XII-MAVZU. MOLIYA VA BANK TIZIMI
12.1. Moliya va uning asoslari
12.2. Moliyaning vazifalari
12.3. Moliya tizimi
12.1. Moliya va uning asoslari
Moliyaning mohiyati.
Bozor iqtisodiyotidagi har qanday faoliyat pul talab
qiladi, moliyani yuzaga keltiradi. Umuman moliya xalq xo’jaligidagi pul resurslari
bilan bog’langan bo’lib, bunday resurslarni hosil qilish, taqsimlash va ishlatish
jarayonlarining shakllanishi tushunchasidan iboratdir. Ma’lumki, ishlab chiqarish
iste’moldan oldin taqsimotni talab etadi. Avvalo qiymat shaklidagi taqsimot amalga
oshib, mahsulot ana shu qiymatlar hissasiga qarab taqsimlanadi.
Qiymat taqsimoti turli pul resurslarini, fondlarini yuzaga keltiradi. Bular
tovarlarga almashinilib, iste’molni shakllantiradi. Umumjamiyat iste’moli davlat
tomonidan ta’minlanadi. Buning uchun avvalo resurslar, bir necha xil pul fondlari
yuzaga keltiriladi. Aholi ijtimoiy himoyasi, atrof muhitni saqlash, mudofaa, davlat
boshqaruvi, nomoddiy sohalarni ta’minlash kabilar shular jumlasidandir. Buning
uchun avvalo qiymatlar taqsimoti tufayli zarur pul resurslari tashkil etilib, maxsus
pul fondlar yuzaga keladi. Shu pul resurs va fondlarning ishlatilishi tufayli eslatib
o’tilgan tarmoq va sohalarning ehtiyoji qondiriladi. Bular davlat tomonidan amalga
oshirilib, davlat moliyasining shakllanishi va davlatning moliyaviy faoliyatidan kelib
chiqadi.
Demak, pul shaklidagi moliyaviy fondlar hosil bo’lib, ular moliyaviy resursni
tashkil etadi. Moliya mahsulot qiymatining taqsimlanishidir. qiymat taqsimoti
mahsulotni ishlatishdan oldingi jarayon bo’lib, u iste’molga atalgandir.
Davlat va nodavlat moliyasi mavjud bo’lib, birinchisi asosan umumjamiyat
mohiyatini kasb etsa, ikkinchisi tadbirkorlar, oila, jamoa moliyasidan iboratdir. Mo-
liyaviy munosabatlar va aloqalarning sub’ektlari bo’lib, bularga moliyaviy
resurslarni tashkil etish, taqsimlash va ishlatishda ishtirok etuvchi korxona, davlat,
tashkilot, muassasa, fuqaro kabilar kiradi. Har bir sub’ekt o’ziga qaratilgan
mahsulotlarga teng bo’lgan pul fondlarini tashkil etadi. Bu fondlar turlicha bo’lib,
har biri ma’lum maqsadni ko’zlaydi. Masalan, davlat moliyasi davlatni boshqarish,
mudofaani ta’minlash, aholini ijtimoiy himoyalash, zahiralar tashkil etish kabilarga
sarf etiladi.
Moliya munosabatlarining ob’ekti deganda pul zahiralarini tushunamiz. Albatta
bular ma’lum miqdordagi mahsulotlarni o’zida ifoda etishi zarur.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
86
Do'stlaringiz bilan baham: |