Diskont (dicount)
–
markaziy bank tomonidan tijorat banklariga beriladigan
qarzlarga qo’yiladigan foiz.
Aktivlar (assets)
– iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining pul va moliyaviy
mablag’lari, asosiy va aylanma fondlar qiymati.
Alternativ variantlardan tanlov (tradeoff)
– tanlab olingan variant muqobil
variantdan voz kechish evaziga amalga oshirilishini taqozo etuvchi qaror qabul qilish
zarurati. Makroiqtisodiy atamalar doirasida iqtisodiy atamalar siyosati chora-
tadbirlarni ishlab chiqish jarayonida u yoki bu g’oyalarning tanlov–muammolarini
belgilash uchun ishlatiladi. Masalan, ishsizlikning o’sishi va inflyatsiya jadalligi,
foydaning o’sishi yoki ish haqining oshishi orasidagi tanlov muammosi.
Do'stlaringiz bilan baham: |