Trankvilizatorlar «ataraktiklar» yoki «anksilotiklar» deb ham ataladi. Trankvilizatorlar deb, kishi ruhiga osoyishtalik bag‘ish- lovchi, qo‘rquv, hayajon va ruhan ezilish tuyg‘ularini kamayti- ruvchi dorilarga aytiladi. Demak, bu preparatlar osoyishtalik va tinch kayfiyatni yuzaga chiqaradi. Trankvilizatorlarga turli kimyoviy guruhlarning vakili bo‘lmish quyidagi preparatlar kiradi.
Asosiy yoki katta trankvilizatorlar:
Xlordiazepoksid 0,005 tabl., 0,01—0,02 draje. (elenium)
Seduksen (diazepam) 0,005 tabl., 0,5 %—2 ml amp.
T azepam 0,01 tabl.
Fenazepam 0,001—0,0005 tabl.
Mezapam (rudotel) 0,01 tabl.
Amizil 0,001—0,002 tabl.
Kichik (kunduzgi) trankvilizatorlar:
Meprotan 0,2— 0,4 tabl.
Trioksazin 0,3 tabl.
Oksilidin 0,02 va 0,05 tabl., 2—5 % —1 ml amp.
Trankvilizatorlarning ta’sir mexanizmida ularning talamus,
gipotalamus, limbik sistemalarga ta’siri va bosh miyadagi benze- diazepin retseptorlari bilan bog‘lanishi yotadi. Ya’ni trankvili- zatorlar ko‘rsatilgan sistemalardagi jarayonlarni susaytiradi va ichki tormozlanishning bo‘shashini oshiradi. Natijada, ruhiy emotsional va asab faoliyatlari o‘rtasida mo‘tadillik yuzaga chiqadi.
Trankvlizatorlar kishi ruhiyatiga osoyishtalik beradi. Ular in- son ongi, jismoniy va intellektual salohiyatini deyarli o‘zgartir- maydi. Demak, bu guruh preparatlari ish faoliyatini buzmaydi, balki mehnat faoliyatini kuchaytiradi, chunki ular insonlardagi bezovtalik va qo‘rquv-vahima holatlarini bartaraf etadi. Shuning uchun ular endogen psixozlarga deyarli ta’sir etmaydi. Ammo tashqaridan bo‘ladigan turli xil ta’sirlarga markaziy asab siste- masining javob reaksiyasini susaytiradi. Ular mana shu ta’sirlari bilan neyroleptiklardan farqlanadi va asosan, turli xil nevrozlarni davolash uchun ishlatiladi.
Bizga ma’lumki, ichki hayajonlanishda, bezovtalikda va turli xil qo‘rquv, vahimada mushaklar tonusi ortib ketadi. Trankviliza- torlar esa, mushaklar tonusini susaytiradi va me’yorga keltiradi. Trankvilizatorlar vegetativ asab sistemasiga deyarli ta’sir etmaydi, lekin anksilotik va sedativ ta’siri hisobiga simpatoadrenal sistema faoliyatini susaytiradi. Shuning uchun ham ular boshlang‘ich gipertoniya, stenokardiya, me’da-ichak yaralari va boshqa psi- xosomatik holatlarda ishlatiladi. Bu preparatlar oshqozon-ichak sistemasida yaxshi so‘riladi va 4, 5, 7, 8 soat davomida ta’sir etadi. So‘ngra metabolizmga uchrab (gidroksillanib), buyrak or- qali chiqib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |