49
choralarini qo’llaydilar.
Demak, bozorda paydo bo’ladigan baho bozor iqtisodiyotining ko’zgusi bo’lsa,
raqobat uni yuzaga keltiruvchi kuchdir. Raqobat va baho mexanizmlari o’z ta’sirlari
bilan bozorni harakatlantiruvchi muhim mexanizmlar bo’lib, bozor iqtisodiyotining
boshqarilishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ular bozor iqtisodiyotini o’zidan-
o’zi harakatga keltiruvchi va boshqaruvchi ichki kuchlaridirki, unga tashqaridan
sun’iy ta’sir ko’rsatish va bahoni raqobatsiz oldindan belgilash bozor tabiatiga to’g’ri
kelmaydi, uning mexanizmi harakatlariga faqat salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Aytish mumkinki, raqobatning asosida, shaxsiy manfaat yotadi va bu raqobat
kurashining kuchayishi, ta’sirining ortib borishi uchun kuch bag’ishlaydi. Buning
boisi shuki, har bir iqtisodiy birlik o’z nafsini ko’zlay-di. Har bir tadbirkor yuqori
foyda uchun, hech bo’lmaganda kam zarar uchun kurashadi. Moddiy resurslar egalari
uni sotishda yoki ijaraga berishda yuqori baho orqali ish tutishga urinadi. Ish kuchi
egalarini olsak, miqdori va murakkabligi bir xildagi mehnatlariga imkoni boricha
ko’p daromad olishga harakat qiladilar. Bularning hammasi xaridor sifatida,
aytganimizdek, past bahoning tarafdorlaridir. Shaxsiy manfaatdorlik bozor
iqtisodiyoti faoliyatida tartib o’rnatib turadi, manfaatsizlik esa kutilmagan
tartibsizliklarga olib kelishi mumkin. Bunday voqelik shunday xulosaga olib keladiki,
turli iqtisoday birliklar o’z ixtiyoriy tanlovini amalga oshirishi davrida shaxsiy manfaat
asosida ularning asosiy harakat tarzi shakllanadi. Bu bozor iqtisodiyoti taqozosidir.
Masalan asosiy xalqaro savdo nazariyalarini ko’rib chiqqanda Olmoniya
xalqaro bozorda sotadigan va sotib oladigan mollarining tabiati va sonini narx
belgilaydi. Olmoniyada bitta sanoat uskunasiga 5 evro xarajat qilsa, qo’shni
Daniyada bu xarajat 10 evroni tashkil qiladi, mebel esa 20 va 30 evroni tashkil
qiladi. YA’ni Olmoniyada bitta mebelga 4 baravar ko’p xomashyo xarajat qilish
kerak (20 : 5). Daniyada bu nisbat 3 ga teng (30 : 10). Demak Daniyada mebel
chiqarish avzal, Olmoniyada esa uskuna ishlab chiqarish avzaldir.
YAna bir misol. Braziliyada tayyorlangan poyabzalni narxi 15 evro bo’lsa,
Italiyada tayyorlangani 30 evroga teng, kiyim esa 30 va 60 evrogv teng. Bu raqamlar
raqobat bozorida Braziliyani ushbu tovarlar bo’yicha 1 : 2 nisbatan Italiya tovarlariga
nisbatan ustunligini ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: