PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
55
VIII-MAVZU. MONOPOLIYA VA BOZOR MODELLARI
8.1. Monopoliya tushunchasi
8.2. Bozorning asosiy modellari
8.3. Aksmonopoliya siyosati
8.1. Monopoliya tushunchasi
Bozor iqtisodiyotida monopoliya raqobatga qarshi kuch sharoitida paydo
bo’ladi va u raqobat ta’siri sharoitini o’zgartiradi.
Monopoliya — bu bozorda yuzaga keladigan iqtisodiy hodisa bo’lib, unda
yirik sotuvchi yoki xaridorlar o’z iqtisodiy qudratiga suyanib, boshqa bozor
ishtirokchilariga hukmlarini o’tkazadilar. Bunda monopolchilarning shaxsiy
manfaatiga asoslangan, ularning foydasini ko’zlagan shartlar qolgan barcha uchun
majburiy hisoblanadi. Bularga nisbatan boshqalar bozorga ta’sir o’tkazish kuchiga
ega bo’lmay, o’z manfaatlarini ko’zlash imkonidan mahrum bo’ladilar. Taklif hajmi
va bozordagi baho monopoliya tomonidan belgilanadi.
Monopoliya holati firmalarga juda qo’l keladi. Chunki xaridorlarga qaram
bo’lish, ularning didiga qarab ish tutish zaruratidan holi bo’linib, ularning talabiga
zid ish ko’rish imkoni tug’iladi. Agarda xaridorlar majburiy qo’yilgan baholardan
norozi bo’lsalar, monopolchi ishlab chiqarishni qisqartirib, savdoga chiqadigan tovar
(xizmat)larni kamaytirishi mumkin. Bunda xaridorlarning mavjud yuqori bahoni tan
olishdan boshqa iloji qolmaydi, albatta. Buning xaridorlarga qanday ta’sir etishi, kam
xarajatli oilalarning ahvoli og’irlashuvi bilan monopoliyaning ishi bo’lmaydi.
Monopolchilarni faqat bir narsa: yuqori foyda va katta daromad qiziqtiradi.
Monopolcha bozorni boshqarishning turlicha foyda olish usullari mavjud
bo’lishiga qaramay, ularning hammasi jamiyat uchun katta iqtisodiy zarar keltirishini
insoniyat o’z tarixida ko’rib o’tdi. Bu haqida keyinroq so’z yuritamiz. Hozir tabiiy
monopoliya haqida so’z yuritaylik. Jamiyatning normal talabiga mos keladigan
monopoliyalar ham bo’ladi. Bularni, albatta, iqtisodiyot siqib chiqarmaydi va jamiyat
ta’qiqlashni istamaydi. Masalan, firma noyob tovarlar ishlab chiqarsa, bunda eng
yangi texnologiyani qo’llab, foydadan xoli bo’lmagan holda past narxlarda sotish
usulini qo’llab bozorni egallasa, buning yomon tomoni yo’q. Tabiiy usulda yuzaga
kelgan monopoliya qonuniy bo’lib, uni yo’q qilish maqsadga muvofiq emas yoki
iqtisodiy foy-dadan xoli emas.
Bunday monopoliyalar tabiiy boyliklardan foydalanish, transport, aloqa yoki
kommunal xo’jalik tarmoqlarida bo’lishi mumkin. Masalan, juda noyob foydali
qazilma uchun bitta shaxta etarli bo’lib, ikkinchi raqibning keragi yo’q. Shuningdek,
aloqa shoxobchalari, gaz quvurlari kabilarni ko’rsatish mumkin.
Tabiiy monopoliya shunday holatni taqozo etadiki, bunda ob’ektiv kuchlar
(tabiiy yoki texnik) sababli tovar ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish bir firma
qo’lida bo’lib, lekin bu jamiyat uchun foydali hisoblanadi. Buning oldini olib
bo’lmaydi, hatto zaruriyati ham yo’q. Ammo narx-navo bu monopoliyalar uchun
davlat tomonidan yoki mahalliy hokimiyat tomonidan belgilanish zaruriyati tug’iladi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
56
Do'stlaringiz bilan baham: |