52
Bunda xalqaro bozorlarni egallash, xomashyo hududlarini o’zlashtirish, ilmiy-texnika
manbalarini qo’lga kiritish kabi asosiy tomonlarni ko’proq egallashga uriniladi.
Natijada iqtisodiy taraqqiyot manbalarini o’z ixtiyoriga olish, buning asosida o’z
boyliklarini orttirish, olinadigan foydaning darajasini ko’tarish kabilarga muyassar bo’linadi.
Jahon iqtisodiyotiga qo’shilib borish, xalqaro bozorda ta’sirli kuchga ega
bo’lish va xalqaro mehnat taqsimotida manfaatli o’rinlarni egallash xalqaro
raqobat
tufayli amalga oshadi. Bu barcha mamlakatlarni kuchli iqtisodiyotga ega bo’lishga,
ilyur ishlab chiqarish darajasini qo’lga kiritishga undaydi.
Jahon miqyosida faoliyat ko’rsatuvchi mamlakatlar va birlashmalar soni ortib
bormoqda. Bu faqat jahon iqtisodiyoti taraqqiyotiga ta’sir qo’rsatish bilan
chegaralanmasdan, balki ichki bozordaga monopol holatning oldini olishga ham
ta’sir etmoqda. Chunki, bozorda qatnashuvchi sotuvchilar qancha ko’payib borsa,
monopol ta’sir shuncha zaiflashib boradi. Ko’pchilik mahsulot bozorlarida mayda
firmalar kamayib, yiriklari ko’payib bormoqda. Bu resurslar bozoriga ham taalluqlidir.
Mehnat bozoridagi kasaba uyushmalarining faoliyati ham shunday mazmunda
bo’ladi. Bir qator yuqori foydali tarmoqlarda patent mushkulligi va boshqa tur
resurslardan foydalanishdagi to’siqlarning ko’payib borishi raqobat kuchini
zaiflashtiradi. Lekin jahon raqobat kurashi natijasida chet mahsulotlarining kirib
kelishi bozor ishtirokchilarini ko’paytirish orqali ichki raqobat imkoniyatlarini
oshiradi.
Chunonchi, AQSh, G’arbiy Ovro’po, qisman YAponiyani olsak, avtomobil va
po’lat bozorlari kabi, oziq-ovqat mahsulotlari, resurslar bozorlarida ham yirik
firmalar hissalari oshib, bu raqobat ta’siriga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Ma’lumki,
hozirgi davrda bir qancha oziq-ovqat mahsulotlari bo’yicha chet firmalar o’zlariga
yo’l ochib, istiqbollarini ta’minlamoqdalar. Masalan Gollandiya oziq-ovqat eksporti
bo’yicha etakchi o’ringa chiqdi.
Raqobat turlari va harakat mazmunlari mavjud bo’lib, u jadvalda
ko’rsatilganlardan iborat bo’ladi.
Raqobat turlari va ta’siri
Raqobatning bozor iqtisodiyotidagi ahamiyatini e’tiborga olgan holda
marketing kontseptsiyasida raqiblarga, uni tanlashga katta e’tibor beriladi. Raqiblarni
RAQOBAT
Tarmoqlar ichki
raqobati
Tarmoqlararo raqobat
Ja
щ
on iqtisodiyotidagi
raqobat
Х
aridor uchun kurash,
baho darajasiga ta’sir
etish.
Texnik progress, shaxsiy
va ijtimoiy manfaatdorlar
Jahon bozori rivoji,
ichki bozorga ta’sir
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
53
avvalo firmalarga qarab belgilash kerak, ya’ni qaysi firmalar qanday tovarlarni
bozorga chiqaradi, ya’ni sotuvchi sifatidagi raqiblarni aniqlash va ularni o’rganishga
qaratilgan ishlarni belgilash va amalga oshirish talab etiladi. So’ngra xaridor-raqiblar
o’rganiladi. Bunda mashhur "Mar-keting asoslari" kitobi muallifi Filip Kotlyar
izlanish usulini taklif etadi. U raqiblarni to’rtga bo’lib o’rganishni tavsiya etadi: 1)
istak bo’yicha raqib; 2) tovar turi bo’yicha raqib; 3) tovar xili bo’yicha raqib va 4)
tovar markasi bo’yicha raqiblar. Iste’molchilar xarid qilish bo’yicha qanday qarorga
kelishini aniqlash har bir firma uchun ko’proq o’z tovarini sotish yo’lini topish, ya’ni
o’z xaridorlarini aniqlash imkonini beradi. U "Neksiya" mashinasini chiqaruvchi
Asakadagi zavod misol keltirib, avvalo xaridorning qanday tovarlar sotib olishi
mumkinligi, ular ichida qanchasi transport vositalari, so’ngra qanchasi mashina sotib
olishi, oxiri mashinaning "Neksiya" markalisini qancha xaridor sotib olishi
mumkinligini va umuman, boshqa markali mashinalarni sotib oluvchi raqiblarni
Rossiya, Qozog’iston va boshqa davlatlarda aniqlab, o’z xaridorlarini ko’paytirish
choralarini qo’llashi qayd qilinadi.
Raqobat asosiy tartibga solish mexanizmi sifatida ishlab chiqaruvchilar va
resurslar bilan ta’minlovchilarni xaridorlar hukmiga yoki iste’molchilar
mustaqilligini ta’minlash manfaatiga to’la bo’ysundiradi. Haqiqatan ham raqobat
sharoitida ko’pchilik sotuvchi va xaridorlarning hukmi bozor bahosini belgilaydi,
ya’ni yakka holdagi ishlab chiqaruvchilar va resurslar bilan ta’minlovchilar
xaridorlarning istagiga moslashadilar. Bu istak-larni bozor tizimi inobatga olgan holda
sotuvchilarga etkazadi. Bozor tizimiga bo’ysunib ish tutuvchi raqobatdagi ishlab
chiqaruvchilar foydaga ega bo’lib, o’z mavqelarini mustahkamlab borsa, bozor
qonunlarini buzuvchilar zarar ko’radi va ularni sinish, bankrotlik kutishi mumkin.
Raqobat kuchi ta’siri sharoitida xaridorlar xo’jayin, bozor — ularning vakili,
korxonalar esa ularning xizmatkori vazifasini bajaruvchi sifatida mavjud bo’ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: