Umumiy lot p65


Bachadon mushaklarini qisqartiruvchi moddalar



Download 317,98 Kb.
bet71/90
Sana12.02.2022
Hajmi317,98 Kb.
#445197
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   90
Bog'liq
farmakologiya ma`ruza 2

Bachadon mushaklarini qisqartiruvchi moddalar. Bu mod­dalar qo‘llanilishiga qarab ikkiga bo‘linadi:

  1. Bachadon mushaklarining ritmik qisqarishini oshiruvchi moddalar (oksitotsin, pituitrin, prostoglandinlar).

  2. Bachadon muskullarining tonik qisqarishini oshiruvchi moddalar (ergometrin malleat, ergotamin, gidrotartrat, ergo- tal).

Miometriyning qisqarishi bo‘shashishi bilan almashib turi- shiga ritmik qisqarish deyiladi. Tonik qisqarishda bachadon mus- kullari birdan qisqaradi, bo‘shashmaydi.
Bachadonning ritmik faoliyatini stimullaydigan moddalar. Bu moddalar bachadon qisqarishlarini kuchaytiradi va tezlashtiradi. Shunga ko‘ra, tug‘uruqning o‘tishini yengillashtiradi. Shu guruhga kiradigan moddalar, asosan, tug‘uruq faoliyati susayib qolganida ishlatiladi, ya’ni ulardan tug‘uruqni tezlashtiradigan moddalar sifatida foydalaniladi.
Bachadon silliq muskullari qisqarishlarini dori bilan ku- chaytirishga ehtiyoj tug‘ilishi shunga bog‘liqki, tug‘uruqning cho‘zilib ketishi ona bilan bolaga xavf soladi. Ayol kishi uzoq va behuda kuchanaveradigan bo‘lsa, holdan ketib, darmoni qurib boradi. Bolaning qon bilan ta’minlanishi izdan chiqib, kislorodga yolchimay qolishi tufayli nobud bo‘lish xavfi tug‘iladi.
Shu munosabat bilan uzoq cho‘zilib ketgan tug‘uruqlarda uni tezlashtiradigan moddalar bo‘lib-bo‘lib beriladigan dozalarda buyuriladi. Ba’zi hollarda ular faol tug‘uruq faoliyati bo‘lmasa, tug‘uruqni jonlantirish maqsadida ham ishlatiladi. Homiladorlik muddati o‘tib ketgan ayollarda, shuningdek, alohida sabablar bo‘lganda (og‘ir homiladorlik toksikozlari, gipertoniya, nefro- patiyada) shunday qilinadi. Talaygina farmakologik moddalar bachadonning qisqarish faoliyatini qo‘zg‘ata oladi, biroq tug‘u- ruqni stimullash uchun asosiy moddalar o‘rnida ko‘pincha oksitotsin, pituitrin, paxikarpindan foydalaniladi.
Oksitotsin — gipofiz orqa bo‘lagining gormonidir. Hozir u sintetik yo‘l bilan olinadi. Oksitotsin tug‘uruq vaqtida ko‘plab gipofiz ishlab chiqadi, u bachadonni rag‘batlaydigan tabiiy modda bo‘lib, tug‘uruqning normal holda o‘tishiga yordam beradi. Oksitotsin pituitrin preparatining ta’sir qiladigan asosiy moddalaridan biridir, pituitrin preparati so‘yilgan qoramol gipofizining orqa bo‘lagidan suv bilan ajratib olinadigan ekstraktdir. Shu ekstraktda, oksitotsindan tashqari, vazopressin gormoni ham bo‘ladi, pituitrinning ba’zi nojo‘ya ta’sirlari (qon bosimining ko‘tarilishi, peshob ajralishining tormozlanishi, toj tomirlarning torayishi) unga bog‘liq. Shu sababdan, pituitrinni gipertoniya kasalligi, nefropatiyalar bilan og‘rigan homila- dorlarga berib bo‘lmaydi va h.k. Shu jihatga ko‘ra, oksitotsin tug‘uruqni rag‘batlaydigan modda sifatida pituitrindan ancha afzaldir.

Download 317,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish