Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc


O’zbekiston Respublikasida 2002-2005 yillarda kichik va o’rta biznes



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/154
Sana11.06.2022
Hajmi1,07 Mb.
#655312
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   154
Bog'liq
Umumiy ma\'lumoti tayyori. Doc

O’zbekiston Respublikasida 2002-2005 yillarda kichik va o’rta biznes 
rivojlanishining asosiy ko’rsatkichlari bashorati. 
 
Yillar 
I-ajratilgan 
investitsiyalar 
mln.so’m 
Y
1
-
korxonalar 
soni, mingta 
Y
2
-i.ch 
mahsulot 
miqdori, 
mln. so’m 
Y
3-
asosiy fondlar 
qiymati, 
mln.so’m
Y
4
-
ishlovchilar 
soni ming 
kishi 
1992* 
4563 
20105 
19183 
67125 
110,45 
1993* 
9124 
46577 
28397 
82344 
163,12 
1994* 
7344 
72314 
40119 
102375 
220,17 
1995* 
12186 
101241 
52331 
94160 
422,80 
1996* 
20617 
127654 
68805 
110541 
245,24 
1997* 
32315 
130172 
89683 
153200 
249,09 
1998* 
58541 
142714 
101422 
188617 
364,78 
1999* 
74338 
165645 
147728 
223155 
392,31 
2000* 
91845 
159719 
260284 
307155 
411,65 
2001* 
107321 
201962 
344968 
350425 
475,25 
2002 
108121 
209954 
377010 
335890 
496,59 
2003 
120177 
227234 
409052 
366432 
531,34 
2004 
132234 
244515 
441094 
396974 
566,09 
2005 
144290 
261795 
67125 
427516 
600,84 
*Manba: O’zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va Statistika vazirligi ma’lumotlari, Toshkent, 2002 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


131 
Bashorat natijalarining tahlili shuni ko’rsatadiki,2005 yilda kichik va o’rta 
biznes korxonalari soni 2001 yildagi xaqiqiy o’sishga solishtirilganda qariyb 30 
foizga ko’payish, mahsulot ishlab chiqarish hajmi esa 69,4foizga, ishlovchilar soni 
bunda 26,4 foizga oshishi kutiladi. Bunday jarayonlarga jalb etiladigan 
investitsiyalar hajmi 36,9 mlrd. so’mga oshishi lozim bo’ladi. 
Kichik va o’rta biznesni rivojlantirish istiqbollarini amalga oshirishdagi chora-
tadbirlar mamlakat miqyosida bajarilishi lozim. Buning uchun birinchi navbatda 
kichik va o’rta biznes bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlarga tijorat banklari, chet el 
sarmoyalari, maxsus fondlar, tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi 
tomonidan kredit resurslari berishni yanada soddalashtirish hamda lizing xizmatidan 
foydalanishni kengaytirish kerak. Ikkinchidan, kichik va o’rta biznes korxonlarining 
iqtisodiy va ishlab chiqarish faoliyatiga chetdan bo’ladigan aralashuvlarni, turli xil 
nazorat va tekshiruvlarni kamaytirish lozim. Kichik va o’rta biznes sub’ektlari uchun 
yana bir muhim manba- axborot resurslariga bo’lgan talablarini imkoni boricha 
to’liqroq ta’minlash kerak. Kichik va o’rta biznes sub’ektlari ichki va tashqi bozor 
konyunkturasi to’g’risida to’liq ma’lumotga ega emaslar. Ushbu masalani hal etish 
uchun hozir faoliyat ko’rsatayotgan monitoring tizimini bozorlar haqidagi 
ma’lumotlar bazasini tashkil etish hisobiga kengaytirish zarur. 
Respublikamizda tashkil etilayotgan ko’plab kichik va o’rta biznes korxonalari 
etarli darajada xuquq va manfaatlarini himoyalashni tushunib olishlari uchun 
maaxsus huquqiy yordamlarni tashkil etish va amalga oshirish lozim. Kichik va o’rta 
biznes korxonalari ishlab chiqargan mahsulotlarni eksportga chiqarishga har 
tomonlama ko’maklashish va ularni rag’batlantirish lozim. Bu ishlarni xizmat 
ko’rsatish sohasida faoliyat olib borayotgan vositachi tashkilotlar va firmalar orqali 
amalga oshirish mumkin. Kichik va o’rta biznes korxonalari boshqaruv apparati, 
ishlovchilarini turli xil kasb va malaka oshirish institutlarida o’qitish zarur. Chunki, 
bozor munosabatlari sharoitida tadbirkorlar uchun birgina tajribaning o’zi etarli 
emas. Ba’zi hollarda tezkor qarorlarni qabul qilishda ilmiy asoslangan, noan’anaviy 
yondoshuvlar lozim bo’ladi. 
Respublikamizda kichik va o’rta biznes qo’l mehnati talab qilinadigan, ayniqsa 
qishloq xo’jaligi, qurilish, xizmat ko’rsatish sohalarida tashkil etilishi maqsadga 
muvofiq bo’lar edi. Hozirgi paytda respublikamizda kichik va o’rta biznes o’zining 
ibtidoiy rivojlanish bosqichida turibdi. YA’ni an’anaviy turdagi kichik korxonalar 
o’rniga zamonaviy texnologiyalarga ega bo’lgan ishlab chiqarishlarni rivojlantirish 
lozim. Bunday korxonalar tarmoqda fan-texnika taraqqiyotini belgilab beruvchi 
korxonalar jumlasiga kiradi. 
Kichik va o’rta biznesni rivojlantirishga qaratilgan ushbu chora-tadbirlar 
pirovard natijasida o’zining ijobiy samaralarini beradi. Ushbu samaralar quyidagi 
ko’rsatkichlar orqali namoyon bo’ladi: kichik va o’rta biznesning rivojlanishi 
bozorda raqobat muhitini keltirib chiqaradi; ichki bozorda xaridorlar ehtiyojlarini 
qondiruvchi tovarlar, xizmatlar paydo bo’ladi va mahalliy iste’molchilarning 
respublikamizda ishlab chiqarayotgan mahsulotlarga bo’lgan talabi shakllana boradi; 
mahalliy kichik va o’rta biznes korxonalari ishlab chiqargan tovarlar iste’molchilar 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


132 
ehtiyojini qondiribgina qolmay, balki xorijiy mamlakatlardan import qilib olinadigan 
tovarlarni kamaytirishga olib keladi. Bu esa o’z navbatida tovarlarni import qilish 
uchun ketadigan valyuta mablag’larini tejash imkonini beradi, kichik va o’rta biznes 
korxonalari sonining ortishi keng ko’lamlikning samarasini keltirib chiqaradi, ya’ni 
korxonalar soni qanchalik ortib borsa, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotlar miqdori ham shunchalik ortib boradi. 
Х
ulosa qilib yana shuni aytish lozimki, respublikamizda kichik va o’rta biznes 
korxonalarining rivojlanishini qo’llab-quvvatlash mamlakat iqtisodiy o’sishini 
ta’minlaydi. Bu esa o’z navbatida aholi turmush darajasining asosiy ko’rsatkichi 
bo’lgan- aholi jon boshiga to’g’ri keladigan yalpi ichki mahsulotni ko’paytirishga 
olib keladi va respublikamizni dunyodagi rivojlangan mamlakatlar qatoriga olib 
chiqadi. 
Izlanish natijalaridan kelib chiqqan xulosa va takliflar ilmiy ishning yakuniy 
qismida batafsil ifodalangan. 

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish