Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc


 Raqobat - bozorni tartibga soluvchi kuch



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/239
Sana23.01.2022
Hajmi1,07 Mb.
#405169
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   239
Bog'liq
bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari

 
7.3. Raqobat - bozorni tartibga soluvchi kuch 
 
Umuman, raqobat iqtisodchilar tasavvuri bo’yicha quyidagilarni bildiradi: 
1)
 
Bozorda  turli,  istagan  aniq  mahsulot,  resurslarni  erkin  holda  sotuvchi  va 
sotib oluvchilarning mavjudligi. 
2)
 
Sotuvchi  va  xaridorlarning  istagan  bozorda  yoki  iqtisodiy  tarmoqda  erkin 
qatnasha olishi yoki istaganda tarmoqdan chiqib keta olishi. 
Raqobat  o’z  mohiyatini  bozor  ishtirokchilariga  taalluqli  iqtisodiy  kuchlar 
tarqoqligida  ifoda  etadi.  Buni  shunday  izohlash  mumkin.  Ma’lum  bir  bozorda, 
chunonchi,  g’alla  bozori  yoki  ip  gazlama  bozorida  juda  ko’p  sotuvchi  va  xaridorlar 
mavjud, shu bilan birga tovarlar mo’l-ko’l, deylik. Bunday sharoitda sotuvchi va xaridorlar 
o’zlari uchun ma’qul bahoni talab eta olmaydilar. Chunki, alohida holdagi ularning 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


 
50 
urinishlari bahoga ta’sir etmaydi va bunda ayrim harakatlar muvaffaqiyat keltirmay, 
mavjud muvozanat belgilaydigan umumiy baho bo’yicha oldi-sotdi amalga oshadi. 
Raqobatning mohiyati shuki, har bir sotuvchi bozordagi juda ko’p miqdordagi 
sotuvchilar ishtirokida o’zining nisbatan kichik hissasi bilan umumiy taklifga ta’sir 
ko’rsata  olmaydi,  demak,  bahoni  ham  yakka  holda  o’zgartira  olmaydi.  Aytish 
mumkinki,  raqobat  shundan  iboratki,  har  bir  sotuvchi  —  taklif  sub’ekti  umumiy 
taklifga  kichik  hissa  qo’sha  oladi  va  umumiy  oqim  ichida  bo’ladi.  YAkka  holdagi 
sotuvchilar taklifning umumiy miqdoriga sezilarli ta’sir ko’rsata olmaydilar, shuning 
uchun ham yakka ishlab chiqaruvchi sifatidagi sotuvchi mahsulot narxini istaganicha 
o’zgartira  olmaydi  va  unga  istagan  holda  munosabatda  bo’la  olmaydi.  Haqiqatan 
ham  har  bir  sotuvchi  yakka-yakka  holdagi  harakatda  va  raqobatda  qatnashuvchi 
sifatida  bozor  ixtiyorida  bo’ladi.  Bunda  raqobat  yakka-yakka  holdagi  barcha  yoki 
juda  ko’pchilik  sotuvchilar  harakatidan  iborat  bo’ladi.  Ko’rinib  turibdiki,  raqobat 
bozorda hukmronlikni inkor etib, erkin harakatni talab etadi. 
Х
aridorlar  to’g’risida  ham  shuni  aytish  mumkin,  ya’ni  ular  ham  bir-biriga 
bog’liq  bo’lmagan  ixtiyoriy  harakatda  bo’ladilar.  Umumlashtirib  aytganda, 
raqobatning  asosini  tashkil  qiluvchi  iqtisodiy  hokimiyatning  keng  tarqoqligi  bu 
hokimiyatdan  foydalanishni  tartibga  solib  turadi  va  undan  zararli  foydalanish 
imkoniyatlarini  chegaralab  boradi.  Demak,  iqtisodiy  imkoniyatlar  uchun  kurash 
iqtisodiy birliklarning o’z foydasini ko’zlab, bir-biriga zarar keltirishga to’siq bo’lib 
xizmat qiladi. Raqobat sotuvchi va xaridorlarning o’z manfaatlarini ta’minlashining 
amalga oshuvining chegaralarini belgilab turadi. Shuning uchun ham raqobat bozor 
iqtisodiyotida asosiy tartibga soluvchi kuch bo’lib xizmat qiladi. 
Yuqorida 
qayd 
qilib 
o’tilgan 
raqobatlarning 
ikkinchi 
tomoni 
ishtirokchilarning  tanlov  erkinligidir.  Bozor  sharoitida  har  bir  tadbirkor  istagan 
tovari  bilan  ish  ko’rishi,  xohlagan  tarmoqda  faoliyat  ko’rsatishi  va  zarur  topganda 
hech  qanday  to’siqlarsiz  va  qiyinchiliksiz  bu  tarmoqdan  chiqib  ketib  boshqasiga 
o’tish  imkoniga  egadir.  Bu  bilan  ma’lum  tarmoqlar,  sohalarning  zaruriyatga  qarab 
kengayishi  yoki  torayishi  imkoni  ta’minlanib  boriladi.  Chunki,  talab  va  taklif 
muvozanati  tufayli  ishlab  chiqaruvchi  va  xaridorlarning  tarmoqlararo  harakati 
erkinligi  ta’minlanadi.  Bunday  sharoit  iqtisodiy  moslashuvni  ta’minlaydi  va 
samaradorlikning saqlanib borishi imkonini tug’dirib boradi. 
Endi  biz  raqobatning  faqat  tarmoqlar  manfaati  bilan  chegaralanmay,  uning 
tarmoqlararo  va  umumjamiyat  manfaatlari  borasidagi  ta’siri  va  harakatini  ko’rib 
chiqaylik.  Bozor  mexanizmlari  bo’lgan  talab  va  taklif  orqali  iste’molchilar  va 
jamiyat  istaklari  korxonalarga,  korxonalar  orqali  esa  resurslar  bilan 
ta’minlovchilargacha etkaziladi. Bu jarayonda raqobat ta’sirini ko’ramiz. Ma’lumki, 
iste’mol  talabining  ko’tarilishida  baho  o’z  aksini  topadi. Talab ortib borishi tufayli 
baho  ko’tarilib  boradiki,  natijada  yuqori  foyda  olinadi.  Bu  o’z-o’zidan  shu 
mahsulotlarga  talab  oshgan  va  ularni  ko’proq  ishlab  chiqarish  kerakligadan  xabar 
beradi.  Raqobat,  ayniqsa  bunga  qo’shiluvchi  yangi  firmalar  ishlab  chiqarishni 
kengaytirib, bahoning xarajatlar darajasida bo’lishini ta’minlashi mumkin. Agarda bu 
jarayonga raqo-batning ta’siri bo’lmay, monopoliyalik mavjud bo’lsa, o’zgarish yuz 
bermaydi va ortiqcha foyda olish davom etaveradi. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


 
51 
Raqobat faqat jamiyat talabiga e’tibor berish va ba’zi tarmoqlarning kengayishi 
va  qisqarishiga  olib  kelish  bilan  chegaralanmay,  firmalarni  eng  samarali 
texnologiyaga o’tish, ilg’or ishlab chiqarishni ta’minlab borishga undaydi. U past va 
kam  samarali  texnologiya  asosida  ishlab  chiqarishni  uyushtirgan  firmalarni 
qo’llamaydi  va  ularning  boshqa  ilg’or  raqiblar  tomonidan  siqib  chiqarilishiga  olib 
keladi. Shuning uchun raqobat, aytganimizdek, texnik progress imkonini qo’llaydi va 
uni keng taraqqiyotiga undaydi. 
Raqobatli  bozorning  yana  eng  muhim  tomonlaridan  biri,  oldingi  mavzuda 
ko’rganimizdek,  xususiy  va  ijtimoiy  manfaatlar  uyg’unligining  ta’minlanishidir. 
Chunki,  bu  juda  muhim  va  o’ta  zarur  bo’lgan  manfaatlar  tengligiga  xos  hodisadir. 
Bunda  o’ta  muhim  bo’lgan  davlat  manfaati  ham  ko’zda  tutiladi.  Aytganimizdek, 
tadbirkorlar  eng  tejamli  resurslar  kombinatsiyasini,  ya’ni  mavjud  raqobat  sharoitida 
xususiy  manfaatga  ham  to’la  mos  keladigan  kombinatsiyani  qo’llaydilar. 
Tadbirkorlarning  texnik  progressga  asoslanmagan  holdagi  ishlab  chiqarishi  zarur 
foyda  bermaydi  va  pirovardida  sinishga  olib  keladi.  Shu  bilan  birga  kamyob 
resurslarni  ishga  solish,  kam  xarajatli  ishlab  chiqarishni  uyushtirish  eng  samarali 
usullardan bo’lib, bu jamiyatga juda foydalidir. 
Х
ulosa  qilib  aytganda,  raqobat  kuchi  shaxsiy  manfaatni  tartibga  solib,  uni 
shunday  yo’naltiradiki,  u  o’zidan-o’zi  jamiyat  manfaatining  maqsadga  muvofiq 
ravishda  ta’minlanishiga  olib  keladi.  Bozorga  xos  "ko’zga  ko’rinmaydigan  qo’l" 
ta’siri  shunday  yakunlanadiki,  firmalar  o’z  foydalarini  imkoni  boricha  yuqori 
darajaga etkazsalar, jamiyat mahsuloti ham shunchalik yuqori darajada bo’ladi. 
Raqobatning  bo’lishi,  raqobat  ta’sirining  kuchayishidagi  asosiy  shart 
xo’jaliklarning turli-tumanligidir. Umuman, kurash to’g’rililik, ko’p xalollikni talab 
qiladi.  Bozor  iqtisodiyotida  ko’p  xillik  xo’jaliklar,  ularning  egalari  bir-birlarining 
raqiblari bo’lib, ular raqobat jarayonida faol ishtirok etishlari kerak. 
Х
o’jalik turlari 
juda oz yoki bir xil bo’lsa, raqobatning ta’sir doirasini kengaytirish uchun sharoit 
bo’lmaydi. 
Raqobat  uchun xo’jalik usullari, shakllari ko’payishi kerak. Ayniqsa, xususiy 
xo’jaliklar ko’payib, asosiy o’rinni egallashi zarur. Qaror xususiy xo’jaliklar bilan bir 
qatorda kooperativlar, birlashma, qo’shma xo’jaliklar ko’payishi talab etiladi. Davlat 
xo’jaliklari  ham  shaklan  va  ham  mazmunan  o’zgarib,  bozor  talablari  asosida  qayta 
tashkil etilishi kerak. Bularga hissador (aktsiyali) jamiyatlar, ijarali xo’jaliklar kabilar 
misol bo’li-shi mumkin. 
Yuqorida  aytganimizdek,  busiz  xo’jalik  yuritishda  mustaqillik  bo’lmaydi, 
mustaqilliksiz  raqobatni  tasavvur  etib  bo’lmaydi  va  umuman  bozor  mazmunsiz 
bo’ladi. 
Raqobat  jahon  iqtisodiyoti  miqyosida  ham  bo’lib,  uning  milliy  mamlakatlar 
iqtisodiyotiga ham ta’siri bo’ladi. 

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish