Umumiy lot p65



Download 317,98 Kb.
bet63/90
Sana12.02.2022
Hajmi317,98 Kb.
#445197
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   90
Bog'liq
farmakologiya ma`ruza 2

paroksizmal taxikardiya — vaqti-vaqti bilan yurak xuruji, 1 daqiqada yurakning 100—200 marta urishi;

  • titroq aritmiyasi (hilpillovchi aritmiya) — 1 daqiqada yurakning 500—600 marta urishi;

  • blokadalar — to‘liq va noto‘liq.

    Aritmiyaning ko‘rsatkichlaridan biri EKG (elektrokardio- gramma)dir. EKGga qarab aritmiyalar ikki guruhga bo‘linadi:

    1. Yurak qisqarishi soniga qarab yuzaga chiquvchi:

    1. bradikardiya;

    2. taxikardiya.

    1. Aritmiya joylashgan yeriga qarab chiquvchi:

    1. supraventikular;

    2. ventikular aritmiyalar.

    Demak, yurakning normal qisqarishi o‘zgarishiga aritmiya deyiladi. Natijada, yurakda sinxron qisqarish o‘rniga patolo- gik, xaotik — betartib qisqarishlar yuzaga chiqadi. Bunday hollarda antiaritmik preparatlar qo‘llaniladi. Antiaritmik ta’sirga ega preparatlarga quyidagi moddalar kiradi:

    • xinidin 0,10,2 tabl.;

    • novokainamid 0,25 tabl., 10 % — 5 ml amp.;

    • aymalin 0,05 tabl., 2,5 % — 2 ml amp.;

    • lidokain 10 % — 2 ml amp.;

    • trimekain 2 % va 5 % — 2 ml amp.;

    • difenin 0,117 tabl.;

    • anaprilin 0,01—0,04 tabl.;

    • verapamil 0,04 tabl., 0,25 % — 2 ml amp.;

    • izadrin 0,005 tabl., 1 % — 1 ml amp.;

    • kaliy xlorid 4 % va 10 % — 20 ml amp.;

    • asparkam tabl. va drajeda;

    • allopinin 0,025 tabl. va boshqalar.

    Xinidin sinus impulslari o‘tishi, miokard qo‘zg‘aluvchanligi va yurak avtomatizmini susaytiradi. Yurak elektrik sistola (Q — T) davrini uzaytiradi. Preparat ekstrasistoliya, paraksizmal taxikar­diya va hilpillovchi aritmiyalarda qo‘llaniladi.
    Preparat allergiya, trombotsitopeniya, astma, bosh og‘ri- g‘i, quloq shang‘illashi, predmetlarning ikkita bo‘lib ko‘ri- nishi, qon bosimi tushishi va OISda dispeptik holatlar yuzaga chiqarishi mumkin.

  • Novokainamid xinidin qo‘llangan holatlarda ishlatiladi. Ek- topik o‘choqlarda impulslar hosil bo‘lishini kamaytiradi. No­vokainamid paroksizmal taxikardiya xurujining oldini olishda va uni davolashda keng qo‘llaniladi.
    Novokainamid kollaps, bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, katta dozalarda qorincha titrog‘i va yurak ishi susayishini yuzaga chiqaradi. Etmozin xinidin kabi ekstra- sistoliya, paroksizmal taxikardiya, titroq aritmiya va yurak gliko- zidlari bilan zaharlanganda yuzaga chiquvchi aritmiyalarda keng qo‘llaniladi.
    Kaliy moddalariga: kaliy xlorid, panangin va asparkam pre­paratlari kiradi. Ma’lumki, aritmiyalarda hujayra ichida kaliy ion- lari kamayib ketadi. Shuning uchun o‘rinbosar dori vositasi sifatida kaliy preparatlaridan foydalaniladi. Kaliy preparatlari kaliy ionlarining kamayishi bilan bog‘liq paraksizmal taxi- kardiyada, yurak glikozidlari bilan zaharlanganda yuzaga chiquvchi aritmiyalarda beriladi. Zarur holatlarda kaliy prepa­ratlari vena orqali sekin-asta yuboriladi. Bu preparatlarni qo‘l- laganda oyoq-qo‘llar uvushadi, atrioventikular o‘tkazuvchan- lik kamayib, blokada ro‘y berishi mumkin. Bu dorilar ichil- ganda ko‘ngil aynishi, qayt qilish va ich ketishi mumkin.
    Allopininning asosini alkaloid lappakonitin tashkil etadi. Al- kaloidni 1895-yilda shved olimi Rozental akonitin o‘simligi- dan ajratib olgan. Bu alkaloid zaharli modda sifatida uzoq vaqtgacha o‘z o‘rnini tibbiyotda topolmadi. 1975—1980-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining O‘simliklar kimyosi institutida bir guruh izlanuvchilar tomonidan alkaloid
    lappakonitin har tomonlama o‘rganib chiqilib, uning antiaritmik ta’siri borligi aniqlanadi.
    Allopinin o‘ta kuchli antiaritmik ta’sirga ega bo‘lib, u bo‘l- macha va qorinchalarning turli aritmik holatlarida o‘zining tera- pevtik ta’sirini ko‘rsatadi. Preparat qo‘llanganda bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, muvozanatni yo‘qotish samarasi, qichima va qizilcha toshishi, ba’zan taxikardiya kabi nojo‘ya ta’sirlar yuzaga chiqadi.


      1. Gipotenziv vositalar

    Qon tomirlar tonusi funksiyasining buzilishi tufayli turg‘un qon bosimining ko‘tarilishiga gipertoniya kasalligi deyiladi. Qon tomirlar mushaklarining tonusi psixoemotsional stress holatlari, markaziy asab sistemasining turli jarohatlari, ruhiy zo‘riqish, neyroendokrin tizimining buzilishi, tomir devoridagi metabo- lizm jarayonining buzilishida oshib ketadi. Shu bilan birga gipertoniya kasalligining rivojlanishida buyraklarda renin hosil bo‘lishi bilan bog‘liq buyrak usti bezlaridan aldesteronning chiqishi alohida ahamiyatga egadir.
    Aldesteron miqdorining oshishi esa, organizmda, shu jum- ladan, qon tomirlar devorida natriy ionlari yig‘ilib qolishiga olib keladi. Natriy ionlari miqdorining organizmda oshib ketishi or­ganizmda suv miqdorining oshib ketishiga sabab bo‘ladi. Bu esa, vaqt birligi ichida qon tomiri tizimida aylanib yurgan qon miqdo- rini va shu bilan bog‘liq yurakning ishlash jarayonini, uning daqiqalik hajmini oshiradi, natijada, qon bosimi ko‘tariladi.
    Qon bosimining ko‘tarilishiga ba’zi hayotiy omillar o‘z his- sasini qo‘shadi. Masalan, qon bosimi kasalligiga oilaviy moyillik,
    tana og‘irligining ortiqcha oshishi, chekish va ichishga ruju qo‘yish va boshqalar. Demak, qon bosimi turli sabablar bilan yurak daqiqalik hajmi va periferiyadagi arterial tomirlar qarshiligi tonusi oshishida yuzaga keladi.
    Qon bosimi kasalligi yengil va og‘ir shaklda o‘tishi mumkin. Diastolik — minimal qon bosimining doimiy ravishda ko‘tarilib borishi — qon bosimi zaharli shaklining asosiy belgisi. Qon bosimi o‘z kechishiga ko‘ra, simptomatik va barqaror, doimiy shaklda bo‘lishi mumkin. Ba’zan qon bosimining qon elektro- litlar tarkibi va yopishqoqligining o‘zgarishiga bog‘liq shakllari ham qayd etiladi.
    Demak, qon bosimining kelib chiqishiga qarab uni uch gu­ruhga bo‘lish mumkin:

    1. Qon bosimining markaziy asab sistemasiga bog‘liq shakli;

    2. Qon bosimining yurak qon tomiriga bog‘liq shakli;

    3. Qon bosimining buyrak shakli.

    Qon bosimining bu shakllariga qarab, uni tushiruvchi dori vositalari ham bir necha guruhga bo‘linadi: yurak-qon tomiri sistemasini innervatsiyalovchi, adrenergik asab tolalari tonusini kamaytiruvchi — neyrotrop vositalar; tomir mushaklarini ken- gaytiruvchi — spazmolitik — miotrop preparatlar va tuz-suv almashinuviga ta’sir ko‘rsatadigan moddalarga bo‘linadi.
    Umuman, qon bosimi bilan kasallangan bemorlarni davo­lash muolajalari qon tomirlari tonusini pasaytirishga, aylanib yurgan qon hajmi va yurakdan otilib chiqayotgan qonni kamay- tirishga qaratiladi. Bunday bemorlarga mehnat va dam olish tartibiga rioya qilish, ovqatda osh tuzi qabul qilishini cheklash va ruhiy zo‘riqishlardan xoli bo‘lish tavsiya etiladi.

      1. Neyrotrop ta’sir etadigan vositalar

    Gipertoniya kasalligining yengil shakllarini sedativ dori vo­sitalari yordamida me’yorga keltirish mumkin. Bunda miya po‘stlog‘idagi qo‘zg‘alish va undagi tormozlanish jarayonini normallashtiradigan brom, valeriana preparatlari, xalq tabo- batida qo‘llaniladigan dorivor o‘simliklarning damlama va qay- natmalaridan foydalaniladi. Shuningdek, trankvilizatorlardan va uxlatuvchi dori vositalarining kichik dozalaridan foydalansa ham bo‘ladi. Bu dori vositalariga neyrogen ta’sir etuvchi gipotenziv preparatlarni qo‘shib ishlatilganda, qon bosimi kasalligini davolash jarayoni yanada tez va samarali kechadi.
    Neyrotrop ta’sir etuvchi gipotenziv preparatlarning vakil- laridan bin klofelin preparatidir. Klofelin 0,00075 tabletka va

    1. 01 % — 1 ml amp.da chiqariladi. Preparat cho‘zinchoq miya- dagi tomirlarni harakatlantiruvchi markazni susaytiradi, kuchli sedativ ta’sirga ega bo‘lib, qon bosimini tushiradi. Klofelin uyqu jarayonini kuchaytiradi, ko‘zning ichki bosimini tushiradi. Klofelin qo‘llanganda organizmda natriy va u bilan suyuqlik ushlanib qolishi, holsizlik, uyquchanlik ba’zan ortastatik kollaps qayd etiladi.

    Metildofa 0,25 tabletka holida chiqariladi va u klofelin kabi markaziy asab sistemasi vazomotor markazlarini tinchlantiradi, renin va angiotenzin hosil bo‘lishini kamaytiradi, yurakning kis- lorodga bo‘lgan talabini oshiradi. Metildofani jigar va buyrak ka- salliklarida berish tavsiya etilmaydi.
    Kapoten (kaptopril) preparati 0,025 tabletka holida chiqa- riladi. Kapoten yurak yetishmovchiligi bilan kechuvchi qon bo- simi kasalligida yaxshi yordam beradi. Preparat diuretik pre- paratlar bilan birga qo‘llangani ma’qul. Kapotenni qo‘llan- ganda, yuzda qizarish, terida qichishish va qorinda og‘riq holati yuzaga chiqishi mumkin.

    Download 317,98 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   90




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish