Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/239
Sana23.01.2022
Hajmi1,07 Mb.
#405169
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   239
Bog'liq
bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari

15.3. Me’yoriy xarajatlar 
 
Firma o’z faoliyatini yuritish uchun tashqaridan resurslar sotib oladi va pullik 
xizmatlardan  foydalanadi.  Shuningdek,  firma  ilgari  sotib  olingan  resurslarni–
binolar,  mashina.  stanok,  asbob-uskunalarni  ham  ishlatadi,  ularga  ham  ilgari 
xarajatlar qilingan. Bundan tashqari firma ijara xaqi, banklardan olgan qarzi uchun 
foiz  to’lab  turadi.  Shu  boisdan  xarajatlar  tashqi  va  ichki  xarajatlarga  bo’linadi. 
Tashqi  xarajkatlarga  ish  kuchi.  xomashyo,  yoqilg’i,  energiya  sotib  olish,  transport, 
aloqa  va  boshqa  xizmatlar  uchun,  shuningdek,  soliqlar  uchun  to’langan  pul  kiradi. 
Binolar, asbob-uskunalar,  ijara  xaqi  va  boshqa  sarflarning  hammasi  ichki  xarajatlar 
hisoblanadi. 
Х
arajatlarga,  bulardan  tashqari,  tadbirkorlik  me’yordan  foydasi  ham 
kiradi.  Shunday  qilib  xarajatlar  o’zining  kelib  chiqish  manbalariga  qarab  har  xil 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


 
111 
sarflardan iborat bo’ladi. 
Х
arajatlarning  tarkibiy  tuzilishi  ishlab  chiqarishning  omillari  bilan  bog’liq. 
Ishlab  chnqarishda  esa  doimiy  va  o’zgarib  turadigan  ikki  omil  ishtirok  etadi. 
Doimiy omilga bino, inshoatlar, mashina va uskutsalar kiradi. Ishlab chiqarishdagi 
o’zgaruvchan  omillarga  qisqa  vaqtda  va  tezdan  o’zgartirlish  mumkin  bo’lgan  ish 
kuchi, xomashyo, yoqilg’i, elektr energiya, har xil materiallar, mayda-chuyda asboblar 
kiradi, ularni tezda ko’paytirib va ozaytirib turish, ayni paytda ishlab chiqarish hajmini 
ham  o’zgartirish  mumkin.  Omillarning  har  xil  bo’lishi  doimiy  va  o’zgaruvchan 
xarajatlarni paydo etadi. 
Miqdori  ishlab  chiqarish  hajmiga  qarab  o’zgarmaydigan  xarajatlar  doimiy 
xarajatlar deyiladi. 
Shunday  xarajatlar  ham  borki,  ularning  miqdori  firmaniig  faoliyatiga  bog’liq 
bo’lmaydi, hatto firma ishlamagan taqdirda ham ularni qoplash lozim. Bularga renta 
to’lovlari  (ko’chmas  mulk  uchun  ijara  puli),  qarz  foizi,  reklama  xaqi,  garov  puli, 
amortizatsiya  ajratmasi,  ijara  xaqi,  sug’urta  puli,  oldindan  to’lanishi  ko’zda  tutilgan 
maoshlar kiradi. Masalan, firma banklar yiliga 10 foiz to’lash sharti bilan 100 million 
so’m  olgan,  demak  u  pul  olganidan  keyin  uni  ishlatadimi  yoki  yo’qmi,  baribir, 
bankka yiliga 10 million so’m to’lashi shart. Yoki binoni 150 ming so’mga ijaraga 
olgan  bo’lsa,  shu  pulni,  korxonasi  yoki  ofisi  turgan  er  uchun  er  egasiga  ham  100 
ming so’m er xaqi to’lashi zarur. 
Miqdori  ishlab  chpqarish  hajmiga  nisbatan  to’g’ri  mutanosiblikda  o’zgarib 
turuvchi xarajatlar o’zgaruvchan xarajatlar deyiladi. 
Bu  xarajatlar  ish  xaqi,  xomashyo,  yoqilg’i,  har  xil  materiallar  va  yuk  tashish 
xarajatlaridan iborat. Ishlab chiqarish hajmi ortsa, o’zgaruvchan xarajatlar ko’payadi, 
qisqarsa,  kamayadi  Masalan,  to’qimachilik  fabrikasi  10  million  so’mlik  gazlama 
to’qib chiqarish uchun 7 million so’m sarf qildi. Shundan 3 million so’m paxta tolasi, 
1  million  so’m  buyoq,  1  million  so’m  elektr  energiyasi  sarfidir,  Qolgan  2  million 
so’m  mashina-uskunalar  amortizatsiyasi,  ijara  xaqi  va  soliqlardan  iborat.  Aytaylik, 
fabrika  gazlama  to’qib  chiqarishni  20  foiz  oshirib,  mahsulot  hajmini  12  million 
so’mga  etkazdi.  Buning  uchun  qo’shimcha    ravishda  paxta  uchun  600  ming  so’m, 
bo’yoq uchun 200 ming so’m, elektr energiya uchun 200 ming so’m sarflandi. Ammo 
bu ish uchun ijara xaqi, mashina-uskunalar sarfini oshirish talab qilinmaydi. 
Doimiy  va  o’zgaruvchan  xarajatlarning  yig’indisi  umumiy  xarajatlar 
deyiladi. 
Umumiy  xarajatlardagi  siljishlarni  eng  avval  o’zgaruvchi  xarajatlar  yuzaga 
chiqaradi. 
Iqtisodiyotda xarajatlarning umumiy mikdori emas, ularning samarasi muhim. 
Agar xarajatlarga nisbatan yaratilgan mahsulotlar tezroq o’ssa, ish samarali bo’ladi. 
Shu boisdan o’rtacha xarajatlarning ahamiyati katga. 
O’rtacha xarajat mahsulot birligiga sarflangan xarajatdir. 
Meyoriy  xarajatlar.  Me’yoriy  xarajat  deganda  qo’shimcha  ravishda  mahsulot 
birligini ishlab chiqarish uchun ketgan qo’shimcha xarajat tushuniladi. 
Umumiy  xarajatlardagi  qisqa  muddatli  siljishlar  faqat  o’zgaruvchi  xarajatlar 
hisobiga  yuz  beradi.  Ularni  oshirish  yoki  qisqartirish  hieobidan  ishlab-chnqarish 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


 
112 
hajmi o’zgaradi. 
Masalan,  bosmaxona  kitobni  ko’proq  bosib  chiqarishi  uchun qog’oz, bo’yoq, 
karton,  elim,  ip  va  elektr  energiyasi  sarfini  ko’paytirishi  kerak.  Bunda  mashinalarni 
ko’paytirmasdan, ularning ishlash soati oshiriladi. Sarflarni qisqa vaqtda o’zgartirish 
uchun  resurslarni  sotib  olib,  korxonaga  keltirishning  o’zi  kifoya,  bu  esa  uzoq  vaqt 
talab etmaydi. Lekin bu yo’l bilan mahsulot hajmini oshirishning cheki bor. Firmalar 
tovariga talab oshgan kezlarda ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun uzoq muddat 
talab etadigan ham doimiy, xam o’zgaruvchan xarajatlarni ko’paytirish zarur. YAna 
bosmaxona misoliga qaytsak, kitobning bozori chaqqon bo’lib, uni sotishga ko’proq 
tashlash  uchun  o’zgaruvchi  xarajatlarni  oshirish  kifoya  qilmaydi.  Buning  uchun 
yangi tsexlar va omborlar qurish, yangi harf teradigan, bosadigan va muqovalaydigan 
mashinalarni o’rnatish kerak bo’ladi. 
Albatta,  uzoq  muddatli  o’zgarishlar  vaqti  bir  xil  emas.  Masalan,  yangi  konni 
ochib,  uni  texiika  bilan  jihozlashga  ko’p  vaqt,  bosmaxona  uchun  yangi  tsex  qurib, 
uni jihozlashga oz vaqt talab etiladi. 

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish