Umumiy lot p65


Adrenergetik sinapslar haqida tushuncha



Download 317,98 Kb.
bet37/90
Sana12.02.2022
Hajmi317,98 Kb.
#445197
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   90
Bog'liq
farmakologiya ma`ruza 2

Adrenergetik sinapslar haqida tushuncha. Adrenoretseptorlarga ta’sir etuvchi moddalar adrenoretseptorga bevosita va katexola- minlar almashinuvi orqali bilvosita ta’sir etadi. Adrenoretseptorlar adrenergik asablarning oxirida joylashgan. Simpatik asablarning postsinaptik tolasi adrenergik deb ataladi va ular qo‘zg‘alganda noradrenalin, ba’zan dofamin ajralib chiqadi, simpatik asab tola- laridan kelayotgan impulslarni adrenoretseptorlarga o‘tkazib be- radilar (9-rasm).
Adrenergik nerv tolalari qo‘zg‘alishiga turli organ va to‘qi- malar turlicha javob berishi mumkin. Shuning uchun Alkvist
1948-yilda adrenoretseptorlarni ikki guruhga bo‘ladi: a-adreno- retseptorlar va в — adrenoretseptorlar.
Adrenoretseptorlarga ta’sir etuvchi farmakologik moddalar to‘g‘ridan to‘g‘ri shu adrenoretseptorga ta’sir etishi yoki shu retsep- torlarga ta’sir etuvchi noradrenalinning sinteziga, saqlanishi va parchalanishiga ta’sir etib, o‘z kuchini ko‘rsatishi mumkin. Shunga yarasha adrenoretseptorlarga ta’sir etuvchi preparatlar bevosita yoki bilvosita ta’sir etuvchi preparatlarga bo‘linadi. Xoh bevosita, xoh bilvosita bo‘lsin, bu moddalar adrenoretseptorlarni qo‘zg‘atsa adrenomimetiklar, aksincha, susaytirsa adrenolitiklar deyiladi.


^Miore- leksant- lar falaj- ) laydi



  1. rasm. Vegetotrop dori vositalarining vegetativ asab sistemasiga ta’siri.

Adrenotrop preparatlar adrenoretseptorga tanlab ta’sir qili- shiga qarab bir necha guruhlarga bo‘linadi:

  1. Bevosita a — va в — adrenoretseptorlarni qo‘zg‘atuvchi preparatlar. Bularga adrenalin (0,1 % — 1 ml amp.) va noradre- nalin (0,2 % — 1 ml amp.) kiradi.

  2. Bevosita a — va в — adrenoretseptorlarni falajlovchi pre­paratlar. Bunga labetalol (0,1 va 0,2 tabl., 1 % — 5 ml amp.) kiradi.

  3. Bilvosita adrenoretseptorlarni qo‘zg‘atuvchi preparatlar:

  • efedrin 0,25 tabl. 5 % — 1 ml amp.

  1. 3 % — 10 ml fl.

  1. Bilvosita, a — va в — adrenoretseptorlarni falajlovchi preparatlar:

  • rezerpin 0,0001—0,0005 tabl.;

  • oktadin 0,025 tabl.

  1. Bevosita a—adrenoretseptorlarni qo‘zg‘atuvchi preparatlar:

  • mezaton 1 % — 1 ml amp.;

  • naftizin 0,005 tabl., 0,5 — 1 % — 25—100 ml fl.;

  • galazolin 0,1 % — 10 ml fl., 0,05 % bolalar uchun;

  • noradrenalin 0,2 % — 1 ml.

  1. Bilvosita a — adrenoretseptorlarni falajlovchi preparatlar:

  • fentolamin 0,025 tabl.;

  • digidroergotamin 0,2 % — 1 ml yoki 0,5 % — 1 ml; 0,0025 tabl.;

  • digidroergotoksin 1 ml amp. yoki 50 ml. fl.;

  • tropatsin 0,001—0,005 va 0,01—0,015 tabl.;

  • prozazin 0,001 tabl.

  1. Bevosita в —adrenoretseptorlarni qo‘zg‘atuvchi preparatlar:

  • izadrin 0,5 % va 1 % amp. 25 va 100 ml fl.;

  • alupent;

  • salbutamol 0,002 tabl. 0,05 % — eritma,

I ingalats. 0,001.

  1. Bilvosita в —adrenoretseptorlarni falajlovchi preparatlar:

  • anaprilin 0,001—0,04 tabl.;

  1. 1 % — 1 ml amp.;

  1. 5 % — 5 ml amp.;

  • oksiprenalol 0,02 tabl.;

  • metaprolol 0,05 va 0,1 tabl.

Adrenalin yurak mushaklarining qisqaruvchanligi va qo‘z- g‘aluvchanligini oshiradi, qon bosimi ko‘tariladi, yurak urishi tezlashadi. Ichak, teri va buyrak qon tomirlari torayadi, skelet mushaklari va miokard tomirlari kengayadi, miya va o‘pka tomir­lari biroz torayadi. Ko‘z radial mushaklari, qorataloq kapsulasi va urug‘ chiqaruvchi kanal mushaklari qisqaradi. Bronxlarni ken- gaytiradi.
Ichak mushaklari tonusini, peshob yo‘li va o‘t pufagi to- nusini kamaytiradi va peshob pufagi tonusini oshiradi. Gliko- genolizni oshirib qand miqdorini ko‘taradi. Gematoensefalik to‘siqdan o‘tib, MASni qo‘zg‘atib, harakatni kuchaytiradi. Ad­renalin to‘qimalarning O2 ga bo‘lgan talabini va qonda K+ ionlari miqdorini oshiradi. Preparat faqat parenteral yo‘l bilan yubo- rilgandagina ta’sir etadi.
Noradrenalin arterial bosimni ko‘taradi va bu ta’siri bo‘yicha adrenalindan 5—10 barobar aktiv. Lekin yurak ishiga deyarli ta’sir etmaydi, bronx mushaklari tonusiga va qondagi qand miqdoriga ta’sir etmaydi. Bu preparatlar gipotoniyada, neyrosirkular distoniyada, feoxromotsitomalarda, ortostatik kollapsda va qon tomirlar markazi zaharlanib, uning funksiyasi susayganda ish- latiladi.
Efedrin — bilvosita adrenoretseptorlarni qo‘zg‘atuvchi preparat. U adrenoretseptorlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir qilmaydi, balki endogen katexolaminlar (granula va pufakchalardan ko‘proq chiqarib) miqdorini oshirib, ular orqali adrenoretseptorlarni qi- tiqlaydi. Shuning uchun ham bu guruhdagi preparatlarga taxi- flaksiya ro‘y beradi, ularning ta’siri sekin-sekin kamayib boradi. Ular gematoensefalik to‘siqdan yaxshi o‘tib, MASni qo‘zg‘atadi. Bu preparatlar kimyoviy tuzilishi bo‘yicha adrenoretseptorlarga yaqin bo‘lgani uchun ularga ta’sir etib, ularning katexolaminlarga nisbatan sezuvchanligini oshirib yuboradi.
Ular endogen katexolaminlarning yig‘ilishini oshirib yuboradi, chunki MAS funksiyasini susaytiradi va vaqtincha so‘ndiradi. Bu preparatlar katexolaminlardan farqli o‘laroq, oshqozon-ichak sistemasi orqali yuborilsa ham yaxshi ta’sir etadi.
Boshqa hamma ta’sirlari adrenalinning organizmga bo‘lgan ta’siriga o‘xshash bo‘ladi, ammo uning ta’siri uzoqroq davom etadi. Izadrin, mezaton, galazolin, naftizin va boshqa adrenomi- metik preparatlar adrenalindan kuchliroq, efedrindan sustroq kuch bilan organizm adrenoretseptorlariga ta’sir etadi.

    1. Adrenolitik vositalar

Adrenolitiklar simpatik asabning denervatsiyasida yuzaga keltiradigan klinik holatlarni paydo qiladi. Masalan, fentolamin oshqozon-ichak sistemasi peristaltikasini, me’da bezlarining shirasini oshiradi. Yurak urishini tezlatib, qon bosimini tushi- radi. Terilarning qon bilan ta’minlanishi ortadi, kichik qon aylanish sistemasidagi tomirlar kengayadi.
a—adrenolitiklar yurak-qon tomiri markazini susaytiradi. Ular, ya’ni adrenolitiklar periferik qon tomirlari torayishidan kelib chiqadigan endarteriitlarda, qon bosimi ko‘tarilganda, Reyno kasalligida, trofik yara-chaqalarda keng qo‘llaniladi.
в—adrenolitiklar, masalan, anaprilin (inderal) yurak urishini qisqartiradi, sekinlatadi, zarb hajmini kamaytiradi, miokard qisqarishini kamaytirib, ularni O2 ga bo‘lgan talabini ham kamaytiradi.
Yurak toj tomiridan qon aylanishi ham kamayadi. Shunga qa- rab, umuman yurak ishi susayadi.
в—adrenolitiklar mahalliy og‘riq qoldirish qobiliyatiga ega, bu xossada ular novokaindan ikki barobar faol. Shuningdek, ular bachadon muskulaturasini qisqartirishni kamaytirish qobiliyatiga egadirlar. Oshqozon-ichak sistemasidan yaxshi so‘- riladi, asosan, buyrak orqali chiqib ketadi. Ular stenokardiya, yengil aritmiyalar, tireotoksikozlar, Parkinson kasalligi va glaukomada beriladi.
Adrenomimetiklarni qo‘llanganda qon bosimi ko‘tarilishi, taxikardiya, ba’zan aritmiya va yurakda og‘riq paydo bo‘lishi mumkin. Noradrenalinni teri ostiga va mushaklar orasiga yuborsa, u yerda nekroz yuzaga chiqadi. Efedrin esa, ruhiy qo‘zg‘alish, uyqusizlik, qon aylanishining buzilishi, peshob ajralishining susayishi, ishtaha buzilishi, qayt qilish va ter ajralishi kabi nojo‘ya ta’sirlarni yuzaga chiqaradi.
Adrenolitiklar qo‘llanganda, kayfiyat buzilishi, lohaslik, uyquga moyillik, burun bitishi, bosh aylanishi, terilarning qizarishi va qichishi, ba’zan ko‘ngil aynish, qayt qilish va ichak funksiyasining buzilishi qayd qilinadi. Ba’zi preparatlar esa (tropafen), trombotsitlar agregatsiyasi va qon quyulishi — yopishqoqligini kamaytiradi. Bunday hollarda preparatlarning dozasini kamaytirish yoki ularni qo‘llashni man etish kerak.

    1. Simpatolitiklar

Simpatolitik moddalar deb, adrenergik asab tolalar oxiridan adrenoretseptorlarga asab impulsi o‘tishini buzadigan dori vositalariga aytiladi. Simpatolitiklarning ta’sir mexanizmlari turlicha bo‘lib, ularning ba’zilari noradrenalinning hosil bo‘- lishiga, ba’zilari esa, uning to‘planishiga to‘sqinlik qiladi. Sim- patolitik dori vositalariga oktadin, rezerpin, raunatin, ornit, metildofa va boshqalar kiradi.
Oktadin 0,01 va 0,025 g tabletka holida chiqariladi. Preparat noradrenalinning neyronlarga qayta so‘rilishiga to‘sqinlik qiladi. Natijada, adrenergik asab tolalarining oxirida noradrenalinning miqdori kamayib ketadi.
Oktadin gipertoniya kasalligini davolashda ishlatiladi, kuniga

  1. marotabadan 0,01 g dozada beriladi. Uni qo‘llaganda bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, ich ketish, ortostatik kollaps kabi nojo‘ya ta’sirlar yuzaga chiqishi mumkin.


Download 317,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish