Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/239
Sana23.01.2022
Hajmi1,07 Mb.
#405169
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   239
Bog'liq
bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari

7.2. Raqobat va baho 
 
Raqobat  kurashida  hal  qiluvchi  ahamiyatga  ega  bo’lgan  narsa 
bahodir. 
Umuman, baho talab va taklif muvozanatining natijasi bo’lib, raqobat orqali yuzaga 
keladi.  Ma’lumki,  har  bir  tovarga  talab  yuqori  bo’lsa,  baho  ham  ko’tarilishi  kerak. 
Shunga ko’ra tovarlar sarf-xarajatiga ko’ra juda yuqori yoki juda past bahoda sotilishi 
mumkin. Yuzaki qaraganda sun’iy ravishda talabni ko’tarish tufayli bahoni oshirish 
mumkinga o’xshaydi. Mavjud sharoitga ko’ra shunday holat ham yuz beradi. Lekin 
raqobat natijasida bunday holat doimiy yoki uzoq cho’zilishi mumkin emas. Baribir 
ko’p tovar sotishga intilish ustun keladi. 
Iste’molchining  daromad  darajasiga  ta’sir  ko’rsatuvchi  baho  raqobat  holatiga 
bog’liq bo’lib, u turg’un bo’la olmaydi, to’xtovsiz o’zgarib turadi. Bozor ishtirokchi-
lari  uchun  bozor  holatini  ko’rsatib  turadigan  narsa  ham  baho  bo’lib,  u  sotuvchi  va 
xaridorlarning  harakat  yo’nalishini  aniqlab  beradi.  Chunki  bozor  ishtirokchilari 
bozorga qachon va qancha tovar etkazib turishni baho darajasi orqali aniqlaydilar. Bu 
esa bevosita ishlab chiqarishga ta’sir ko’rsatadi. Qachon, qancha, qanday tovar ishlab 
chiqarishni bozordagi yuzaga kelib turgan baho orqali belgilab ish ko’riladi. 
Raqobat  tufayli  paydo  bo’ladigan  bozordagi  baholarning  tadbirkor  va 
iste’molchilar  uchun  muhimligini  ikki  narsada  ifodalanadi.  Birinchisida 
tadbirkorning foydasi va daromadi ifodalanadi, ikkinchisida bozor holati aniqlanadi. 
Iste’molchi  -  xaridorni  olsak,  u  ham  bahoga  ikki  tomonlama  bog’liqdir. 
Birinchidan, bahoning darajasi, harakat mazmuniga qarab, qaysi tovarni qachon sotib 
olish  va  qancha  miqdorda  sotib  olishni  aniqlaydi.  Ikkinchidan,  daromadning 
taqsimlanishi va reallik darajasini aniqlab beradi. Baho ko’tarilib boraversa, albatta 
daromad  darajasi  pasayib  boradi.  Lekin  raqobat  baholarning  pasayishiga  ham  olib 
keladi. Chunki, iqtisodiyotda, shaxsiy daromadda yuz beradigan barcha o’zgarishlar 
bozorda  raqobat  tufayli  yuzaga  keladigan  baho  darajasida  o’z  ifodasini  topadi. 
Shunga  ko’ra,  barcha  bozor  ishtirokchilari,  ayniqsa  tadbirkorlar,  katta  diqqat  va 
e’tibor  bilan  bahoni  kuzatib  boradilar,  uning  o’zgarishini  o’z  vaqtida  bilib  turish 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


 
49 
choralarini qo’llaydilar. 
Demak, bozorda paydo bo’ladigan baho bozor iqtisodiyotining ko’zgusi bo’lsa, 
raqobat uni yuzaga keltiruvchi kuchdir. Raqobat va baho mexanizmlari o’z ta’sirlari 
bilan  bozorni  harakatlantiruvchi  muhim  mexanizmlar  bo’lib,  bozor  iqtisodiyotining 
boshqarilishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ular bozor iqtisodiyotini o’zidan-
o’zi  harakatga  keltiruvchi  va  boshqaruvchi  ichki  kuchlaridirki,  unga  tashqaridan 
sun’iy ta’sir ko’rsatish va bahoni raqobatsiz oldindan belgilash bozor tabiatiga to’g’ri 
kelmaydi, uning mexanizmi harakatlariga faqat salbiy ta’sir ko’rsatadi. 
Aytish mumkinki, raqobatning asosida, shaxsiy manfaat yotadi va bu raqobat 
kurashining  kuchayishi,  ta’sirining  ortib  borishi  uchun  kuch  bag’ishlaydi.  Buning 
boisi  shuki,  har  bir  iqtisodiy  birlik  o’z  nafsini  ko’zlay-di.  Har  bir  tadbirkor  yuqori 
foyda  uchun,  hech  bo’lmaganda  kam zarar uchun kurashadi. Moddiy resurslar egalari 
uni sotishda yoki ijaraga berishda yuqori baho orqali ish tutishga urinadi. Ish kuchi 
egalarini  olsak,  miqdori  va  murakkabligi  bir  xildagi  mehnatlariga  imkoni  boricha 
ko’p  daromad  olishga  harakat  qiladilar.  Bularning  hammasi  xaridor  sifatida, 
aytganimizdek,  past  bahoning  tarafdorlaridir.  Shaxsiy  manfaatdorlik  bozor 
iqtisodiyoti  faoliyatida  tartib  o’rnatib  turadi,  manfaatsizlik  esa  kutilmagan 
tartibsizliklarga olib kelishi mumkin. Bunday voqelik shunday xulosaga olib keladiki, 
turli iqtisoday birliklar o’z ixtiyoriy tanlovini amalga oshirishi davrida shaxsiy manfaat 
asosida ularning asosiy harakat tarzi shakllanadi. Bu bozor iqtisodiyoti taqozosidir. 
Masalan  asosiy  xalqaro  savdo  nazariyalarini  ko’rib  chiqqanda  Olmoniya 
xalqaro  bozorda  sotadigan  va  sotib  oladigan  mollarining  tabiati  va  sonini  narx 
belgilaydi.  Olmoniyada  bitta  sanoat  uskunasiga  5  evro  xarajat  qilsa,  qo’shni 
Daniyada  bu  xarajat  10  evroni  tashkil  qiladi,  mebel  esa  20  va  30  evroni  tashkil 
qiladi.  YA’ni  Olmoniyada  bitta  mebelga  4  baravar  ko’p  xomashyo  xarajat  qilish 
kerak  (20  :  5).  Daniyada  bu  nisbat  3  ga  teng  (30  :  10).  Demak  Daniyada  mebel 
chiqarish avzal, Olmoniyada esa uskuna ishlab chiqarish avzaldir. 
YAna  bir  misol.  Braziliyada  tayyorlangan  poyabzalni  narxi  15  evro  bo’lsa, 
Italiyada tayyorlangani 30 evroga teng, kiyim esa 30 va 60 evrogv teng. Bu raqamlar 
raqobat bozorida Braziliyani ushbu tovarlar bo’yicha 1 : 2 nisbatan Italiya tovarlariga 
nisbatan ustunligini ko’rsatadi. 

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish