Ishsizlik ( unemloyment)
– aholi iqtisodiy faol qismining o’ziga ish topa
olmay, mehnat zaxirasi armiyasiga aylanishi.
Ishsizlikning darajasi ( unemloyment rate)
– ishsizlar umumiy sonining
ishchi kuchiga nisbati.
Ishsizlikning tabiiy darajasi (natural rate of unemloyment)
– real va
potentsial yalpi milliy mahsulotning o’sishi bir-biriga mos keladigan, iqtisodiy
rivojlanish davri oraliqlariga xos bo’lgan ishsizlik darajasi.
Kutilayotgan inflyatsiya darajasi (expected rate of inflation)
- mavjud
ijtimoiy iqtisodiy axborotlar, ma’lumotlar asosida alohida shaxs va korxonalar
asosida alohida shaxs va korxonalar tomonidan kutiladigan bo’lg’usi davrdagi
inflyatsiya darajasi.
Ochiq iqtisodiyot (open economy)
– tashqi iqtisodiy bozorda keng savdo-
iqtisodiy va moliyaviy aloqalarga ega bo’lgan iqtisodiyot.
Do'stlaringiz bilan baham: |