Umumiy lot p65


Me’da osti bezining tashqi sekretor funksiyasi buzilganda qo‘llaniladigan vositalar



Download 317,98 Kb.
bet70/90
Sana12.02.2022
Hajmi317,98 Kb.
#445197
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   90
Bog'liq
farmakologiya ma`ruza 2

Me’da osti bezining tashqi sekretor funksiyasi buzilganda qo‘llaniladigan vositalar. Me’da osti bezining tashqi sekretor funksiyasi buzilganda OISda hazm qilish jarayoni buziladi. Shu- ning uchun bunday hollarda uning o‘rnini bosuvchi preparatlar bilan davolash kerak bo‘ladi. Bunday preparatlarga:

  • pankreatin (mezim) 0,5 tabl.;

  • kantrikal 100 000 TB amp.;

  • trasilol 5 ml amp. 25 000 TB preparatlari kiradi.

Bu preparatlar surunkali pankreatitda, gastrit va entrokolit- larda o‘rinbosar davo sifatida ishlatiladi. Kantrikal ba’zi rivoj- langan mamlakatlarda «Trasilol» nomi bilan ampulada 5 ml.dan chiqariladi. Har ikki preparat qo‘llanganda organizmda tripsi- nogenning aktiv tripsinga o‘tib ketishi va shu yo‘l bilan me’da osti bezi nekrozga uchrashining oldi olinadi.

  1. Qustiradigan va qusishga qarshi moddalar

Qayt qilish jarayoni bir necha guruh mushaklar ishtirok etadigan murakkab reflektor aktidan iboratdir, chunki bunda me’da, ingichka ichak, diafragma va qorin devorlarining mushaklari ishtirok etadi, qayt qilish markazi qo‘zg‘alishidan yuzaga chiqadi. Shuningdek, ko‘rish, hid bilish va ta’m bilish organlari orqali ko‘ngil aynuvchi, jirkanuvchi narsalarni ko‘rish, hidini sezish va ta’mini bilish holatlari ham qayt qilish jarayonini yuzaga chiqaradi.
Qayt qilish jarayonini yuzaga chiqaruvchi dorivor moddalar, qayt qilish markazini reflektor yo‘l bilan qo‘zg‘atadi va qayt qilishni yuzaga chiqaradi. Bu moddalar ikki guruhga bo‘linadi:

  1. To‘g‘ridan to‘g‘ri qayt qilish markaziga ta’sir etuvchi preparatlar.

  2. Periferik xolinoretseptorlarga ta’sir etib qayt qildiruvchi preparatlar.

Birinchi guruh preparatlariga — apomorfin gidroxlrid (1 % — 1 ml amp.), yurak glikozidlaridan digitalis va termopsisning katta dozalari, ba’zi antiblostom preparatlar (xloretilamin) va morfin gidroxlorid preparatlari kiradi. Ikkinchi guruh preparatlariga mis va sulfat preparatlari kiradi. Ular me’daga tushgach, me’da retseptorlariga ta’sir etib, reflektor yo‘l bilan qusish markazini qo‘zg‘atadi.
Bu preparatlar inson o‘tkir zaharlanganda, surunkali alkogolizmni davolashda, narkotiklar bilan zaharlanganda qo‘llaniladi. Apomorfin gidroxloridni me’da yaralarida, me’da- ning kislota va ishqorlar bilan kuyishida, o‘pkadan qon ketishida berib bo‘lmaydi.
Qayt qilishga qarshi vositalarga quyidagi preparatlar kiradi:

  • «Aeron» tabletkasi — skopolamin 0,0001 + giossiamin

0,0004;

  • etaperazin 0,004; 0,006 va 0,01 tabl.;

  • skopolamin gidrobromid 0,0005 kukun;

  • gallopiridol 0,0015; 0,005 tabl. va 0,2 % — 10 ml fl.;

  • serukal — 0,01 tabl. 2 ml amp.

Dengiz va havo kasalliklarida skopolamin va «Aeron» tab- letkalari qo‘l keladi. Bu preparatlar kema va samolyotga chiqishda tavsiya etiladi. Qayt qilish markazi qo‘zg‘alganda serukal (metoklopramid) preparatlari qo‘llanadi. Shuningdek, fenatiazin unumlaridan dietilperazin va etaperazin preparatlari hamda buterofenon unumi bo‘lgan galoperidol preparati ham qayt qilish markazi ishini susaytiradi va qayt qilish jarayonini yo‘qotadi.
Bu preparatlar homilador ayollarning toksikozida, nur ka- salligi bilan bog‘liq qayt qilishda va jarrohlikda keng yuzaga chi­quvchi qayt qilishlarda qo‘llanadi.

  1. O‘t haydovchi vositalar

Me’yorda 1 kunda jigardan o‘rta hisobda 0,5—0,8 l o‘t-safro ajralib chiqadi. Jigar kasalliklari va o‘t yo‘llari yetishmovchiligida o‘t haydovchi dorilar qo‘llaniladi. Ular ikki guruhga bo‘linadi:
1.O‘t sekretsiyasini kuchaytiruvchi — xolisekretiklar. Bularga:

  • digidroxol kislota 0,2 tabl.;

  • oksifenamid 0,25 tabl.;

  • allaxol tabl.;

  • xolosas 300 ml fl.;

  • xolenzim 0,3 tabl.

Bu preparatlar o‘t paydo bo‘lishi va ajralib chiqishini oshirib, surunkali gepatitda, xoletsistitda, xolangitda, gepato- xoletsistitda va jigarda o‘t yetarlicha hosil bo‘lmaganda ishlatiladi. Natijada, buzilgan hazm qilish jarayoni yaxshilanadi.

  1. O‘t ajralib chiqishini yengillatuvchi xolagoglar:

  • papaverin gidroxlorid 0,04 tabl., 2 % — 2 ml amp.;

  • magniy sulfat 30,0 kukun, 20—30 % eritma;

  • atropin sulfat 0,1 % — 1 ml amp.

Bu preparatlar o‘t pufagi va o‘t yo‘li tonusini oshiradi, o‘t pufagi va o‘t yo‘llarida toshlar bo‘lganda, ularda yallig‘lanish jarayoni qayd etilganda hamda Oddi sfinkteri spazm holatlarida ishlatiladi. Mustaqillikka erishilgach xalq tabobatida ishlatilib kelingan mahalliy dorivor o‘simliklardan ishlab chiqarilgan preparatlar va o‘simlik damlama va qaynatmalari tibbiyot amaliyotiga o‘t hosil qiluvchi va haydovchi mahalliy preparatlar sifatida tatbiq qilindi. Ular qatoriga Samarqand bo‘znochi, jo‘xori popugi, Osiyo yalpizi, bo‘yimodaron, protopin, «BO‘XY» preparati, limono‘t va ular asosida ishlab chiqilgan yig‘ma («Stiflos» va «Meliflos»)larni kiritish mumkin. Bir necha o‘simliklar sharbatidan iborat «LIF—52» va o‘simliklarning bioflavonoidlaridan iborat silibor preparatlari moddalar almashinuvi va jigarning regenerativ jarayonlari, jigar fer- mentlari faolligini oshiradi. Bu preparatlarni uzoq muddat mo- baynida qo‘llanilganda, allergik reaksiyalar, xolestaz holati va qon ivish jarayoni kuchayishi mumkin.

  1. Surgi vositalari

Ichak qisqarishiga tanlab ta’sir etuvchi preparatlarga surgi dorilar deyiladi. Ichak qisqarishi va uning tonusi ko‘proq adash- gan asab (n. vagus)ga bog‘liq. Ichak harakatining sustligi va uning tonusi pasayishida parasimpatik inervatsiyasini qo‘zg‘a- tuvchi dori vositalari ishlatiladi. Bularga M xolinomimetiklar (karboxolin, pilokarpin, aseklidin) va antixolinoesteraza (pro- zerin, galantamin, fiziostigmin va boshq.) preparatlari kiradi.
Ichak qisqarishiga tanlab ta’sir etuvchi dori vositalari ta’sir mexanizmiga qarab uch guruhga bo‘linadi:

  1. Ichaklar shilliq qavati intraretseptorlarini kimyoviy qitiq­lovchi vositalar:

  • kastor moyi 1,0 kap., 30—50 ml fl.;

  • rovoch ildizi damlamasi;

  • krushina po‘stlog‘i ekstrakti 1:30, 25 ml fl.;

  • sano bargi damlamasi 1:10—1:20, senodeksin 0,5 tabl.;

  • fenolftalein 0,01 tabl.;

  • izofenin 0,05 tabl.;

  • itjumrut qaynatmasi — damlamasi 1:10.

Bu o‘simliklar va ular asosida ishlab chiqilgan preparat­larning ta’sir etuvchi moddasi emodindir. Rovoch ildizi va tog‘ jumrutida antroglikozidlar bo‘ladi. Bu preparatlar surunkali qabziyatda surgi dori sifatida ishlatiladi. Shuningdek, bu preparatlar noto‘g‘ri ovqatlanishdan vujudga keladigan surun­kali qabziyatlarda, ichak atoniyasida va uning spazmida keng miqyosda ishlatiladi. Izofenin va fenolftalein surunkali atonik qabziyatlarda qo‘llaniladi. Ularni uzoq muddat qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki bu preparatlar organizmda, xususan, buyrak- da to‘planadi. Kastor moyidan o‘n ikki barmoq ichakda lipaza fermenti ta’sirida ritsinol kislota hosil bo‘ladi, ichak muhitida sovunga aylanadi va ichak retseptorlarini qitiqlaydi. Natijada, ichak qisqarishi yuzaga chiqadi. Preparatlarning ta’siri 5—6 soatdan so‘ng boshlanadi. Kastor moyi surunkali qabziyatda tavsiya etilmaydi. Uni o‘tkir qabziyatlarda beriladi, lekin homi- lador ayollarga tavsiya etilmaydi, chunki undan ajralib chiqqan ritsinol kislota bachadon mushaklari qisqarishini kuchaytirib yuboradi.

  1. Najasni yumshatuvchi vositalar. Bularga tuzli surgi dorilari kiradi:

  • magniy sulfat 15—30 kukun;

  • natriy sulfat 10—20 kukun;

  • glauber tuzi, Karlovar tuzi;

  • dengiz karami;

  • sorbit va boshqalar.

Bu preparatlar ichak bo‘ylab sekretor va motor jarayonini oshiradi. Ular ichakdan yomon so‘riladi, natijada, ichakda tuz- laming konsentratsiyasi oshib ketadi va osmotik bosim ko‘tariladi. Bosimning oshishi ichakda suv yig‘ilishiga olib keladi, ichakdagi najas suyuqlashadi, uning hajmi oshadi va ichak shilliq pardalari sezuvchi retseptorlarini qitiqlab, ichak peristaltikasini oshiradi.

  1. Najasning ichak bo‘ylab harakatlanishini tezlashtiruvchi surgi dori vositalari. Ularga prozerin, vazelin yog‘i va tuzli surgi dorilar kiradi. Bu moddalar surgi dori vositasi sifatida ichakdagi moddalar va najasni yumshatib, ularning harakatini tezlash- tiradi. Dengiz karami esa, ichak ichidagi moddalarni bo‘ktirib, hajmini oshiradi va ichak retseptorlarini qitiqlab, ichak peris- taltikasini oshiradi. Umuman, surgi vositalari qo‘llanganda, ular navbatma-navbat almashtirilib turilgani ma’qul, chunki bu moddalarni uzoq qo‘llanganda, preparatlarga o‘rganib qolish bois, ularning ta’siri susayib ketishi mumkin.

Yuqoridagilarni inobatga olib, o‘simliklar yig‘masi asosida ko‘plab surgi dori preparatlari ishlab chiqilgan. Masalan, regu- laks (kafiol) va gutalaks preparatlarini keltirish mumkin.

  1. bob. MIOMETRIY QISQARUVCHANLIGIGA TA’SIR ETUVCHI MODDALAR

Bachadon — kichik chanoq bo‘shlig‘ida joylashgan organ. Ba- chadon muskul to‘qimasi miometriy deb ataladi. Miometriyga ta’sir etuvchi moddalar ikki turga bo‘linadi.


Download 317,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish