Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/239
Sana23.01.2022
Hajmi1,07 Mb.
#405169
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   239
Bog'liq
bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari

8.3. Aksmonopoliya siyosati 
 
- -Aksmonopoliya siyosati asosan uch yo’nalishni o’z ichiga oladi: bular ishlab 
chiqarish  tarkibini  boshqarish,  aktsiyalarni  sotib  olish  me’yorini  belgilash, 
baholarning        taklif  va  talab  muvozanati  darajasini  ta’minlashga       qaratilgan 
choralar kabilardir. 
  a)  Ishlab  chiqarish  tarkibini  belgilashga  oid  choralar  korporatsiyalar  uchun 
shu  xil  mahsulotlarning  yarmidan  ortig’ini  ishlab  chiqarish  mumkinligi  va  nazorat 
qilishdan iborat. 
b)  Yirik  korporatsiyalar  ishtirokchilarining  aktsiyalar  sotib  olish  hajmi 
chegaralanadi.  Bunda  aktsiya  bir  korporatsiya  ixtiyoriga  o’tishi  bilan 
monopollashuvga olib bormasligi e’tiborga olinadi. Chunki, ko’p miqdorda aktsiya 
sotib  olish  yo’li  bilan  tarmoq  ustidan  nazorat  miqyosini  kengaytirishga  yo’l 
qo’yilmaydi.  Agarda  biron  bir  korporatsiya  boshqalar  aktsiyasining  asosiy  qismini 
sotib olsa, qo’shilishga va monopoliyaga olib kelishi mumkin, natijada bu tarmoqda 
raqobat ta’sirining so’nishi yuz beradi. 
v)  Baho  sohasida  kelishib  olishga  yo’l  qo’ymaslikka  qaratilgan  choralar 
akskartel qonunlari, deb ataladi. Baho to’g’risida shartnomalar tuzib monopoliya yuzaga 
kelsa,  buni  kartel  deyiladi.  O’z  vaqtida  bu  Germaniyada  juda  avj  olib,  hatgo 
Germaniya  "Kartel  mamlakati"  deb  atalgan  edi.  Al-batta  bozorlarni  taqsimlab  olib, 
bir xil baholar ustida kelishib olish iste’molchilarning manfaatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi 
va zarar keltiradi. 
Aksmonopol  qonunlar  raqobat  sharoitini  yaratish  va  erkin  iqtisodiy 
taraqqiyotni ta’minlashga qaratiladi. Lekin gap faqat bunday qonunlarning bo’lishida 
emas,  balki  ularning  ijrosini  ta’minlash,  nazorat  qiluvchi  organlarning 
takomillashuvidadir.  Shunday  amaliy  nazorat  ostida  samarali  ishlab,  xaqiqiy  bozor 
raqobati ta’minlanilsa, monopoliyalar hukmronligining oldini olish imkoni tug’iladi. 
Bunday  ahvolni  ko’pchilik  bozor  iqtisodiyoti  rivoj  topgan  mamlakatlarda  ko’rish 
mumkin. Bu ayniqsa AQSh, YAponiya, Germaniya, Frantsiya va boshqa bir qancha 
mamlakatlarga taalluqlidir. 
Monopoliyalar mavjud bo’lgan mamlakatlarda monopoliyalarga qarshi kurash olib 
borilsa,  bozor  iqtisodiyotiga  o’tayotgan  mamlakatlarda  bozorning  shakllanishi, 
raqobat  sharoitini  yaratish  uchun  harakat  qilinadi.  Bunday  mamlakatlarda,  ayniqsa 
totalitar tizimlarda davlat monopoliyasini yo’q qilish asosiy maqsad bo’ladi. Shunga 
e’tibor  berish  kerakki,  raqobat  shakllangan  mamlakatlarda  davlatning  faol  harakati 
raqobatni 
takomillashtirishga 
qaratilsa, 
bozor 
iqtisodiyotiga 
o’tayotgan 
mamlakatlarda  raqobatni  shakllantirishga  qaratiladi.  Davlatning  raqobat  sharoitini 
yaratishdagi faoliyati nodavlat xo’jaliklarini ko’paytirish, davlat xo’jaliklarini esa bozor 
munosabatlari  tasiriga  moslash  mazmunida  bo’ladi.  Borgan  sari  davlat  mulki  hisobiga 
boshqa xil mulklarni kengaytirish, korxonalarni aktsionerlashtirish va bunga ko’pchilikni 
jalb eta borish, bozor talabiga xos soliq, boj, import-eksport tizimlarini yaratish, tijorat 
kreditlarini  kengaytirish,  xo’jalik  faoliyatlarini  ma’muriy  ta’sirlardan  ozod  etish, 
tadbirkorlikni  ta’minlash  kabi  raqobat  uchun  zarur  sharoitlarni shakllantirib borishda 
albatta davlat faoliyati kuchayishi zarur. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


 
60 
Raqobat  usullarini  qo’llash,  aksmonopoliya  siyosati  darajalari  bozor  holatiga 
bog’liqdir. Masalan, tovarga to’yingan bozor va uning aksi bo’lgan to’yinmagan bozor 
bo’lishi mumkin. Bozor shakllanayotgan O’zbekiston va bunga o’xshash respublikalarda 
tovar  (xizmatlar)  mo’l-ko’lligi  hali  ta’minlanmagan.  Bunda  erkin  tovar  tanlash 
imkoni  yo’q  va  xaridlik  darajasi  ancha  cheklangan.  Bunday  bozorda  baho  raqobati 
juda qo’l kelishi mumkin. Chunki, bahoning talab o’zgaruvchanligiga ta’siri kuchli 
bo’lib,  baho  pasayib  borishi  bilan  xaridorlar  ko’payib  boradi.  Bahoni 
pasaytirmaydigan,  shuningdek,  bahoning  harakat  xususiyatini  o’z  vaqtida 
payqamagan ishlab chiqaruvchi bozordan siqib chiqarilishi turgan gap. 
Tovarlarga  to’yingan  bozorda  esa  tovar  (xizmat)  turlari  serob,  tanlab  xarid 
qilish  uchun  imkoniyat  juda  keng  bo’lib,  elastik  talab  hukmronlik  qiladi.  Bunda 
daromadi  puldorlar  ko’pligi,  bahoga  e’tibor  kuchli  bo’lmaganligi  umumiy  bozor 
holatini  belgilaydi.  Bunday  sharoitda bahosiz raqobat ustunlik qiladi. Lekin baribir 
qanday bo’lmasin sog’lom raqobat uchun kurash bozor taraqqiyotining asosi bo’lib, 
aksmonopoliya siyosati bunga yordam berishi kerak. 
Aksmonopoliya siyosatining ta’siri haqida xulosa qilib shuni aytish mumkinki, 
samarali iqtisodiyot yirik monopolistik iqtisodiy tuzumga qarshi kurash va monopol 
harakatlarning  oldini  olish  hamda  raqobat  ta’sirini  kuchaytirishni  talab  etadi. 
Aksmonopoliya siyosatida qonunchilik byudjet va banklarning moliyaviy harakatlari 
bilan  to’ldiriladi.  Bir  tomondan,  soliq  oldida  barcha  xo’jalik  ishtirokchilari  bir  xil 
tenglikka ega bo’lsa, ikkinchi tomondan, alternativ ishlab chiqarish yaratilib, mayda 
va o’rta korxonalar uchun soliq sohasida ma’lum imtiyozlar bo’lmog’i zarur. 
Bozor munosabatlari ta’siri kuchayib borishi bilan raqobat ham o’z mazmunini 
o’zgartirib  boradi,  ya’ni  takomillashadi.  Albatta  hozirgi  davrdagi  raqobat  holati, 
uning ta’sir etish mazmuni oldingi bozor raqobatidan tubdan farq etadi. Sobiq sho’ro 
bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  raqobat  juda  stixiyali,  shafqatsiz  ta’sirda  bo’lib,  uni 
haqiqatan  ham  "yovvoyi  raqobat"  deb  atashadi.  Nomiga  yarasha  ta’sir  mazmuniga 
ham  ega  edi.  Hozirgi  davrda  davlat  ta’siri,  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyot  darajasi 
"yovvoyi raqobat" bilan "madaniylashgan raqobatni" yuzaga keltirgan. Lekin "yov-
voyi raqobat" faqat o’tgan davr uchun xos, deb bo’lmaydi. Madaniylashgan raqobat 
aralash iqtisodiyot sharoiti uchun xos bo’lib, sekinlik bilan asosiy raqobatga aylanadi. 

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish