Umumiy lot p65


Sedativ (tinchlantiruvchi) moddalar



Download 317,98 Kb.
bet55/90
Sana12.02.2022
Hajmi317,98 Kb.
#445197
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   90
Bog'liq
farmakologiya ma`ruza 2

Sedativ (tinchlantiruvchi) moddalar. Bu moddalarga markaziy asab sistemasini tinchlantiruvchi vositalar kiradi. Ular miya po‘st- log‘ida tormozlanish jarayonini oshirib, bu jarayonlarni chuqur- lashtiradi. Bu ta’sirlar markaziy asab sistemasining asosiy funk- siyalarida qo‘zg‘aluvchanlik ortib ketganida yaxshi seziladi.
Sedativ moddalar terapevtik dozalarda uyqu yoki narkoz ho- latini chaqirmaydi, lekin tormozlanish jarayonini kuchaytirish va qo‘zg‘aluvchanlik jarayonini susaytirish hisobiga markaziy asab sistemasidagi qo‘zg‘alish hamda tormozlanish jarayonlari o‘r- tasidagi muvozanatni mo‘tadillashtirib, uyquni bir me’yorga keltiradi.
Sedativ moddalar nevroz, nevrosteniya, uyqusizlikda qo‘lla- niladi. Ularga:

  • natriy bromid 0,5 tabl., kukun;

  • kaliy bromid 0,5 tabl., kukun;

  • valeriana va uning unumlari (korvalol, valokardin nastoykasi) 30 ml fl.;

  • arslonquyruq (leonuri) nastoykasi 25 ml fl. kiradi.

Bromidlar oshqozon-ichak sistemasida yaxshi so‘riladi, ammo
ularning tuzlari mahalliy qitiqlash xususiyatiga ega. Shuning uchun ularning eritmasini ovqatdan so‘ng sut yoki slizlar bilan birga beriladi. Bromning hujayralar membranasidan o‘tishi juda qiyin yuzaga chiqadi. Shuning uchun ularning aksariyat qismi hujay­ralar tashqarisidagi suyuqliklarda yig‘iladi.
Qo‘zg‘atuvchi moddalar bromning hujayra ichiga kirishini ku­chaytiradi, sedativ moddalar esa, susaytiradi. Masalan, kofeinning ma’lum dozasi bromning to‘qimalar ichiga o‘tishini kuchaytiradi (Pavlov miksturasi), etaminal natriy esa, susaytiradi. Bromga nis- batan yuqori sezuvchanlik ham qayd etiladi. Bunda husnbuzar, tumov, konyunktivit, shamollash belgilari, bronxit kabi simptom- lar yuzaga chiqadi.
Bromidlar oshqozon-ichak sistemasida so‘rilgandan so‘ng, hujayralardan tashqarida taqsimlanadi va buyrak orqali chiqib ke­tadi. Bromidlar organizmda to‘planib qolishi mumkin. Qolgan qismi esa, 1 oy davomida saqlanib qoladi. Shuning uchun ham surunkali qo‘llanilganda MAS zararlanishi mumkin. Bunday holat bromizm holati deyiladi. Bunda bo‘shashish va xotiraning su- sayishi, diqqatning kamayishi, tumov, konyunktivit, terida qichi- shish, toshmalar paydo bo‘ladi. Bromizmni davolash uchun katta miqdorda xloridlar (NaCl, KCl) bilan suv beriladi (3—5 litr).
Valeriana va arslonquyruqning ta’sir etuvchi moddalari ular- dagi spazmolitik ta’sirga ega barneol va izovalerian kislotalarining murakkab efir moylaridir. Bular yurak nevrozlarida yaxshi yordam beradi. Markaziy asab sistemasini qo‘zg‘atuvchi preparatlar uning turli bo‘limlariga ta’sir etib, o‘z ta’sirini yuzaga chiqaradi. Marka­ziy asab sistemasi qaysi bo‘limiga bo‘lgan ta’siriga qarab, bu guruh preparatlari uch guruhga bo‘linadi:

  1. Asosan bosh miyaga ta’sir etuvchi preparatlar. Bularga psi- xostimulatorlar, antidepressantlar va nootrop vositalar kiradi.

  2. Asosan uzunchoq miyaga ta’sir etuvchi preparatlar. Bularga analeptiklar va boshqalar kiradi.

  3. Asosan orqa miyaga ta’sir etuvchi preparatlar. Bularga strix- nin va boshqalar kiradi.

  1. Antidepressantlar


Download 317,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish