning  har  biri  o’mrov  osti  venasi  bilan  ichki  bo’yinturuq  venasini 

qo’shilishida  hosil  bo’ladi.  Elka-bosh  venalarga  qalqonsimon  bez  venasi  bilan 

ko’krakning  ichki  venalariquyiladi.  Bosh  va  bo’yin  venalari  stvoli:  ichki,  tashqi, 

oldingi  bo’yinturuk  venasiga  quyiladi.  Eng  yirigi  bo’yinturuq  venasi-kalla 

bo’shlig’idan miyadan qonni olib keladk. Jag’ orqasi til halqum venasi qalqonsimon 

ustki va o’rta venalaridir. Tashqi  bo’yinturuq  venasi  quloq  suprasini  orqasida 

boshlanib,  ensa  suprasidan  qon  yig’adi  va  umrov  venasiga  quyiladi.  Oldingi 

bo’yinturuq  venasi  til  osti  bo’yini  oldingi  bo’limidan  qonni  olib  o’mrov  ostiga 

qo’yadi. 

PDF created with pdfFactory trial version 

www.pdffactory.com



 

35

Qo’l venalariga: tirsakni o’rta venasi qo’ltiq venasi, umrov osti venasi ko’krak 



bo’shlig’i venalari kiradi. Pastki kavak vena eng yo’g’on vena bo’lib chap umumiy 

yonbosh  venalari,  diafragma,  buyrak,  jigar  venalari  quyiladi.  Oyoq  venalarga:  son, 

umumiy  yonbosh  venalari  kiradi.  Darvoza  vena  sistemasiga;  jigar  arteriyasi  bilan 

jigarga kiradi. Taloq venasi ichak tutqich ustki va pastki venalar qonni yig’adi. 




Download 479,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish