Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc


 Biznes va tadbirkorlik xatarlari va ularni kamaytirish tadbirlari



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/154
Sana11.06.2022
Hajmi1,07 Mb.
#655312
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   154
Bog'liq
Umumiy ma\'lumoti tayyori. Doc

16.3. Biznes va tadbirkorlik xatarlari va ularni kamaytirish tadbirlari 
 
Bozor iqtisodiyoti
tasodiflardan xoli emas. Bozorda faoliyat ko’rsatayotgan 
firmalar har xil vaziyatga tushib qolishi mumkin. Firmaning ishi yurishib, tezda boy 
firmaga aylanishi yoki zararga yo’liqib, bor-budidan ayrilib qolishi ham hech gap 
emas. Tadbirkorlik xatari ham mana shunda. Bu xatarni bartaraf etib bo’lmaydi, ammo 
uni kamaytirish mumkin. Buning uchun biron ishga qo’l urishdan avval uning ijobiy 
va salbiy tomonlarini hisobga olish talab qilinadi. 
Doimiy xatar xavfi firmalarni hushyor tortishga majbur qilib, ziyraklik talab 
qiladi. 
Firmaning o’z foydasi, hatto kapitaldan ajralib qolishi ehtimoli tadbirkorlik 
xatari deyiladi. 
Х
atar, birinchidan, firma ishini o’quvsiz yuritishdan, ikkinchidan, firmaga 
bog’liq bo’lmagan holda vaziyatning o’zgarishidan, ya’ni bozorda noaniqlik 
bo’lishidan kelib chiqadi. Bozordagi resurslar va tovarlar narxining kutilmaganda 
o’zgarishi, iste’molchi va sheriklarning aynib ketishi, soliqlar va boj pulining 
o’zgarishi, xalqaro vaziyatning keskinlashuvi kabilar xatarni yuzaga chiqaradi. 
Х
atarni oldindan bilish yoki uni engib o’tish hamma firmaning ham qo’lidan 
kelavermaydn. Firmalar xatarini uch turga bo’lish mumkin. 
1. Ishlab chiqarish xatari. Bu mo’ljallangai hajmda va kerakli turdagi tovarlarni 
yaratishga raxna soluvchi xavf-xatar, masalan, firma bozorga 10 million so’mlik mol 
chiqarishga jazm qilgan bo’lsa, vaziyat o’zgarishi bilan u 8 million so’mlik tovar 
chiqara oladi. 
2. Tijorat xatari. Bu mo’ljallangan resurslarni bozordan ola bilmaslik va 
tovarlarni kutilgan miqdor va narxda sota bilmaslik xatari. Masalan, firma 100 ming 
dona tovar chiqarib, uning har birini 5 ming so’mdan sotishni ko’zlagan bo’lsayu, 
tovarni 100 ming o’rniga 40 ming dona chiqarsa yoki uni 5 ming so’m o’rniga 4,5 
ming so’mdan sotsa, natijada faqat savdoning o’zida ma’lum bir ziyon ko’rdi. 
3. Moliyaviy xatar. Bu firma moliya bozorida va soliq to’lash soxasida 
yo’liqadigan xavf-xatardir. Aytaylik, firma mo’ljallagan kreditni ola bilmaydi, foizi 
ortib ketadi, firma aktsiyasining narxi tushadi, davlatdan moliyaviy yordam tegmay 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


119 
qoladi, natijada firma xatar girdobiga tushib qoladi va hokazo. 
Yuqorida aytilganidek, bozorda faoliyat ko’rsatayotgan har qanday firmaga 
xatar soya tashlab turadi. Undan tamoman qutulish mumkin bo’lmasada, uning 
ta’sirini kamaytirish imkoni bor va bu firmaning o’ziga bog’liq. 
Х
atarning eng 
halokatlisi bankrot bo’lish, sinish xavf-xataridir. 
Bironta ishga pul sarflashdan oldin zarar ehtimolini imkoni boricha 
kamaytirishning har xil yo’l-yo’riqlari ishlab chiqiladi. Eng avval firma xatarini 
chetlab o’tish yo’llarini axtaradi, qaerga, qancha pul qo’yish, qaysi sohada ish 
boshlashdan oldin qayerlarda ish qanday ketayotganligi o’rganiladi, axborot 
to’planadi. Axborot tovar narxi, savdo hajmi, raqobatchilik vaziyati, xarajatlar 
darajasi, bozorning kengayishi imkoniyati, resurslar narxi, reklama holati va boshqa 
sohalarni qamraydi, Shularni tahlil etib, pul qo’yish yoki qo’ymaslikka qaror 
qilinadi. Bunda sinalgan yo’llardan biri - pul foyda ko’p bo’lmasada, xatari eng kam 
ishga qo’yiladi. Boshqa yo’l tadbirkorlik xatarini sug’urtalash hisoblanadi. Bu yo’l 
tanlanganida sug’urta puli kutiladigan foydadan ma’lum darajada kamroq bo’lishi 
lozim, aks holda zarar qilish mumkin. Masalan, firma 5 million so’m kapital sarflab, 
shundan 500 ming so’m (foyda ko’rsa, sug’urta puli 300 ming so’m bo’lishi kerak. 
Shunda biror hol ro’y berganda firma 200 ming so’m (500-300-200) foyda ko’radi. 
Agar sug’urta puli foydani yo’qqa chiqarsa, xatar saqlanib qoladi. hozirgi 
sharoitlarda investitsiya diversifikatsiya etiladi, ya’ni pul har xil sohalarga qo’yiladi. 
Chunki, bir ishda zarar ko’rilsa, boshqasida foyda tegishi mumkin. Bu usul ayniqsa 
aktsiya sotib olishda qo’l keladi. Masalan, 100 million so’m pulga 5 ta firma aktsiyasini 
olish mumkin. 
Х
atarni qisqartirish uchun firmalar o’z faoliyatini chegaralaydilar, ish hajmi 
va sarf-xarajatini ma’lum me’yordan oshirmaslikka intiladilar. Masalan, firma 
vaziyatni hisobga olib, har bir tovar uchun ketgan sarf-xarajatni 500 so’m bilan 
chegaralangan holda 5 million dona tovar chiqaradi va ularnnng har birini 750 
so’mdan sotadi. Agar xarajat oshib ketsa yoki tovar ko’p chiqarilib, sotilmay qolsa, 
zarariga ishlash mumkin. 

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish