Umumiy lot p65


Me’da shirasi sekretsiyasi oshganda qo‘llaniladigan vosita­lar



Download 317,98 Kb.
bet69/90
Sana12.02.2022
Hajmi317,98 Kb.
#445197
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   90
Bog'liq
farmakologiya ma`ruza 2

Me’da shirasi sekretsiyasi oshganda qo‘llaniladigan vosita­lar. OIS kasalliklarining ba’zi turlarida me’da shirasining oshib ketishi va u bilan bog‘liq xlorid kislotasining miqdori oshib ketishi qayd etiladi. Bunda me’da shilliq pardasining kuchli yallig‘lanishi, me’da pillorus qismining spastik qisqarishi, me’da va o‘n ikki barmoq ichakda yaralar hosil bo‘lishi qayd etiladi.
Xlorid kislotani va me’da bezlari sekretsiyasini kamaytirish uchun qiyidagi antotsid ta’sirga ega va ganglioblokator preparat­lari ishlatiladi:

  • natriy bikarbonat 0,3 — 0,5 tabl.;

  • magniy oksid 0,5 tabl.;

  • aluminiy gidroksid 0,5 tabl.;

  • kalsiy karbonat 0,25—1 kukun;

  • pirilen 0,005 tabl. va 2 % — 2 ml amp.;

  • benzogeksoniy 0,1 tabl. va 2,5 % — 2 ml amp.

Antotsid preparatlarning ta’siri o‘tkinchi bo‘lib, u uzoqqa cho‘zilmaydi. Ular me’da bezlarining aktivligini pasaytiradi, xlorid kislotani neytrallaydi, lekin natriy bikarbonat qo‘llangan- da ikkilamchi karbonat angidrid (CO2) hosil bo‘lib, xlorid kislota ajralib chiqishini yana kuchaytiradi. Shuning uchun ushbu preparatni ganglioblokatorlar yoki atropin va uning unumlari (atropin va belladonna ekstrakti) bilan qo‘llansa, yaxshi natija beradi.
Magniy oksid va aluminiy gidroksid hamda kalsiy karbonat preparatlari natriy gidrokarbonatdan farqli o‘laroq, me’da shira- sidagi xlorid kislotani neytrallaydi. Bunda ikkilamchi karbonat angidridning hosil bo‘lishi qayd etilmaydi. Bu preparatlar giperoksid gastritlarda, kislotalar bilan zaharlanganda yaxshi yordam beradi.
Keyingi yillarda giperoksid gastritlarda xlorid kislotani neyt- rallash uchun aluminiy gidroksidiga magniy oksidini qo‘shib «Almagel», «Almagel — M» preparatlari keng miqyosda qo‘lla- nilmoqda. Bu preparatlarning antotsid, adsorbent, safro hay- dash xususiyatlari bo‘lib, ular o‘rab oluvchi, adsorbsiyalovchi va safro haydovchi ta’sirlarni bir yo‘la yuzaga chiqaradi.

  1. Me’da va o‘n ikki barmoq ichak yarasi kasalligida qo‘llaniladigan preparatlar

Surunkali gastrit, ayniqsa, giperoksidli gastritlar o‘z vaqtida samarali davolanmasa, ular me’da yarasi va o‘n ikki barmoq ichak yarasi kasalliklariga o‘tib ketadi. Bu o‘ta og‘ir kasallik bo‘lib, respublika aholisining 5—12 % da qayd etiladi. Me’da va o‘n ikki barmoq ichak yarasi kasalliklarini davolashda:

  • pirenzepin 0,025—0,05 tabl.;

  • ranitidin 0,15—0,3 tabl. va 1 % — 5 ml amp.;

  • simetidin 0,2 tabl. va 10 % — 2 ml amp.;

  • omeprazol 0,01, 0,02 va 0,04 tabl., 0,01 va 0,02 kapsula preparatlari ishlatiladi.

Simetidin va ranitidin oshqozondagi H2 retseptorlarini falajlab, me’da bezlari sekretsiyasini kamaytiradi. Pirenzepin esa, me’da bezlarining xolinoretseptorlarini tanlab falajlab, gipersekretsiya holatining oldini oladi va kasallik bilan bog‘liq og‘riqlarni imkon darajasida yengillashtiradi. Ammo kasal va u bilan bog‘liq simptomlar to‘liq bartaraf etilmaydi. Chunki keyingi yillarda me’da yaralarining hosil bo‘lishida me’da shiralarining gipersekretsiyasi bilan birga xilibaktor pilori mikroorganizmi katta rol o‘ynashi aniqlandi. Shuning uchun keyingi yillarda me’da yaralarini davolovchi yangi preparat omepirazol katta muvaffaqiyat bilan qo‘llanilmoqda. Shu bilan birga me’da yaralariga qarshi ishlatiladigan preparatlarga antibiotik preparat — metronidazol qo‘shib berila boshlandi. Umuman me’da va o‘n ikki barmoq ichak yaralarini davolash o‘ta mushkul masala bo‘lib, bu haqda angliyalik shifokor Vilyams fikriga qo‘shilsa bo‘ladi. Uning fikricha, me’da yaralarini davolashda terapevtlar ojiz, jarrohlar xavfli, Alloh esa, mehribondir.
Simetidin uzoq muddat davomida qo‘llanganda, androgen ta’sirni yuzaga chiqarishi mumkin. Shuning uchun uni qo‘l- laganda gormonal o‘zgarishlar ro‘y berishi mumkin.

Download 317,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish