Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc



Download 479,73 Kb.
Pdf ko'rish
bet32/72
Sana12.07.2021
Hajmi479,73 Kb.
#117057
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   72
Bog'liq
odam anatomiyasifiziologiyasi va gigiyenasi

Elka  muskullari:  Ikki  guruhga  bo’linadi:  oldingi  (bukuvchi),  orqadagi 

(yozuvchi)  muskullar.  Elkani  oldingi  tomonidagi  muskullariga:  1.Elkaning  ikki 

boshli  muskuli  uzun  boshchasi  kurak  suyagining  bug’im  chuqurchasining  yuqori 

g’adir-budiri  boshlanadi,  so’ngra  bu  boshchalar  bir  qorincha  bo’lib  birlashib  elka 

suyagining g’adir-budir joyiga yopishadi, elkani bukadi, bilakni bukadi va tashqariga 

aylantiradi.  2.Tumshuqsimon  elka  muskuli-kurakning  tumshuqsimon  o’sig’idan 

boshlanib,  elka  suyagining  medial  yuzasiga  yopishadi.  Muskul  qisqarganida  elkani 

ko’taradi  va  buradi.  3.  Elka  muskuli  ikki  boshli  muskul  ostida  joylashgan.  Elka 

suyagining  oldingi  yuzasidan  boshlanib,  tirsak  suyagining  toj  o’sig’iga  yopishadi. 

Funktsiyasi: bilakni tirsak bo’g’imida bukadi. 

Elkani orqadagi guruhi muskuliga uch boshli muskulni uzun boshchasi kurak 

bo’g’im  chuqurchasining  pastki  g’adir-budir  joyidan,  medial  va  lateral  boshchalari 

elka suyagining orqa yuzasidan boshlanib tirsak suyagining tirsak o’sig’iga yopishadi 

va  bilakni  va  elkani  yozadi.  Tirsak  muskuli  (apsopeiz)  kichik  uchburchak  shaklda, 

elka  suyagining  lateral  o’sig’idan  boshlanib,  qiyshiq  g’olda  pastga  to’shib  tirsak 

suyagining  orqa  yuzasiga  yopishadi,  bu  muskul  bilakni  yozadi.  Bilak  muskullari-2 

guruhga bo’linadi: oldingi guruh (qo’l panjasini bukuvchi muskullar-pronatorlar) va 

orqadagi  guruhi  (qo’l  panjasini  yozuvchi  muskullar-supinatorlar).  Bilak  oldingi 

muskullar  elka  suyaklarini  va  bilak  suyaklarining  oldingi  yuzasidan  boshlanib,  2 

qavat  bo’lib  yotadi,  oldingi  gruxning  yuza  qanotida:  yumaloq  pronator  kaftni  bilak 

tomoniga  bukuvchi  muskul  (II-kaft  suyagining  asosiga  yopishadi).  Kaftning  uzun 

muskuli,  barmoqlarni  bukuvchi  yuza  muskuli,  kaftni  tirsak  tomonga  bukuvchi, 

muskul  no’xatsimon  suyakka  yopishadi.  Chuqur  qavatida  bosh  barmoqni  bukuvchi 

uzun  muskul  (bosh  barmoqning  tirnoq  falangasi  asosiga  yopishadi),  barmoqlarni 

bukuvchi  chuqur  muskullari  II-V-barmoqlarning  tirnoq  falangalarya  asosiga 

yopishadi). 

Bilak  muskullarining  orqadagi  gruppasiga  yuza  qavatiga:  Elka-bilak  muskuli 

(bilak  suyagining  bigazsimon  o’sig’iga  yopishadi),  kaftni  bilak  tomonga  yozuvchi 

uzun muskul (2-kaft suyagining asosiga yopishadi) kaft bilak tomonga yozuvchi kalta 

muskuli  (III-kaft  suyagining  asosiga  yopishadi),  barmoqlarni  yozuvchi  umumiy 

PDF created with pdfFactory trial version 

www.pdffactory.com




 

26

muskul (II-V-barmoqlar o’rta va tirnoq falangalarining asoslariga yopishadi), kaftni 



tirsak  tomonga  yozuvchi  muskul  (V-kaft  suyagining  asosiga  yopishadi).  Chuqur 

qavatiga  bilak  supinatori  (bilak  suyagining  tashqi  va  oldini  yuzalariga  yopishadi) 

bosh barmoqni uzoqlashtiruvchi muskul (uzun)-  (I-kaft 

suyagining 

asosiga 

yopishadi),  bosh  barmoqni  yozuvchi  kalta  muskul  (bosh  barmoqni  birinchi 

falangasiga  yopishadi),  bosh  barmoqni  yozuvchi  uzun  muskul,  ishora  barmoqni 

yozuvchi xususiy muskul.  

Qo’l  panjasinivg  muskullari  3-gruppaga  bo’linadi:  bosh  barmoq  tepasining 

muskullari,  o’rta  gruppa,  jim  jiloq  tepachasi  muskullari.  Bosh  barmoqni 

uzoqlashtiruvchi, bukuvchi kalta muskul, bosh barmoqni jimjiloqqa qarshi qo’yuvchi 

va  barmoqni  yaqinlashtiruvchi  muskul.  O’rta  gruppaga  4  ta  chuvalchangsimon 

muskul (asosiy falangalarni bukadi, o’rta falangalar 

 bilan  tirnoq  falangalarini 

yozadi). Jimjiloqni bukuvchi va yaqinlashtiruvchi kalta muskul. 

Oyoq  muskullariga-chanoq,  son,  boldir  va  oyoq  panjasi.  muskullari  kiradi. 

Chanoq  ichki  muskullariga:  1.  Yonbosh-bel  muskuli  ikki  qismdan:  yonbosh  va 

belning  katta  muskuli  (XII  -ko’krak  umurtqasi  bilan  jami  bel  umurtqalarining 

ko’ndalang  o’sig’idan  va  yon  yuzalaridan  boshlanadi)  chov  boylamiki  tagidan  son 

suyagining  kichik  kustiga  yopishadi.  Funktsiyasi:  sonni  bukadi,  tashqariga 

aylantiradi,  oyoq  qimirlamay  turganda,  chanoqni  va  tanani  oldinga  bukadi.  2. 

Noksimon  muskul  dumg’azaning  ichki  yuzasidan  botlanib  kichik  chanoq  orqali 

qo’ymich  teshigi  orqali  chiqib  son  suyagiga  yopishadi.  Bu  muskul  son  suyagini 

tashqariga aylantiradi. 3. Ichki yopqich muskul yonbosh suyagining yopqich teshigi 

atrofidan kichik qo’ymich teshigidan tashqariga chiqib songa yopishadi. Funktsiyasi: 

sonni tashqariga buradi. 




Download 479,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish