Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc


 Kichik va o’rta biznes istiqboli



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/239
Sana23.01.2022
Hajmi1,07 Mb.
#405169
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   239
Bog'liq
bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari

 
18.2. Kichik va o’rta biznes istiqboli 
 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida talab va taklif kichik va o’rta biznes korxonalarini 
samarali  faoliyat  olib  borishga  undaydigan  mexanizm  sifatida  namoyon  bo’ldi. 
Agarda  korxonalar  ishlab  chiqarayotgan  mahsulotlar  bozor talablariga to’liq- javob 
bersa, demak korxonaning ushbu mahsulotlarni sotishdan oladigan daromadlari o’sib 
boradi  va  korxona  qo’shimcha  kengayish  imkoniyatlariga  ega  bo’ladi.  Ikkinchi 
tomondan,  tovarlarning  narxi  ishlab  chiqaruvchilarga  bozorda  bo’ladigan 
o’zgarishlar  to’g’risida signal bo’lib xizmat qiladi. Tovarlarning bozordagi narxlari 
oshishi bilan ishlab chiqaruvchilarga raqobat paydo bo’ladi va ular bozorga ko’plab 
mahsulotlar chiqara boshlaydilar. 
Shularni  hisobga  olib  kichik  va  o’rta  biznes  korxonalari  faoliyati 
ko’rsatkichlarini ekonometrik modellashtirishning uslubiy asoslari tadqiq qilinadi va 
ular rivojlanishining modellari ishlab chiqiladi.. Buning uchun iqtisodiy jarayonlarni 
modellashtirish  usullari  va  unda  qo’llaniladigan  yondashuvlar,  modellarni  tahlil 
qilish  va  ularni  kichik  va  o’rta  biznes  korxonalari  faoliyatini  tizimli  o’rganish  va 
rivojlanishidagi ahamiyati ochib beriladi. 
Kichik  va  o’rta  biznes  korxonalari  ishlab  chiqarish,  mehnat  va  moddiy 
resurslar miqdorlarini hamda foyda va xarajatlar hajmini modellashtirish usullari va 
ularga mos ishlab chiqarish funktsiyalari tuzishi lozim. 
Kichik  va  o’rta  biznes  korxonalari  ishlab  chiqarishni  yo’lga  qo’yish  vaqtida 
turli  xil  resurslar,  texnologiyalar,  ishchi  kuchi  va  boshqa  resurslarni  jalb  etadilar. 
Ushbu korxonalar o’zlarining maqsadlariga qarab uzoq va qisqa muddatli oraliqlarda 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


 
129 
faoliyat  ko’rsatadilar.  Qisqa  muddatli  oraliqda  korxona  ishlab  chiqarish  quvvatini 
o’zgartira  olmaydi,  lekin  undan  foydalanishni  intensivlashtirishi  mumkin.  Uzoq 
muddatli  oraliqda  ishlab  chiqarish  quvvati  ham  o’zgaradi.  Albatta  uzoq  va  qisqa 
muddatli oraliqlar, har xil mahsulotlar uchun turlicha bo’lishi mumkin. Shu davrlarda 
korxonalarning  asosiy  maqsadi  foydaning  eng  katta  hajmiga  erishishdan  iboratdir. 
Umumiy holda foyda yalpi daromaddan umumiy xarajatlarni ayirish orqali topiladi. 
 
TC
TR
-
=
p
, (1) 
 
bu erda 
p
- foyda, TR-umumiy daromad, Tayanch so’zlar:- umumiy xarajat. 
Shundan kelib chiqib kichik va o’rta biznes korxonalariga foyda, xarajatlar va 
optimal ishlab chiqarish miqdorini modellashtirish usuli taklif etilishi lozim. 
Ishlab  chiqarish-  bu  kerakli  mahsulotlarni  tayyorlash  uchun  ishchi  kuchidan, 
uskuna  va  texnologiyadan,  tabiiy  resurslardan  hamda  materiallardan  ma’lum 
miqdordagi kombinatsiyada foydalanish jarayonidir. Ularni yiriklashgan uch guruhga 
bo’lish qabul qilingan: mehnat, kapital va materiallar. 
Bunday  omillar  birgalikda  olib  qaraladigan  bo’lsa,  ular  ishlab  chiqarish 
funktsiyasi  orqali  ifodalanadi  va  ishlab  chiqarish  funktsiyasi  bozor  iqtisodiyoti 
sharoitida  kichik  va  o’rta  biznes  korxonalarining  chegaralangan  resurslardan  qay 
darajada foydalanilayotganligini tahlil qilishga imkon beradi. Agar omillar majmuasi 
kapital  sarfi,  mehnat  va  materiallardan  iborat  bo’lsa,  ishlab  chiqarish  funktsiyasi 
quyidagi ko’rinishda bo’lishi mumkin: 
 
Q=f(K,L,M),   (2) 
 
 Bu  erda  Q-  berilgan  texnologiyada  eng  ko’p  ishlab  chiqariladigan  mahsulot 
miqdori; K- kapital; L- mehnat; M-materiallar. 
Agar  ishlab  chiqarish  funktsiyasi  ikkita  K(kapital)  va  L(mehnat)  omillariga 
bog’liq bo’lsa, ishlab chiqarish funktsiyasi quyidagicha yoziladi: 
 
Q= f(K,L). (3) 
 
Ushbu  funktsiyada  mahsulot  ishlab  chiqarish  hajmi  kapital  va  mehnat  ishlab 
chiqarish  omillariga  bog’liq.  Masalan,  ishlab  chiqarish  funktsiyasi  yordamida  non 
ishlab  chiqarish  kombinatida  mehnat  resurslardan  va  kapitaldan  foydalangan  holda 
qancha  non  mahsulotini  ishlab  chiqarish  mumkinligini  ifodalash  mumkin,  yoki 
qishloq  xo’jalik  korxonasining  berilgan  mehnat  resurslaridan  va  texnikadan 
foydalangan  xolda  ma’lum  vaqt  oralig’ida  qancha  mahsulot  ishlab  chiqarishini 
ifodalash mumkin. 
Mahsulot  ishlab  chiqarish  ko’proq  qo’l  mehnatiga  asoslangan  bo’lsa  u  xolda 
ishlab  chiqarish  funktsiyasini  faqat  sarflangan  mehnatga  bog’liq  ravishda  yozish 
mumkin: Qqf(L)    Agar mahsulot ishlab chiqarishda ko’proq kapital sig’imiga ega 
bo’lsa, ishlab chiqarish funktsiyasini Qqf(K) ko’rinishida yozish mumkin. 
Ta’kidlash  joizki,  2  va  3  tenglamalar  ishlab  chiqarishning  ma’lum 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


 
130 
texnologiyasida  qo’llanilishi  mumkin.  Agar  texnologiya  o’zgarsa,  ya’ni  yangi 
texnologiya  qo’llansa,  mahsulot  ishlab  chiqarish  hajmi  resurslar  hajmi 
o’zgarmaganda ham o’sishi mumkin. 
Yuqoridagilarni  hisobga  olgan  holda  kichik  korxonalarda  ishlab  chiqarish 
mehnat  va  kapital  sarfiga,  mehnat  sarfi  o’zgarmas  bo’lib,  u  faqat  kapital  sarfiga 
bog’liq bo’lgan hamda texnologiyalar takomillashuvining ishlab chiqarish hajmlariga 
ta’sirini  modellashtirish  usullari  asoslangan  va  ular  non  mahsulotlari,  mebel  va 
boshqa  turdagi  ishlab  chiqarishlarning  optimal  hajmlarini  aniqlash  orqali  sinab 
ko’rish kerak. 
Respublikamizda  olib  borilayotgan  iqtisodiy  islohotlar  natijasida  milliy 
iqtisodning  barcha  tarmoqlarida  ko’plab  kichik  va  o’rta  biznes  korxonlari  vujudga 
kelmoqda. Ushbu korxonalar aholi daromadlarini oshirish bilan ularning bandligini 
ta’minlashda,  ichki  iste’mol  bozorini  zarur  tovarlar  va  xizmatlar  bilan  to’ldirishda, 
iqtisodiy  o’sishni  ta’minlashda  muhim  rol  o’ynamoqdalar.  Shularni  hisobga  olib 
kichik va o’rta biznesning ustuvor yo’nalishlari bo’lgan korxonalar sonini oshirish, 
iqtisodiy raqobatni ta’minlash, bu sohaga investitsion resurslarni jalb qilish, turli xil 
mahsulotlar  ishlab  chiqarish  respublikamiz yalpi ichki mahsuloti tarkibida ularning 
ulushini  oshirish  kabi  ko’rsatkichlarni  bashorat  qilishning  ekonometrik  modellari 
ishlab chiqilgan. 
Ushbu  modellar  asosida  respublikada  kichik  va  o’rta  biznes  rivojlanish 
istiqbollari bashorati natijalari quyidagi jadvalda keltirilgan. 
 

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish