Elka muskullari: Ikki guruhga bo’linadi: oldingi (bukuvchi), orqadagi
(yozuvchi) muskullar. Elkani oldingi tomonidagi muskullariga: 1.Elkaning ikki
boshli muskuli uzun boshchasi kurak suyagining bug’im chuqurchasining yuqori
g’adir-budiri boshlanadi, so’ngra bu boshchalar bir qorincha bo’lib birlashib elka
suyagining g’adir-budir joyiga yopishadi, elkani bukadi, bilakni bukadi va tashqariga
aylantiradi. 2.Tumshuqsimon elka muskuli-kurakning tumshuqsimon o’sig’idan
boshlanib, elka suyagining medial yuzasiga yopishadi. Muskul qisqarganida elkani
ko’taradi va buradi. 3. Elka muskuli ikki boshli muskul ostida joylashgan. Elka
suyagining oldingi yuzasidan boshlanib, tirsak suyagining toj o’sig’iga yopishadi.
Funktsiyasi: bilakni tirsak bo’g’imida bukadi.
Elkani orqadagi guruhi muskuliga uch boshli muskulni uzun boshchasi kurak
bo’g’im chuqurchasining pastki g’adir-budir joyidan, medial va lateral boshchalari
elka suyagining orqa yuzasidan boshlanib tirsak suyagining tirsak o’sig’iga yopishadi
va bilakni va elkani yozadi. Tirsak muskuli (apsopeiz) kichik uchburchak shaklda,
elka suyagining lateral o’sig’idan boshlanib, qiyshiq g’olda pastga to’shib tirsak
suyagining orqa yuzasiga yopishadi, bu muskul bilakni yozadi. Bilak muskullari-2
guruhga bo’linadi: oldingi guruh (qo’l panjasini bukuvchi muskullar-pronatorlar) va
orqadagi guruhi (qo’l panjasini yozuvchi muskullar-supinatorlar). Bilak oldingi
muskullar elka suyaklarini va bilak suyaklarining oldingi yuzasidan boshlanib, 2
qavat bo’lib yotadi, oldingi gruxning yuza qanotida: yumaloq pronator kaftni bilak
tomoniga bukuvchi muskul (II-kaft suyagining asosiga yopishadi). Kaftning uzun
muskuli, barmoqlarni bukuvchi yuza muskuli, kaftni tirsak tomonga bukuvchi,
muskul no’xatsimon suyakka yopishadi. Chuqur qavatida bosh barmoqni bukuvchi
uzun muskul (bosh barmoqning tirnoq falangasi asosiga yopishadi), barmoqlarni
bukuvchi chuqur muskullari II-V-barmoqlarning tirnoq falangalarya asosiga
yopishadi).
Bilak muskullarining orqadagi gruppasiga yuza qavatiga: Elka-bilak muskuli
(bilak suyagining bigazsimon o’sig’iga yopishadi), kaftni bilak tomonga yozuvchi
uzun muskul (2-kaft suyagining asosiga yopishadi) kaft bilak tomonga yozuvchi kalta
muskuli (III-kaft suyagining asosiga yopishadi), barmoqlarni yozuvchi umumiy
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
26
muskul (II-V-barmoqlar o’rta va tirnoq falangalarining asoslariga yopishadi), kaftni
tirsak tomonga yozuvchi muskul (V-kaft suyagining asosiga yopishadi). Chuqur
qavatiga bilak supinatori (bilak suyagining tashqi va oldini yuzalariga yopishadi)
bosh barmoqni uzoqlashtiruvchi muskul (uzun)- (I-kaft
suyagining
asosiga
yopishadi), bosh barmoqni yozuvchi kalta muskul (bosh barmoqni birinchi
falangasiga yopishadi), bosh barmoqni yozuvchi uzun muskul, ishora barmoqni
yozuvchi xususiy muskul.
Qo’l panjasinivg muskullari 3-gruppaga bo’linadi: bosh barmoq tepasining
muskullari, o’rta gruppa, jim jiloq tepachasi muskullari. Bosh barmoqni
uzoqlashtiruvchi, bukuvchi kalta muskul, bosh barmoqni jimjiloqqa qarshi qo’yuvchi
va barmoqni yaqinlashtiruvchi muskul. O’rta gruppaga 4 ta chuvalchangsimon
muskul (asosiy falangalarni bukadi, o’rta falangalar
bilan tirnoq falangalarini
yozadi). Jimjiloqni bukuvchi va yaqinlashtiruvchi kalta muskul.
Oyoq muskullariga-chanoq, son, boldir va oyoq panjasi. muskullari kiradi.
Chanoq ichki muskullariga: 1. Yonbosh-bel muskuli ikki qismdan: yonbosh va
belning katta muskuli (XII -ko’krak umurtqasi bilan jami bel umurtqalarining
ko’ndalang o’sig’idan va yon yuzalaridan boshlanadi) chov boylamiki tagidan son
suyagining kichik kustiga yopishadi. Funktsiyasi: sonni bukadi, tashqariga
aylantiradi, oyoq qimirlamay turganda, chanoqni va tanani oldinga bukadi. 2.
Noksimon muskul dumg’azaning ichki yuzasidan botlanib kichik chanoq orqali
qo’ymich teshigi orqali chiqib son suyagiga yopishadi. Bu muskul son suyagini
tashqariga aylantiradi. 3. Ichki yopqich muskul yonbosh suyagining yopqich teshigi
atrofidan kichik qo’ymich teshigidan tashqariga chiqib songa yopishadi. Funktsiyasi:
sonni tashqariga buradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |